10.2. Dinamika qatorlarini turlari
Ma`lum oraliqli momentlarga nisbatan hisoblangan hodisa miqdorlaridan tuzilgan qator momentli dinamikaqatori deb ataladi. Agar bir momentdan ikkinchisigacha bo`lgan vaqt oralig`ini qisqartirsak, u holda qator darajalari ham o`zgaradi.
Ma`lum vaqt oraliqlari davomida kechgan jarayonlar natijalari - oqimlarni ta`riflovchi ko`rsatkichlar qatori davriy dinamika qatorlari deb ataladi.
Dinamika qatorlarini momentli yoki davriy ko`rinishda tuzish ixtiyoriy ish bo`lmasdan, balki o`rganilayotgan hodisaning mohiyatiga, uning miqdorini aniqlash usuliga bog`liqdir.
Dinamika qatorlarini boshlang`ich mutlaq miqdorlar va hosilaviy ko`rsatkichlar asosida tuzish mumkin. Hosilaviy ko`rsatkich qatorlari deganda mutlaq miqdorlarni qayta ishlash natijasida olingan nisbiy va o`rtacha miqdorlar asosida tuzilgan qatorlar tushuniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |