Dinamik tiplashtirilgan


OBYEKTGA ASOSLANGAN DASTURLASH



Download 2,94 Mb.
bet60/77
Sana06.10.2022
Hajmi2,94 Mb.
#851613
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77
Bog'liq
Dinamik

OBYEKTGA ASOSLANGAN DASTURLASH

1. Obyektga asoslangan dasturlashning asosiy tushunchalari


Obyektga asoslangan dasturlash (OAD) — bu dasturlashning bitta kodni takror va takror foydalanish imkoniyatlarini tashkil qilish usulidir.


OAD borliq olamdagi hodisa, jarayon va buymlarni dasturlash faoliyatida foydalanish uchun qulay koʻrinishda tavsiflash hamda ular oʻrtasidagi bogʻlanishlarni tashkil qilish imkonini beradi.
OAD asosida ob’yektlar yotadi. Ob’yekt - bu borliq olamning biror xodisa, jarayoni yoki buyumiga mos keladigan yaxlit tuzilmadan iborat. OAD usuli bilan yechiladigan masala dasturi ob’yekt atamalari va ular ustida bajarish mumkin boʻlgan amallar yordamida ifodalanadi. Shuning uchun bu usulda yozilgan dastur ob’yektlar va ular oʻrtasidagi munosabatlarni oʻz ichiga oladi.
OAD negizida sinf tushunchasi yotadi. U mavjud ob`ektning ifodasi, sxemasi, yoki modeli tarzida namoyon boʻladi.
Hususiyat (yoki sinf maydoni) — bu klassning biror jihati haqidagi axborotlarni ifodalovchi element hisoblanadi.
Metod — hususiyatlar ustida bajarish mumkin boʻlgan amallarni ifodalaydi.
Sinf — bu ma’lumotlarning murakkab tipi boʻlib, hususiyatlar (maydonlar) va ularga nisbatan qoʻllash mumkin boʻlgan metodlar majmuasidan iborat.
Obyekt sifatida semerinka olmasini olsak, u olmalar sinfiga mansub boʻlib, ogʻirlik, rang, qand miqdori, suv, sirt yuzasi, urugʻlari soni kabi hususiyatlari hamda poʻstini archish, iste’mol qilish, boʻlaklarga boʻlish, sharbatini siqib olish kabi metodlarni koʻrsatish mumkin.
Sinf xodisasi bu sinf tomonidan javob reaksiyasining koʻrsatilishiga turtki beradigan tashqi ta’sirdir.
Sinflar dasturga kiritilayotgan amaliy tushunchalarning yahlitligini ta’minlaydi va mohiyatning statik va dinamik xarakteristikalari oʻrtasidagi uzluksizlikni ta’minlaydi. Dasturni loyihalash bosqichida sinflar yordamida real obyektlarning aniq modelni qurishga erishiladi.
Har bir obyekt (yoki sinf nusxasi) qaysidir sinfning vakili boʻladi. Ularni sinflar uchun oʻrnatilgan tartibda tavsiflanadi va foydalaniladi. Obyekt haqidagi ma’lumotlar obyektli tipdagi oʻzgaruvchilarda saqlanadi.
OAD uch tamoyil ustida quriladi: vorislik, polimorfizm va inkapsulyatsiya.
Vorislik — bu biri bazaviy (ajdod) boʻlgan, qolganlari esa ular asosida yaratiladigan (avlod) sinflarni bogʻlovchi munosabatdir.
Sinflarning eng muhim tomoni ular asosida yangi sinflarni tashkil etish imkoniyati bilan belgilanadi. Bunda avlod sinf ajdod sinfga taaluuqli boʻlgan barcha metod va hususiyatlarni oʻziga olib, qoʻshimcha ravishda yangi metod va hususiyatlar evaziga boyitilishi mumkin. Masalan, mushuklar sinfi sut emizuvchilar sinfiga kiradi va shu bilan birga oʻziga hos boʻlgan alohida belgilarga ega boʻladi.
Polimorfizm. Yangi sinflar uchun qayta aniqlanayotgan metodlarning nomoari shajaraning yuqori bosqichlarida turgan sinflardagi nomlar bilan ustma-ust tushadi. Shunday boʻlsada kompilyator obyektning tipiga qarab qaysi sinf metodini qoʻllashni farqlay oladi.
Polimorfizm — bu ob`ekt tomonidan murojaat qilinayotgan metodlarni mazkur ob`ektning tipi va vorislik shajarasiga koʻra toʻg’ridan-toʻg’ri tanlash printsipidir.
Sodda qilib aytganda, obyektlarning hususiyat va metodlarini an’anaviy nomlar bilan atash tavsiya qilinadi. Polimorfizm deganda qaysidir hususiyat yoki metodga murojaat qilinganda, u aynan qaysi obyektga taalluqli ekanligini aniqlash jarayoni nazarda tutiladi. Faraz qilaylik, “Sut emizuvchilar” sinfi uchun “yugurish” metodi aniqlangan boʻlsin. Uni “mushuklar” sinfi uchun mushuklarning imkoniyatlaridan kelib chiqqan xolda qayta aniqlangan boʻlsin. Dasturda “mushuklar” sinfi nusxasi ekzemplyari yaratilgan boʻlib, “yugurish” metodiga murojaat qilingan boʻlsa, u holda aynan mushuklarga hos “yugurish” metodi ishga tushadi.

Download 2,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish