.2. _init_() va _del_() metodlari haqida
Sinf nusxasini yaratishda interpretator toʻgʻridan-toʻgʻri initsializatsiya qilish metodi __init__() ga murojaat qiladi. Buyruqning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
def init(self[, [, ..., ]]): koʻrsatmalar
__init__() metodi yordamida sinf hususiyatlariga boshlangʻish qiymat berish mumkin. Sinf nusxalarini yaratishda bu metodning parametrlari sinf nomidan keyin oddiy qavslar orasida koʻrsatiladi:
= ([[, ..., ] ]) .
Quyidagi namunaga e’tibor bering:
class Namuna:
def __init__ (self, value1, value2): # konstruktor
self.x = value1
self.y = value2
c = Namuna(100, 300) # sinf nusxasi yaratilmoqda
print (c.x, c.y) # chiqaradi: 100 300
Agar konstruktorga nusxani yaratish jarayonida murojaat qilinsa, nusxani yoʻq qilishdan avval destruktor deb ataluvchi metod toʻgʻridan-toʻgʻri ishga tushadi. Python tilida destructor sifatida __del__() metodidan foydalaniladi. Shuni ta’kidlash joizki, agar sinf nusxasiga hech boʻlmaganda bitta murojaat mavjud boʻlsa, bu metod ishga tushmaydi. Qolaversa, interpretator obyektlarni mustaqil ravishda yoʻq qilgani uchun Python tilida destruktorlardan foydalanishning qizig’i yoʻq.
class Namuna:
def __init__ (self): # sinf konstruktori
print (" __init__() metodiga murojaat qilindi ")
def __del__(self): # sinf destruktori
print (" __del__ () metodiga murojaat qilindi")
c1 = Namuna() # chiqariladi: __init__() metodiga murojaat qilindi
del c1 # chiqariladi: __del__() metodiga murojaat qilindi
c2 = Namuna() # chiqariladi: __init__ () metodiga murojaat qilindi
c3 = c2 # sinf nusxasiga havola yaratildi
del c2 # havola mavjud boʻlgani uchun hech narsa qilmaydi
del c3 # chiqariladi: __del__() metodiga murojaat qilindi
.3. Vorislik
Pytonning eng muhim tamoyili bu ‑ vorislik desak adashmaymiz. Faraz qilaylik, Bizga sinf (masalan, sinf1) berilgan boʻlsin. Vorislik asosida yangi sinfni (masalan, sinf2) yaratish va uning yordamida sinf1 ning barcha hususiyat va metodlari bilan ishlashga ruhsat olish talab qilingan boʻlsin. Bu muammoni quyidagcha hal qilish mumkin:
class Class1: # Bazaviy sinf
def func1(self) :
print("Class1 sinfining func1() metodi")
def func2(self):
print("Class1 sinfining func2() metodi")
class Class2(Class1): # Class2 sinfi Class1 sinfining vorisi sanaladi
def func3(self):
print("Class2 sinfining func3() metodi")
c = Class2 () # Class2 sinfining nusxasi yaratildi
c.func1() # chiqariladi: Class1 sinfining func1() metodi
c.func2() # chiqariladi: Class1 sinfining func2() metodi
c.func3() # chiqariladi: Class2 sinfining func3() metodi
Koʻrinib turibdiki, class1 sinfi Class2 sinfini tavsiflashda oddiy qavslar orasida koʻrsatilgan. Shunday qilib, Class2 sinfi Class1 sinfining barcha hususiyat va metodlarini voris sifatida oʻziga olgan. Shuning uchun Class1 sinfini bazaviy (yoki superklass), Class2 ni esa hosila (yoki ostsinf) deb ataladi.
Agar Class2 sinfidagi biror metodning nomi Class1 dagi metod nomi bilan bir hil boʻlsa, Class2 dagi metod ishga tushiriladi. Bunday hollarda bazaviy sinfdagi metodni ishga tushirish uchun quyidagi koʻrsatmadan foydalanish mumkin:
..
Bu holda metodning birinchi parametri sifatida sinf nusxasiha havola ochiq koʻrsatiladi.
Namuna:
class Class1: # Bazaviy sinf
def __init__(self) :
print("Bazaviy sinf konstruktori")
def func1 (self) :
print ("Class1 sinfining func1() metodi")
class Class2(Class1): # Class2 sinfi Class1 ning vorisi
def _init_(self) :
print("Hosila sinf konstruktori")
Class1.__init__ (self) # Bazaviy sinf konstruktoriga murojaat
def func1(self):
print ("Class2 sinfining func1() metodi")
Class1. func1(self) # Bazaviy sinf konstruktoriga murojaat
c = Class2() # Class2 sinfi nusxasi yaratilmoqda
c. func1() # func1() metodiga murojaat
Shuni ta’kidlash joizki, agar bazaviy sinf konstruktori hosila sinfda qayta aniqlangan boʻlsa, toʻgʻridan-toʻgʻri chaqirilmaydi.
Bazaviy sinfdagi bir hil nomli metodga murojaat qilish uchun super() funksiyasidan foydalanish mumkin. Uning umumiy koʻrinishi quyidagicha:
super([, < self koʻrsatkich>]).
Ushbu super() funksiyasi yordamida
Class1.__init__ (self) # Bazaviy sinf konstruktoriga murojaat
koʻrsatmasini quyidagicha yozish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |