Dilnavoz Yusupova



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/313
Sana16.03.2022
Hajmi2,95 Mb.
#495907
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   313
Bog'liq
yusupova.universal qo\'llanma .adabiyot.

12.2. Muhammad Solih 
(
1455 – 1534

Muhammad Solih 1455-yili Xorazmda tug‗ildi. Bobosi Amir Shohmalik Mirzo 
Ulug‗bekning tarbiyachisi bo‗lgan. Otasi Nur Saidbek Mirzo Ulug‗bek saroyida xizmat 
qilgan.
Muhammad Solih Abdurahmon Jomiy qo‗lida tahsil oladi. Adabiyot, tarix, falsafani, 
arab, fors tillarini o‗rganadi, naqqoshlik, xattotlik bilan shug‗ullanadi. Otasi Nur 
Saidbekning sirli o‗limi unga qattiq ta‘sir qilsa-da, 1489-yilga qadar Husayn Boyqaro 
saroyida ishlaydi. Navoiy «Majolis un-nafois» asarida u haqda shunday yozadi: 
«
Muhammad Solih ismi munosabati bilan Solih taxallus qilur. Nur Saidbek o‘g‘li turur. 
O‘zi muloyim yigitdur... Tab’ida xeyli choshni 
(
maza
)
bor. Xatqa ham qobiliyati 
ko‘pdur...
»
1499-yili, Temuriylar saltanati tanazzulga uchrayotgan paytda, Shayboniy huzuriga 
boradi. Shayboniy unga «amir ul-umaro» (amirlar amiri), «malik ush-shuaro» (shoirlar 
shohi) unvonlarini beradi. Shayboniy 1500-yili Boburga qarshi Samarqand sari otlanar 
ekan, poytaxt qilib turgan Buxoro hokimligini Muhammad Solihga topshiradi. 1504 – 
1505-yili Xorazm yurishida Muhammad Solih amir ul-umaro sifatida ishtirok etadi. 
Ma‘lum muddat Chorjo‗yda, so‗ng Ashxobod yaqinidagi Niso shahrida hokim bo‗ladi, 
shayboniylar tomonda turib temuriylarga qarshi kurashadi. Muhammad Solihning o‗g‗li 
Mirzo Ulug‗bek iste‘dodli shoir bo‗lgan.
Muhammad Solih 1534-yili Shayboniylar saltanati poytaxti Buxoro shahrida vafot 
etgan.


266 
 
«
Shayboniynoma
»
 dostoni 
 

Unda Shayboniyxonning temuriylarga qarshi olib borgan kurashlari, ularni yengib 
taxt tepasiga kelishi voqealari, ya‘ni 1499 – 1505-yillarda yuz bergan real tarixiy hodisalar 
yoritiladi. Shu jihatdan u o‗zbek adabiyotidagi aniq va real tarixiy voqealar tasviriga 
bag‗ishlangan birinchi jangnomadir.

1510-yili shoir tirikligida Qosim kotib tomonidan ko‗chirilgan nusxasi Venada 
saqlanadi. German Vamberi uni 1885-yili nemischaga tarjima qilib nashr ettirgan. 
So‗ngroq asar boshqa tillarga ham tarjima qilindi. «Shayboniynoma» O‗zbekistonda 1961- 
va 1989-yillarda chop etildi.

«Shayboniynoma» 9000 misraga yaqin bo‗lib, 76 bobni tashkil qiladi. An‘anaga 
ko‗ra, hamd, munojot va na‘t bilan boshlanadi. So‗ng so‗z ta‘rifi keltirilib, Muhammad 
Shayboniyxon vasfiga o‗tiladi. O‗n beshinchi bobga kelib «Kitob nazmining sababi» 
berilgach asosiy qism voqealari hikoya qilinadi.

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   313




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish