V. Qissalari
«Shum bola» (1936 – 1960)
Asar syujeti va xulosa: Shum bola (Qoravoy) – 14 yoshli bola. Uning ismi asarda
keltirilmagan. Bir kuni onasini xafa qilib qo‗yadi va xijolat bo‗lib, qolaversa, ozgina pul
topib kelish ilinjida Toshkent atrofidagi qishloqlarni aylanib keladi. Avval
pochchasinikiga boradi, pochchasining qimmatbaho qushlarini suzma ichirib o‗ldirib
qo‗yadi. Do‗sti Omonga qo‗shilib Sulton o‗g‗ri boshchiligidagi kissavurlar bilan tunni
o‗tkazadi, o‗lik yuvib sharmanda bo‗ladilar, masjid imomining kasal ho‗kizining o‗rniga
eshakni so‗yib qo‗yadi, bir eshonning xonaqosida ham bo‗ladi, eshon unga «Oyoq-qo‗lli
bolasan…» deb bolani to‗g‗ridan to‗g‗ri o‗g‗rilikka boshlaydi. Nihoyat, Kalasdagi Sariboy
bo‗lisning olma bog‗iga xizmatchi bo‗lib ishga kiradi, olma sotadi. Boy Chuvalachidagi
Yusuf kontorning dala hovlilarni qimorda yutib olib, bir qirg‗iz xotinni olib, hech kelmay
qolganda shum bola qur‘ada uning nomi tushgani uchun boydan olma terish uchun ruxsat
olgani Chuvalachiga boradi. Shum bolaning mazkur holatda boyning mot qilishi «Bir
yolg‗ondan ming yolg‗on» xalq ertagidagi usul bilan amalga oshadi. Dandon sopli
pichoqning sinishi bilan boshlangan voqea Adol opaning olamga tatiydigan o‗g‗ilchani
dunyoga keltirgani bilan tugaydi. Natijada Shum bola bu yerdan ham quviladi, Sariog‗och
bozorida do‗sti Omon bilan uchrashadi va ikkalasi boyning qo‗ylarini haydab yo‗lga
330
tushadi… Xulosa: hayotda imon-e‘tiqod bilan yashash lozim, halollik hamisha g‗alaba
qozonadi.
«Netay»
«Yodgor» (1936)
«Tirilgan murda»
Abdulla Qahhor
(1907 – 1968)
Hayotiga doir muhim ma’lumotlar
Abdulla Qahhor 1907-yil 17-sentyabrda Qo‗qonda dunyoga keldi. Otasi Abduqahhor
temirchi tirikchilik o‗tkazish uchun Qo‗qon atrofidagi Buvayda, Yaypan, Oqqo‗rg‗on,
Qudash, Olqor qishloqlarining biridan ikkinchisiga ko‗chib yurar, oila biror qishloqda
uzoqroq qo‗nim topmasdi. Bo‗lajak yozuvchi dastlabki ma‘lumotni Buvaydadagi eski
maktabda oldi. So‗ng Oqqo‗rg‗on qishlog‗idagi jadid maktabida tahsil ko‗rdi. Abdulla
sho‗ro maktabi «Istiqbol»da, undan keyin internatda, so‗ng «Kommuna maktabi»da
o‗qiydi; o‗zbek bilim yurtining «Namuna-tadbiqot» maktabida, nihoyat, bilim yurtining
o‗zida o‗qishini davom ettiradi. Sal keyinroq Qo‗qondagi yotoqmaktabda o‗qidi. 1922 –
1924-yillarda Qo‗qondagi o‗qituvchilar tayyorlash texnikumida tahsil ko‗rdi.
Abdulla Qahhor 1925-yili Toshkentga kelib, kechasi o‗qib, kunduzlari «Qizil
O‗zbekiston» gazetasida ishladi. U 1930-yili O‗rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi
O‗zMU)ning pedagogika fakultetini tugatdi. O‗qib yurgan kezlari «Mushtum» jurnalida,
ko‗plab gazetalarda uning o‗nlab felyetonlari, hikoya va hajviyalari ketma-ket chop
etiladi.
Abdulla Qahhor 1968-yilning 25-may kuni vafot etdi va Toshkentdagi Chig‗atoy
qabristoniga dafn qilindi. Uning vafoti to‗g‗risida rus adibi K.Simonov shunday yozadi:
«Qahhor umuman jasoratli, mard kishi edi. Mening u haqdagi so‗nggi xotiram Qahhor
shaxsiyatining mana shu xislati bilan bog‗liqdir».
Poytaxtimizda adib yashab ijod etgan maskan bugungi kunda «Abdulla Qahhor uy-
muzeyi»ga aylantirilgan.
331
O‗zbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qo‗shgan ulkan hissasi uchun Abdulla
Qahhor «O‗zbekiston xalq yozuvchisi» unvoniga, mustaqillik davrida esa «Buyuk
xizmatlari uchun» ordeniga munosib topilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |