yo'nalish badiiy tafakkur tarzi, metod va uslub kesishgan nuqtada yuzaga keluvchi
tushunchadir. Gap shundaki, muayyan davrda yashagan bir qator ijodkorlar yaratgan ko'plab
asarlarda tipologik umumiylik mavjud. Tipologik umumiylik hayot materialini tanlash, uni
badiiy idrok qilish va baholash prinsiplarida, asarlarning badiiy shakl xususiyatlari, uslubiy
jihatlarida o'zini namoyon etadi. Uzluksiz adabiy jarayonning muayyan bosqichlarida
kuzatiluvchi badiiy ijodning g'oyaviy-estetik tamoyillari asosidagi umumiylik adabiy yo'nalish
haqida gapirish imkonini beradi. Adabiy yo'nalish adabiy jarayonning, badiiy tafakkur
tafraqqiyotining muayyan bosqichini nazariy jihatdan umumlashtirish orqali uning mohiyatini
anglash imkonini beravchi muhim adabiy-estetik kategoriyadir. Shuni ham unutmaslik kerakki,
tipologik umumiylik bir yo'nalishga mansub ijodkorning ham g'oyaviy, ham estetik jihatdan
o'ziga xosligini inkor qilmaydi. Ya'ni bir yo'nalish doirasidagi asarlarda turlicha ideallarning,
dunyoqarashning aks etishi tabiiy hodisadir. Masalan, romantizm yo'nalishiga mansub bo'lmish
Bayron bilan Gyote asarlarida aynan bir xillikni izlash xato, ulardagi yaqinlik chuqur
qatlamlarda, katta o'lchovdagina namoyon bo'ladi.Demak, bir adabiy yo'nalish doirasida turli
oqimlar kuzatilishi mumkin. Zero, adabiy oqim adabiy yo'nalishning bir ko'rinishi, o'ziga xos
bir varianti sanaladi. Adabiy yo'nalish va oqimdan farq qilaroq, adabiy maktab deganda, nazariy
jihatdan anglangan ijodiy dasturiga ega bo'lgan, tashkiliy tuzilma sifatida shakllangan
ijodkorlarguruhi tushuniladi. Masalan, XX asr boshlari rus adabiyotidagi futuristlar, akmeistlar
shu xil maktab sifatida ko'rsatilishi mumkin.Adabiyotshunoslikda adabiy yo'nalishlarni
ajratishda turlichalik bor. Jumladan, ayrim adabiyotshunoslar adabiy yo'nalish deganda,
anglangan g'oyaviy-estetik tamoyillarga, turli darajada amal qilinuvchi ijodiy dasturga ega
bo'lishlikni shart qilib qo'yadilar. Biroq bu xil yondashuv chalkashliklar keltirib chiqarishi,
mohiyatan bir xil adabiy hodisalarni turli atamalar bilan nomlashni keltirib chiqaradi. Masalan,
bu holda klassisizmni adabiy yo'nalish, romantizmni adabiyot taraqqiyotidagi bosqich deb
ataladiki, bu unchalik maqbul emas. Biz adabiy yo'nalishlarni Y.Borev qarashlaridan kelib
chiqqan holda ajratishni maqbul deb bilamiz. Unga ko'ra, o'tmish adabiyotidagi (mifologik
realizm, o'rta asrlar simvolizmi, uyg'onish davri realizmi, barokko, klassisizm, ma'rifatparvarlik
realizmi, sentimentalizm, romantizm, tanqidiy realizm) hamda XX asr adabiyotidagi (realizm,
sotsialistik realizm, syurrealizm, ekzistensializm) yo'nalishlar ajratilishi mumkin.
Tayanch so'z
Do'stlaringiz bilan baham: