Ishning maqsadi va vazifalari. Ushbu magistrlik dissertasiya ishi differensial tenglamalarni sonli yechish usullarini o’zlashtirishga, ularning algoritmlarini ishlab chiqishga va ishlab chiqilgan algoritmlar bo’yicha ko’rsatilgan algoritmik tilda dasturlar yaratishga hamda olingan sonli natijalarni taxlil qilishga bag’ishlangan. Dasturiy vositalar o`qitish jarayonlarida va amaliy tehnik masalalarni echishda, hamda texnologik jarayonlarni boshqarishda qo’llanilishi mumkin.
Muammoning ishlab chiqilish darajasi. Ushbu magistrlik dissertasiya ishida xususiy hosilali parabolik tipdagi tenglamalardan iborat bo’lgan fizika-mexanikaning bir qator amaliy masalalarini taqribiy yechish masalasi qaralib, taqribiy hisob usullari bo’yicha aniq amaliy masalalar yechish. Tadqiqotlar aniq misollarda bajarildi, ular uchun zarur algoritm va dasturlar tuzildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |