Diduragay va poliduragay chatishtirish. G. Mendelning uchinchi qonuni



Download 0.85 Mb.
Sana23.01.2020
Hajmi0.85 Mb.

Diduragay va poliduragay chatishtirish. G. Mendelning uchinchi qonuni.

Mendelning uchinchi qonuni. Bir juft allellarning irsiylanishi, Mendel uchun dominantlik, duragaylarda retsessiv allellarni o‘zgarmasligi, belgilar­ning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish imkonini berdi.

  • Mendelning uchinchi qonuni. Bir juft allellarning irsiylanishi, Mendel uchun dominantlik, duragaylarda retsessiv allellarni o‘zgarmasligi, belgilar­ning 3:1 nisbatda ajralishi kabi bir qator qonuniyatlarni ochish imkonini berdi.
  • Ajralish hodisasi, gametalar juft allellarning faqat bitta genini saqlashi, gametalar genotip jihatdan sofligini o‘rganish imkoniyatini berdi. Lekin organizmlar bir­biridan juda ko‘p belgilari bilan farq qiladi. Ikki va undan ortiq belgilarning irsiylanish qonuniyatlarini diduragay va poliduragay chatishtirish orqali o‘rganish mumkin.

Diduragayva poliduragay chatishtirish deb, ikki yoki undan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan ota­ona organizmlarning o‘zaro chatishtirishga aytiladi. Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va burishgan) bo‘lgan gomozigota holdagi no‘xat o‘simliklarini o‘zaro chatishtirdi. No‘xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. Har bir o‘simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gametalarning qo‘shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya’ni sariq­silliq bo‘ladi.

  • Diduragayva poliduragay chatishtirish deb, ikki yoki undan ortiq juft belgilari bilan farq qiladigan ota­ona organizmlarning o‘zaro chatishtirishga aytiladi. Diduragay chatishtirishni tekshirish uchun Mendel ikki juft belgisi bilan: donining rangi (sariq va yashil) va shakli (silliq va burishgan) bo‘lgan gomozigota holdagi no‘xat o‘simliklarini o‘zaro chatishtirdi. No‘xat donining sariq rangi (A) va silliq shakli (B) dominant, yashil rangi (a) va burishgan shakli (b) retsessivdir. Har bir o‘simlik bir tipdagi gametalarni hosil qiladi. Bunday gametalarning qo‘shilishidan olingan naslning barchasi bir xil ya’ni sariq­silliq bo‘ladi.

Birinchi bo‘g‘in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo‘linish natijasida A gen B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, xuddi shu ningdek, a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin.

  • Birinchi bo‘g‘in duragaylarida har juft allel genlardan faqat bittasi gametalarga tushib qoladi. Ya’ni birinchi meyoz bo‘linish natijasida A gen B gen bilan bitta gametaga yoki b gen bilan tushishi, xuddi shu ningdek, a gen B gen yoki b gen bilan bitta gametaga tushishi mumkin.

Har bir organizmda juda ko‘p jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi, statistik qonuniyat bo‘yicha har bir duragayda to‘rt xilda 25 % dan — AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi mumkin.

  • Har bir organizmda juda ko‘p jinsiy hujayralar hosil bo‘ladi, statistik qonuniyat bo‘yicha har bir duragayda to‘rt xilda 25 % dan — AB, Ab, aB, ab gametalar hosil bo‘ladi. Urug‘lanish jarayonida bitta organizm gametalari ikkinchi organizmning har bir gametalari bilan tasodifan uchrashishi mumkin.
  • Buni Pennet katakchasi yordamida osongina aniqlash mumkin. Pennet katakchasiga gorizontal bo‘yicha bitta orga nizm gametalari, vertikal bo‘yicha katakchalarning chap tomoniga ikkinchi organizm gametalari yoziladi.

Katakchalar ichiga esa gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotalarning genotipi yoziladi. F2 da hosil bo‘lgan organizmlarni fenotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson.

  • Katakchalar ichiga esa gametalar qo‘shilishidan hosil bo‘lgan zigotalarning genotipi yoziladi. F2 da hosil bo‘lgan organizmlarni fenotip bo‘yicha hisoblab chiqish nihoyatda oson.
  • Duragaylar fenotip bo‘yicha to‘rtta guruhga bo‘linadi: 9 ta sariq silliq; 3 ta yashil silliq; 3 ta sariq burishgan; 1 ta yashil burishgan duragaylar hosil bo‘ladi. Agar har bir belgilar bo‘yicha ajralishni hisoblab chiqiladigan bo‘lsa, sariq donning soni yashil rangga, silliq shaklining soni burishgan shakliga nisbatan 3:1 bo‘ladi. Shunday qilib, diduragay chatishtirishda har juft belgilar boshqa juft belgilarga bog‘liq bo‘lmagan holda xuddi mono duragay chatishtirishdagidek ajralishga uchraydi.

Urug‘lanish jarayonida gametalarning tasodifan uchrashish ehtimoli barchasi uchun bir xil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigotalarda genlarning har xil kombinatsiyalari amalga oshadi. Diduragay chatishtirishda genlarning turli kombina­tsiyalari natijasida belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi, agarda juft allel genlar har xil gomologik xromosomalarda joylashgan bo‘lsagina amalga oshadi.

  • Urug‘lanish jarayonida gametalarning tasodifan uchrashish ehtimoli barchasi uchun bir xil bo‘ladi. Hosil bo‘lgan zigotalarda genlarning har xil kombinatsiyalari amalga oshadi. Diduragay chatishtirishda genlarning turli kombina­tsiyalari natijasida belgilarning mustaqil holda taqsimlanishi, agarda juft allel genlar har xil gomologik xromosomalarda joylashgan bo‘lsagina amalga oshadi.

Mendelning uchinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi.

  • Mendelning uchinchi qonunini quyidagicha izohlash mumkin: ikki yoki undan ortiq juft muqobil belgilari bilan farq qiladigan ota-ona organizmlar o‘zaro chatishtirilganda, genlar va unga mos belgilar bir-biridan mustaqil holda irsiylanadi.

Mendel qonunlaridan foydalanib, ajralishning bir muncha murakkab hollarini uch, to‘rt va undan ham ko‘proq juft belgilari bilan farq qiladigan duragaylardagi ajralish hollarini ham tushunib olsa bo‘ladi. Agar otaona organizm bir juft belgisi bilan farq qilsa, ikkinchi bo‘g‘inda ajralish 3:1, didu­ragay chatishtirishda esa 9 : 3 : 3 : 1 nisbatda ajralishi kuzatiladi. Duragaylarda hosil bo‘ladigan gametalarni hisoblab topish mumkin.

  • Mendel qonunlaridan foydalanib, ajralishning bir muncha murakkab hollarini uch, to‘rt va undan ham ko‘proq juft belgilari bilan farq qiladigan duragaylardagi ajralish hollarini ham tushunib olsa bo‘ladi. Agar otaona organizm bir juft belgisi bilan farq qilsa, ikkinchi bo‘g‘inda ajralish 3:1, didu­ragay chatishtirishda esa 9 : 3 : 3 : 1 nisbatda ajralishi kuzatiladi. Duragaylarda hosil bo‘ladigan gametalarni hisoblab topish mumkin.


Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa