Masalan: misollarni bir xil usulda yechaverish o’quvchilarni toliqtiradi, o’qishga qiziqishini yo’qotadi. SHu misollarni o’yin shaklida
kim tez bajaradi? usuli bilan yechish esa o’quvchilarni jonlantiradi. Endi
ular aniq maqsad yo’lida, ya’ni topshiriqlarni bajarishda g’olib chiqish, boshqalardan orqada qolmaslik, ularni bajarishiga qodir ekanini ko’rsatishi hissi bilan harakat qiladilar.
Didaktik o’yinlarni darsga moslashtirib tanlash va o’quvchilarning ma’lum bir o’yindan zerikkanlarini sezgach, uning yangi turlarini qo’llash zarur. Tanlangan o’yin qiziqarli, o’quvchilarning yoshiga mos, qisqa vaqtga mo’ljallangan bo’lishi kerak.
Didaktik o’yinlar fanga qiziqtirishni, mavzularni ongli
o’zlashtirishiga, o’quvchilarning fikrlash faoliyatini rivojlantirishiga, ularda kuzatuvchanlikni oshirganda didaktik o’yinlar vositachilik rolini tashkil qilishdan oldin uni qaysi maqsadga yo’naltirishini va didaktik asoslarini aniqlab olish va dars jarayonida unga tayanish zarur. Metodika nuqtai nazaridagi o’yinlar, keltirilgan umumiy tarbiyaviy va o’qitish topshiriqlaridan tashqari, o’qituvchiga bolalarda maxsus ko’nikmalarni xosil qilishda yordam beradi.
O’quvchilarning matematik nutqini aniqlaydigan va kengaytiradigan o’yinlar bor. Misol uchun, agar 1-sinf o’quvchilari
matematik harakat va raqamlar bilan ta’minlangan bo’lsa, qator ustun
tuzishga, o’qish va yechishga o’rgatish mazmuni ,,Kimda bor?”, ,,Kim topadi?“, ,,Kim tez va ishonarli.?“ to’g’ri keladigan o’yin xolatida o’tkazish mumkin. O’yindan ko’rish va eshitish zehnini mukammallashtirishidan ham foydalanish mukin. (o’yinlar “taq – tuq” “Narsa lotosi,” geometrik shakllar bo’yicha sanash va h.z.) O’yinlar yordamida bolalar sonlarini esda saqlab qolishi qobilyatini mustahkamlash mumkin. (“Xotira”, “Tasavvurini rivojlantirishlar” “G’alati gugurtchalar”)
Ko’pgina o’yinlar bolalarda joy tushunchasini rivojlntirishda yordam beradi. (“Geometrik domino“, “Qurilishi materiallari”,
,,Tangram“ o’yini), kombinatorik qobiliyatini rivojlantiradi (mozayka, rangli domino, geometrik jismlarni yoymoq va b.) va konsturuktiv
qobilyatini rivojlantiradi ( konstruktorlar, uchburchakning siri va h.z.) Tez sanashni o’rgatishga yordam beradigan o’yinlar ,,Kim tez“, ,,eng
yaxshi sanoqchi“. Matematik o’yinlarni nazariy asoslariga quyidagilarni kiritish mumkin.
1 Ma’lum didaktik maqsadga yo’naltirilishi yangi materialni o’rganishi, mustahkamlash, hosil bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va
kompetentsiyalarini tekshirish
2 Malaka va ko’nikma hosil qilishi uchun didaktik jarayonni qanday
amalga oshiradi?(buning uchun bir xil harakatni bir necha marta qaytarilishini va uni ijobiy yo’nalinishi zarur.
3 O’quvchilar tafakkurini rivojlatirilishi vositasi bo’lishi
Do'stlaringiz bilan baham: |