Dialektologik amaliyot



Download 21,03 Kb.
bet1/8
Sana16.03.2022
Hajmi21,03 Kb.
#493981
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Dialektologiya


MIRZO ULUG'BEK NOMIDAGI O'ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
JURNALISTIKA FAKULTETI, FILOLOGIYA VA TILLARNI O’QITISH (O'ZBEK TILI)
YO’NALISHI 302-GURUH TALABASI
Abdimurodova Shaxrizodaning

“DIALEKTOLOGIK AMALIYOT” ishi

Amaliyot rahbari : Yulbarsov O

TOSHKENT – 2021



1.Shevasi o‘rganilayotgan aholining yashash joyi haqida umumiy ma’lumot, aholining milliy tarkibi,ularda o‘zbeklarning nisbiy miqdori, aholi punkti atrofidagi sheva vakillari, boshqa millat vakillari haqida ma’lumot.
Biz, Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetining talabalari mana ikkinchi kursni ham tamomlab yozgi ta`tilni boshlab oldik. Poytaxtimizdan hamma bir olam taassurotlar ila ozlarining tumanlariga, tumanlariga, qishloqlariga va ovullariga qaytdilar. Biz ikkinchi kurs davomida turli qiziqarli va ajoyib fanlarni o`rgandik. Ikkinchi kurs davomida biz qiziqarli fanlardan biri dialektologiya, ya`ni shevalar haqidagi fanni juda qiziqish bilan o`rgandik. Ustozimiz tomonidan berilgan yozgi amaliy mashg`ulotimiz esa bu fan haqidagi bilimlarimizni yanada boyitib, mustahkamlashga, o`zimiz yashab turgan hudud shevasini o`rganishga xizmat qiladi.
Men bu amaliy mashg`ulotni boshlashga astoydil kirishdim. Ustozlarimiz bergan bilimlari orqali o`z yashab turgan hududimiz haqida ma`lumotlar to`pladim. Mustaqil ona vatanimizning issiq va chekka viloyati hisoblangan Surxandaryo viloyatining Muzrabot tumanida yashayman. Bu joylar anchagina keng hududni qamrab olgan. Uning hududida yuzdan ortiq qishloqlar mavjud. Aholisi asosan, o‘zbeklar; shuningdek, tojik millatiga mansub qishloqdoshlarimiz ham bor. Mahallamiz mehnatkashlari asosan, qishloq xo‘jaligi bilan shug`ullanishadi. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i dehqonchilik. Shuningdek, bog‘dorchilik, chorvachilik, pillachilik ham rivojlangan.
1. Shevaning o‘zbek shevalari tasnifidagi o‘rni.
Tumanimiz aholisining asosini qipchoq vakillari tashkil etadi. Bu sheva vakillarining tub aholi shevasiga ta`siri sezilmaydi. Lekin tuman aholisi o`ziga xos shevada gaplashmayadi.
Shevamizning grammatik xususiyatlari quydagilardan iborat:
1.So`z boshidagi y tovushi o`rniga j aytiladi.
Masalan: yo`l –jo`l, yur – jur.
2. Ko`pincha so`z oxiridagi g` tovushi o`rniga v tovushi ishlatiladi.
Masalan:sog`aman – sovaman , tog`- tov .
3. So`z oxiridagi q undoshi ba`zi so`zlarda nutqda talaffuz qilinmaydi, tushib
qoladi: quruq –quri.
4.Asosan orqa qator unlilar , ba`zan old qator unlilar ham ishlatiladi:
Ana ,aya so`zlarida old qator a unlisi ishlatilsa αnor so`zida orqa qator unlilar ishlatiladi.
5.Hozirgi zamon qo`shimchasining -yapti shakli ishlatiladi: kelyapti , boryapti, ketayapti, chopayapti, uxlayapti.
6. B tovushi o`rniga p ishlatiladi : borip kelay, opkelay.
7. Tushum kelishigining –di , -ti variantlari ishlatiladi: ukamdi, gapti.
8. Qaratqich kelishigi o`rniga tushum kelishigi ishlatiladi: ukamni kitobi.
9. Jo`nalish kelishigining -a varianti ham ishlatiladi : dadama, ukamma.
10. Shevamizda - LAR qo`shimchasi hurmat ma`nosida ishlatiladi: Dadam aytdilar, Bovam keldilar .
11.Chiqish kelishigining - dan , - tan , -nan variantlari qo`llanadi.
Masalan : ishtan , uydan , kimnan .
12. Bazan r undoshi o`rniga l undoshi ham ishlatiladi : devor – devol.
13. Ba`zan p undoshi o`rniga v undoshi talaffuz qilinadi :
Topib bermoq - tovib bermoq .
14. Ch undoshi o`rniga sh ishlatiladi : uchta - ushta .
15. S undoshi o`rniga ch ishlatiladi : soch – choch.
16. Qator kelgan bm undoshlari pp tarzida talaffuz qilinadi:boribman – borippan .
17. B undoshi o`rniga m : bundan – mundan , bunday –munday , buni – muni .
18. Ikkilamchi cho`ziqlik : shahar – sha:r .
19. Spirantizatsiya hodisasi : sabzi –sovzi, og’zi-ovzi.
20. Eliziya hodisasi : o`ta olmadi – o`tolmadi, bo`lar ekan –bo`laykan , olib ke opke , Solix aka -Soli aka , Abdusattor – Absattar .
21. Reduksiya : tiriklay – tirilay , nasiya - nasya .

Download 21,03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish