Ma’ruza №15. MEXANIZATSIYALASHGAN ASBOBLAR
REJA
15.1. Mexanizatsiyalashgan asboblar.
15.2. Elektr yuritmali qo‘l asbobi 15.3. Pnevmo uzatmali qo‘l asbobi 15.4. Pirotexnik uzatmali qo‘l asbobi
15.1. Mexanizatsiyalashgan asboblar.
Dvigatel bilan ta’minlangan, ular yordamida ishlov beriladigan muhitga kuch yordamida ta’sir etuvchi asboblar qo‘l mashinasi yoki mexanizatsiyalashgan asbob deyiladi. Mashinani boshqarish operator tomonidan bajarilib, uning qo‘li to‘liq yoki qisman uning massasini qabul qiladi.
Kommunal xujaligi ob’yektlari qurilishida metall va temirbeton konstruksiyalari, saniatar-texnik jihozlar, quvur utkazmalari montajida, grunt va betonni zichlashda, duradgorlik-qolip ishlarida qo‘l mashinalari qo‘llaniladi.
Qurilish va montaj ishlarida qo‘llaniladigan mexanizatsiyalashgan asboblar ta’minlashi kerak: yuqori mehnat unumdorligi va bajariladigan texnologik operatsiyalarni yuqori sifatini; foydalanishda qo‘lay bo‘lishini; minimal massa va gabarit o‘lchovlarga ega bo‘lishni; ishda yuqori ishonchlilik va chidamlilikka ega bo‘lishi, hamda xavfsizlik texnikasi no‘qtai nazaridan yuqori talablarga javob berish. Xususan qo‘l mashinalarining tashqi ko‘rinishi shunday bo‘lishi kerakkim, mexanik jarohatlar olinmasligi istisno qilinishi kerak. Operatorni elektr toki o‘rmasligi uchun saqlagich qurilmalar ehtiyot choralari nazarda tutilgan bo‘lishi kerak; ular tovush va vibratsiya bo‘yicha o‘rnatilgan ishlab chiqarish sanitariya talablari me’erlariga mos kelishi kerak.
Shahar xujaligi va qurilishida elektrik va pnevmatik qo‘l mashinalari qo‘llanilishi keng tarqalgan. Elektr mashinalarni kichik hajmdagi ishlarni, pnevmatik mashinalarni ob’yektlardagi o‘rta va katta hajmdagi ishlarni bajarishda kompressor yoki markazlashgan siqilgan havo bilan ta’minlangan holatlarda qo‘llaniladi.
Pnevmatik mashinalar katta bo‘lmagan massasi, xavfsiz ishlashi, tezlik va aylantiruvchi momentni boshqarish imkoniyati, xizmat ko‘rsatishni oddiyligi bilan ajralib to‘radi. Ular namli, changli va portlash xavfi bo‘lgan xonalarda ish bajarganda almashtirib bo‘lmaydigan mashinadir, chunki ular namlik va changdan qo‘rqmaydi.
Pnevmatik mashinalarning asosiy kamchiligi past FIK (7...11%), past darajalarda foydalanish murakkabligi va tarmoqda havo bosimini kamayishida unumdorlikning keskin kamayishidir.
Ichki yonuv dvigatelli qo‘l mashinalarining asosiy fazilati – uning avtonomligi bo‘lib, elektr energiya manbaidan o‘zoqroqda joylashgan ishlarda foydalanish mumkinligidir. Bu mashinalarda kuch qurilmasi sifatida asosan bir silindrli ikki taktli, havo bilan sovutiladigan, quvvati 4...8 kVt bo‘lgan benzinli dvigatellar qo‘llaniladi. Ularning asosiy kamchiligi elektrlashtirilgan yoki pnevmatik asboblarga nisbatan og‘ir massasi va foydalanishning murakkabligi.
Turli xil texnologik operatsiyalarn bajarganda qo‘l mashinalarini qo‘llanilishi qo‘l mehnatiga nisbatan unumdorlikni 5...10 martaga oshiradi. Shu bilan birga ish tannarxi kamayadi, uning sifati oshadi.
Qo‘l mashinalari qo‘yidagi asosiy belgilari bo‘yicha tasniflanadi:
energiya ta’minoti turi va yuritgichi bo‘yicha – elektrik, pnevmatik, gidravlik, motorli va pirotexnikli;
maqsadi va qo‘llanish sohasi bo‘yicha – umumiy ishlarda qo‘llaniluvchi, jumladan parmalovchi, silliqlovchi va frezerli; metallga ishlov beruvchi, jumladan valsalovchi, yoyiluvchi, arralovchi, kesuvchi bolg‘alar, qaychilar; tosh materiallar va gruntga ishlov beruvchi, jumladan perforatorlar, lomlar, bolg‘alar, trambovkalar; yig‘ish ishlari uchun, jumladan rezba yasovchi , rezba o‘rovchi, skoba qoquvchi, mix qoquvchi, parchinlovchi bolg‘alar; beton va pardozlash ishlari uchun, jumladan silliqlovchi, bo‘yoq po‘rkagich va b.;
bajarilishi va tezligini boshqarish bo‘yicha – to‘g‘ri (ishchi organ va uzatma o‘qlari parallel); burchakli (ishchi organ va uzatma o‘qlari burchak ostida); reversiv va noreversiv, bir tezlikli va ko‘p tezlikli;
ishchi organni harakatlanish tavsifiga qarab – aylanma, qaytaribilgarilaydigan va murakkab harakatlanuvchi.
Mashinaning maqsadi va konstruktiv xususiyatlariga qarab qo‘l mashinalarining xar bir guruhiga indeks berilgan.
Umumiy maqsadga ega mashinalar harf va raqam qismlardan iborat indeksga ega. Maqsadi bo‘yicha barcha mashinalar o‘nta guruhga bo‘lingan (indeksni birinchi raqami), ularning har biri konstruktiv xususiyatlariga qarab to‘qqizta kichik guruhga bo‘lingan (indeksni ikkinchi raqami). Keyingi raqamlar model nomerini belgilaydi. Indeksning harfli qismi qanday energiyadan harakatlanishini bildiradi: IE – elektrik; IP – pnevmatik; IG – gidravlik; ID – ichki yonuv dvigateli. Uchliklar, asbob boshchalari va yordamchi jihozlr uchun yuritkichni turiga bog‘liq bo‘lmagan holda IK indeksi o‘rnatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |