Mirzo Ulug’bek o’z pedagogik qarashlarida bolalarning jismonan sog’lom, harbiy xunarni puxta egallagan, jasur, mard bo’lib yetishuviga aloxida axamiyat beradi. Ulug’bekning fikricha odam sog’lom va baquvvat bo’lishi uchun yoshlik chog’idayoq jismoniy mashqlar bilan shug’ullanishi, ta’lim – tarbiyada poraxo’rlik, qalloblik bo’lmasligi uchun mudarrislar odil va halol bo’lishi kerak.
Buyuk shoir va olim, fors – tojik mumtoz adabiyotning ulug’ namoyondasi Nuriddin Abduraxmon Jomiy o’zidan keyin turli fan, adabiyot, jumladan pedagogikaga doir o’lmas me’ros qoldiradi. U o’z asarlarida, ayniqsa, nasriy yo’lda yozilgan «Baxoriston» asarida ta’lim – tarbiya masalalari xususida fikr bildirdi. Jomiy o’z asarlarida yoshlarni ilmlarini egallashga da’vat etadi. U o’z pedagogik qrashlarida kishilarni adolat, xushmuomalalik va dono so’z bilan zulmkorlarga ma’sir etishga da’vat etadi.
2. G`arb mutafakkirlarining oilada bola tarbiyasi to`g`risidagi qarashlari.
Qadimgi Yunon faylasuyi Suqrotning falsafiy va pedagogik qarashlarida tarbiyadan kutilgan maqsad insonnibilishlarini bilib olishga erishish, uni yuksak axloqli qilib kamol toptirishdir. U o’z ta’limotida mardlik, donolik, mo’tadillik, adolatlilik tushunchalarini belgilab beradi. Uning fikricha mardlik qo’rquvni daf qilish, donolik jamiyat qonunlariga rioya qilish mo’tadillik o’z xissiyotlariga erk bermaslik, adolat yaxshilikni amalga oshirish yo’llarini o’rgatishdir.
Suqrotning ta’limoticha inson eng avvalo, umumiy axloq me’zonlarini, inson uchun muqaddas bo’lgan fazilatlarni egallab olishi kerak.
Platon Yunonistonning, mashhur mumtoz faylasufi. Platon tarbiyani tashkil etish haqidagi fikrlarini «Davlat» va «Qonunlar» asarlaridan bayon etadi. Uning fikricha, kattalarning bolalarga ko’rsatgan ta’siri, bolalarda axloqiy sifatlarning
tarkib topishida ko’rinadi. His – tuyg’uga ta’sir etish kichik yoshdagi bolalarni tarbiyalashni asosiy hisoblaydi. Platon o’yin, adabiy asarlardan o’qib berishni, afsonalarni hikoya qilishni tarbiya vositasi hisoblaydi. Uning ta’kidlashicha, kattalar bolalar o’yinini kuzatib turishlari, lekin ularning o’yiniga qandaydir yangilik kiritmasligi kerak. Platon «Davlat» asarida bolalarni yoshligidan ijtimoiy tarbiyalash g’oyasini olg’a suradi va uni tashkil etishning muayyan tuzimini taklif etadi.
Qadimiy Yunon mutafakkiri Aristotel o’zining axloqqa oid «Nikohma etikasi», «Endem etikasi» asarlarida tarbiyaning maqsadi tabiat bilan bog’liq bo’lgan insonni tadrijiy rivojlantirishdan iboratligini, aql va irodani rivojlantirish muxim ekanligini aytadi. Uning ta’limotiga ko’ra, bolalarning yosh xususiyati xisobga olingan holda kerak. Aristotel tarbiya muddatini 21 yil bola tug’ilgandan 7 yoshgacha, 7 yoshdan 14 yoshgacha, 14 yoshdan 21 yoshgacha deb belgiladi. U bolaning har bir davridagi o’ziga xos xususiyatni ko’rsatadi, har bir davrda amalga oshiriladigan tarbiyaning maqsadi, mazmuni va usullarini bayon etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |