Deviant xulq ijtimoiy-pedagogik muammo sifatida


Ijtimoiypedagogik  faktorlar



Download 48,5 Kb.
bet3/3
Sana26.09.2021
Hajmi48,5 Kb.
#186131
1   2   3
Bog'liq
Deviant

Ijtimoiypedagogik  faktorlar,  ya`ni  bolalik  davridan  boshlab maktab,  oila va jamoatchilik tarbiyasidagi nuqsonlar. 
 Ijtimoiy   iqtisodiy      faktorlar,      ya`ni      bu      jamiyatdagi  ijtimoiy  tengsizlikdir: 
jamiyatning  boylar  va  kambarallar  deb  ajratilishi,    xalqning  ma`lum  qismining  qashshoqlanib qolishi,  oylik maoshining kamligi, ishsizlik, pulsizlik, ongsizlik,  inflyatsiya va x.k. 
 3. Ma`naviy—  axloqiy   faktorlar. Ularga  birinchidan,  jamiyatdagi  ma`naviy qadriyatlarning qadrsizlanishi,  insonlarning   ma`naviy    qashshoqlanishi   kirsa,   ikkinchidan,   muyyan  jamiyatning  undagi  ro’y  berayotgan  deviant  harakatlarga befarqlik,  loqaydlik  kiradi.
            Deviatsiya  kontseptsiyasida  reabilitatsiya,  profilaktika  va  korrektsiya masalalari  

Deviant xatti  harakatdagi bolalar va o’smirlarga nisbatan profilaktika, reabilitatsiya  va  korrektsiya  ishlari  amalga  oshiriladi.  Reabilitatsiya  — bu  bola  shaxsining  huquqi, huquqiy  statusi,  sogligi,  ishga  layoqatligini  tiklashga qaratilgan  kompleks, ko’p darajali, bosqichli va dinamik tizimdir. 

U profilaktika va korrektsiya  singari  aspektlarni  uz  ichiga  oladi.  Profilaktika  bu  reabilitatsiya  tizimidagi  shaxsning  rivojlanishidagi u  yoki  bu  chekinishlarni  yo’qotishga  shartsharoitlar  yaratishga  qaratilgan  tadbirlardir.  U  ko’proq  ijtimoiy  muhit  bilan  bogliqdir.  

Korrektsiya  bu  hayotiy  chekinishlarga uchragan  bolalar  va o’smirlar  bilan olib boriladigan aniq faoliyat hisoblanadi.

            Bolaning kamolga yetishida muxitning ta’siri katta. Fiziologiya va ruxshunoslik fanining ko’rsatishicha, inson bolasi tayyor qobiliyat bilan emas, balki biror-bir qobiliyatning ruyobga chiqishi va rivojlanishi manbai-layoqati bilan tug’iladi. Layoqat o’z holicha rivojlana olmaydi, uning rivojlanishi uchun qulay muhit kerak. Muhit deganda kishiga ta‟sir etadigan tashki vositalarning yigindisini tushunamiz, bunga tabiiy muhit, ijtimoiy muhit, oila muhiti va boshqalar kiradi. Hamda  ular bolalarning rivojlanishiga alohida ta’sir etadi. Bola tugilishi bilan ijtimoiy hayot sharoitlari, tayyor ijtimoiy ong shakllarga duch keladi. U mehnat sharoitining ta‟sirida o’sadi-ulg’ayadi. Kishilarning uzaro mulokotlari natijasida bolada nutk shakllanadi, usadi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, ijtimoiy muhit kishilarning faol ishtiroklari, faoliyatlari natijasida tarixan uzgarib boradi. Demak, boladagi irsiy belgilarning usishi, kamol topishi insonlar muxiti, yashash sharoiti va tarbiyaga boglik desak buladi. Bunga tarixdan misollar juda kup. Alisher Navoiy onasidan – shoir, Eynshteyn-fizik, Ulugbek-astronom, Ibn Sino-tabib bulib tugilmagan, albatta ulardagi kobiliyat kurtaklarning rivojlanishi, istedodiga aylanishida ijtimoiy muxit, ta‟lim-tarbiya muxiti rol uynagan. Agar inson bolasi ijtimoiy muxitga emas boshka muxit, aytaylik, xayvonlar muxitiga tushib kolsa unda irsiy belgilarning ayrim biologik kurinishlari saklangan lekin insoniy fikr, faoliyat, xatti-xarakat bulmaydi. Odob-axlok, xulkiy sifatlar fakat muxit va  tarbiyaning uzaro ta‟siri asosida vujudga keladi. Shuning uchun irsiyat rivojlanishiga ta‟sir etadi, ammo xal kuluvchi omil bula olmaydi. Jamiyatning bolalar ongiga ta‟sir o„tkazishi asosan ta‟lim-tarbiya orkali amalga oshiriladi. Bola yoshligidan atrofdagi kishilar bilan mulokotda bulib, bilimlar, kunikmalar va malakalarni egallaydi. U dastlab oila sharoitida va maktabgacha tarbiya muassasalarida keyinchalik maktabda ta’limtarbiya oladi. Bolani o’rab olgan muxit, mehnat va til okibat natijasida tarbiya vositasiga aylanadi. Bunda muxitning ta‟siri stixiyali ekanligi xisobga olmoq lozim. Shu sababli inson kamolotida ta’limva tarbiyaning yetakchilik kilishiga imkon berish darkor. Chunki ta’limtarbiya jarayonida kishi organizmining usishi va muxitning stixiyali ta‟siri bera olmaydigan narsalarni urganib oladi. Lekin o’qish va yozishni maxsus ta’lim yuli bilangina urganadi, maxsus mehnat va texnika bilim, kunikma va malakalari fakat ta’limjarayonida egallanadi. Ta’lim-tarbiya yordamida xatto kishining ba’zi tug’ma kamchiliklardan kerakli tomonga uzgartirish mumkin, chunonchi ba’zi bir bolalar ayrim kamchiliklar bilan tugiladi. Lekin maxsus uqtirilgan ta’lim-tarbiya yordamida ularning aqli tula tarakkiy kiladi. Demak, bizning asosiy va eng muxim vazifamiz bolalarni kobiliyat va iste‟dodlarini uz vaktida paykab olish va ularni kamol topishlari uchun kulay sharoit, ta’lim-tarbiya berishdir.

Abdulla Avloniy "Tarbiya biz uchun yo xayot, yo mamot - yo najot - yo halokat, yo saodat-yo falokat masalasidir", deb ta’kidlagan edi. Buyuk mutafakkirning bu so’zlari asrimiz boshida millatimiz uchun qanchalik muhim va dolzarb bo’lgan bo’lsa, hozirgi kunda biz uchun ham shunchalik, balki undan ham ko„ra muxim va dolzarbdir. Chunki ta’lim-tarbiya – ong mahsuli, lekin ayni vaqtda ong darajasi va uning rivojini ham belgilaydigan omildir. Binobarin, ta’lim-tarbiya tizimini o’zgartirmasdan turib ongni o’zgartirib bo’lmaydi. Ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib esa, biz ko’zlagan oliy maqsad ozod va obod jamiyatni barpo etib bo’lmaydi. Shaxs tarbiyaning ob’ekti va sub’ekti hisoblanadi.

Oiladagi muhit va ayniqsa tarbiya deviant xulq rivojlanishiga ta’sir qiladi. Masalan: to’liqsiz oilalar, ota-onalarning alohida yashashi, moliyaviy ahvolining beqarorligi, oiladagi munosabatlarning yomonligi, bolalarning qarovsizligi, bolalar uyida tarbiyalanishi kabi hollatlar misol bo’ladi.

Ehtiyojlar deviant xulq-atvor motivlarining vujudga kelishiga  sabab bo’ladi.



Начало формы

Начало формы
Download 48,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish