I. KEYS: DEVIANT XULQ-ATVOR VA YOSHLAR
SOTSIOLOGIYASI
Kirish
―Deviant xulq-atvor va yoshlar sotsiologiyasi‖ masalasi ―Sotsiologiya‖
fanidan muammoli vaziyatlarni hal etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotda ―Keys
stadi‖ga asoslangan o‘qitish texnologiyasi asosida ishlab chiqilgan.
Sotsiologiya fani doirasida o‘rganilib kelingan an‘anaviy qarashlar va
yondashuvlar asosida tahlil qilinayotgan deviant holatlar va ularning namoyon
bo‘lishi, yoshlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, tezkorlik bilan rivojlanib
borayotgan texnologik jarayonlarning yoshlarning jismoniy va ma‘naviy
yuksalishiga ta‘siri natijasida vujudga kelayotgan muammolarni har tomonlama
o‘rganish, maqbul yechimlar va variantlarni ilgari surish hozirgi davr fanining
dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.
Aynan ana shu muammolarni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqish ―Keys
stadi‖ga asoslangan o‘qitish texnologiyasining asosiy maqsadi hisoblanadi.
Ushbu texnologiya amaliy vaziyatlarni hal etish jarayonida o‘rganilgan o‘quv
mavzusi bo‘yicha bilimlarni mustahkamlashga, muammolarni tahlil qilish va
qirralarni yakka tartibda yoki guruhlarda qabul qilish ko‘nikmalarini
egallashga, ijodiy va o‘rganish qobiliyatlari, mantiqiy fikrlash, nutq va muhit
sharoitlariga moslashish qobiliyatlarini rivojlantirishga hamda qarorlarni
mustaqil qabul qilishga va o‘z-o‘zini nazorat qilishga yordam beradi.
Quyidagi keys – yoshlarning ijtimoiy begonalashuv jarayonlariga tortilib
borishi tendentsiyasi, mazkur jarayon uchun asos bo‘layotgan omillar –
internet, kompyuter o‘yinlari, ularga mukkasidan ketish va oxir oqibatda
deviant holatlarga tushishi, yoshlar hayotini izdan chiqarishga qaratilgan jiddiy
xatarlar va ularni oldini olish yo‘llarini ishlab chiqishga imkon yaratadi.
Ushbu keysni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun mavzu bo‘yicha
deviatsiya tushunchasi va uning mohiyati, yoshlar hayotini sotsiologik tadqiq
etish tamoyillari, begonalashuv jarayoni, globallashuvning o‘ziga xos jihatlari,
[- 28 -]
milliy qadriyatlar, ma‘naviy negizlar, ijtimoiy nazorat institutlari haqida bilim
va ko‘nikmalarga ega bo‘lish zarur.
Tavsiya etilgan keysni yechish quyidagi natijalarga erishishga imkon
yaratadi:
o‘zlashtirilgan mavzu bo‘yicha bilimlarni mustahkamlash;
muammoning hamda qabul qilingan yechimning individual va guruhiy
tahlilida bilim va ko‘nikmalarni qayta topshirish;
mantiqiy fikrlashni rivojlantirish;
mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini egallash;
o‘quv axborotlarini o‘zlashtirish darajasini tekshirib ko‘rish;
zamonaviy tahdidlar ko‘lami va shiddati borasida yaxlit tasavvur hosil
qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |