So`z boshi
Davlat ta`lim standartlarida texnika ta`limy yo`nalishi bakalavrlari uchun malakaviy bitiruv ishlarini bajarish ko`zda tutiladi. Malakaviy bitiruv ishini bajarishda butun o`qish davomida olingan bilimlar talab etiladi.
Mazkur malakaviy bitiruv ishim 5 bo`limdan iborat:
Birinchi umumiy bo`limda detal konstruksiyasining texnologikligi tahlili, detal materiali tahlili, ishlab chiqarish turini aniqlash, xom-ashyo olish usulini tanlash, kabi masalalar ko`rib chiqilgan. Bunda xom-ashyo olish usulini tanlashga ta`sir etuvchi omillar, ishlab chiqarish turlari to`g`risida batafsil ma`lumotlar keltirilgan.
Ikkinchi, texnologik bo`limda mexanik ishlov berish uchun qoldiriladigan quyimlarni hisoblash, har bir operatsiya va uning o`tishlarini amalga oshirishga imkon beruvchi kesush holati elementlari hisobi, berilgan detalni tayyorlash texnologik jarayoni va boshqa injenerlik hisoblari keltitilgan.
Uchinchi konstruktorlik bo`limida loyihalanayotgan operatsiyada qo`llanilgan maxsus moslamaning ishlash prinsipi va uning siqish kuchini va xavfli kesimini hisoblash keltirilgan. Shuningdek bu bo`limda moslamaning tuzilishi to`g`risida ham ma`lumotlar keltirilgan.
To`rtinchi iqtisodiy bo`limda loyihalanayotgan operatsiya uchun mexanik ishlov berish usullarini iqtisodiy taqqoslash keltirilgan. Bunda bitta operatsiyani bajarish uchun ketadigan barcha harajatlar jadvali keltirilgan bo`ib, ular orqali loyihalanayotgan va amalda mavjud texnologiyalar o`zaro taqqoslangan.
Beshinchi, hayot faoliyati xavfsizligi bo`limida loyihalanayotgan operatsiyani bajarish uchun zarur bo`lgan xavfsizlik texnikasi qoidalari keltirigan. Shuningdek, mashinasozlik korxonalari uchun mehnat muhofazasi va atrof muhit xavsizligi to`g`risida ma`lumotlar keltirilgan
Bulardan tashqari bitiruv ishimda xulosa, foydalangan adaboyotlar ro`yxati va yig`ish chizmasining spetsifikatsiyasi ham keltitilgan.
Detal konstruksiyasining texnologikligi tahlili.
1М63Н.70.00.00.13 rusumli “Ступица” detali ftulka tipidagi detallar turiga mansub bo`lib, silindr shakliga hamda aylanish o`qiga ega detal hisoblanadi. Detal materiali пулат 3 конструкцион пўлат. Ushbu detal silindrik pog`onali bo`lib, markaz qismida ichki silindrsimon teshikka ega va ushbu ichki yuzada shponka uchun maxsus ariqcha ochilgan. Detalning umumiy uzunligi l=33,5 mm, tashqi yuzasi silindrsimon 2 ta pog`ona bo`lib, tashqi diametri katta D=94 mm bo`lgan birinchi pog`onaning uzunligi l=18 mm, tashqi diametri kichik D=91 mm bo`lgan ikkinchi pog`onaning uzunligi l=15.5 mm uzunlikda. Detalning katta tashqi diametrida eni 8,5 mm, D=85 mm bo`lgan konussimon yuzasi bor. Шу конуссимон юзага перпендикуляр, яъни марказдан 62 градус бурчак остида М8 резбага эга булган тешик мавжуд. Детальнинг markizida 50Н7 mm ўлчамда марказий тешик мавжуд, шу юзага механик ишлов бериш технологик жараёнини ишлаб чиқиш талаб этилади. Детальнинг ички юзасини ϕ56мм, узунлиги 7 мм улчамда йуниб кенгайтириш талаб этилади ундан ташкари 6х2,8х26,5 мм улчамда шпонка арикчаси хосил килинади. Detalning tashqi diametri kichik D=80e8 mm bo`lgan ikkinchi pog`onaning yon qismidan detal markaziy o`qi tamonga qarab diametric d=8,4 bo`lgan teshik ochilgan. Detalning markaziy qismidan d=20 mm dagi ochiq teshik ochilgan. Markaziy teshigidan 6N9 o`lchamdagi maxsus shponka ariqchasi ochilgan.
Detalni mexanik ishlov berish nuqtai nazaridan tahlil qiladigan bo`lasak detal konstruksiyasida ba`zi murakkabliklar mavjud bo`lib, ular detalning tashqi diametri qismida joylashgan бурчак остида хосил килинадиган резбали тешик. Umumiy holda detal konstruksiyasi texnologiyabop.
Do'stlaringiz bilan baham: |