Desmurgiya



Download 169,5 Kb.
bet4/6
Sana08.06.2022
Hajmi169,5 Kb.
#645692
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Desmurgiya

18-rasm.
Torakobraxial bog‘lam
Bog‘lamning bu turi asosan yelka suyagining sinishlarida tavsiya etiladi. Bajarilish texnikasi bo‘yicha bu juda oddiy bog‘lam. Torakobraxial bog‘lamning 2 xil varianti bor. Birinchi variantda bintning ikki xil yo‘li bor. Birinchi yo‘l – yelkani ko‘krak qafasiga nisbatan ishonchli fiksatsiyalash uchun odatdagi bir necha aylanishli spiralsimon bog‘lash. Ikkinchi yo‘l birinchisining davomi bo‘lib, u kasal tomondagi qo‘ltiqosti chuqurchasidan orqaga o‘tib pastga tushadi, tirsakka uning orqasidan o‘tib, oldinga yo‘naltiriladi va bilaqdan bilak bo‘g‘imiga yaqin joydan o‘tib, sog‘lom tomondagi qo‘ltiqosti chu- qurchasi orqali orqa tomonga o‘tadi. Birinchi va ikkinchi yo‘llar yelka va bilakning to‘liq immobilizatsiyasi ta’minlangunga qadar bir necha bor takrorlanadi. Ikkinchi variantdagi birinchi yo‘l yuqoridagidek, ikkinchi yo‘l bilakni ko‘tarib turib, tepaga qarab qiyshiq tarzda sog‘lom yelka ustiga yo‘naladi.
Bu bog‘lamlar o‘mrov, yelka, bilak suyaklarining sinishlarida, yelka va tirsak bo‘g‘imlarining shikastlanishlarida immobilizasiya shinalari bo‘lmagan taqdirda qo‘llaniladi. .
Velpo bog‘lami
Sut bezini kesib tashlash operatsiyalarida va yelka bo‘g‘imining chiqishlari o‘rniga solingach, bu bog‘lamlarni qo‘llash tavsiya etiladi. Qo‘lning tirsagi yuqoriga ko‘tarilib, panjalar sog‘lom tomondagi yelka ustiga qo‘yiladi. Bintlash kasal tomondan boshlanadi. Bog‘lam bintning ikkita yo‘lidan tashkil topadi. Birinchi yo‘l sirkular bo‘lib, qo‘lni ko‘krakka mahkamlaydi, u sog‘lom tomondagi qo‘ltiq ostidan orqaga o‘tib, qiyshiq yo‘nalishda kasal tomondagi yelka ustiga chiqadi. Ikkinchi yo‘l ko‘krak qafasi oldidan pastga qarab sog‘lom qo‘ltiq ostidan o‘tadi va sog‘lom yelka usti orqali o‘tib, qo‘lni mustahkamlaydi. Ko‘krak qafasining spiral bog‘lami. Uzunligi 100–120 sm ga teng bint olinib, o‘ng yoki chap yelka ustiga tashlanadi. Bintning bir uchi ko‘krakda, boshqa uchi orqada osilib turadi. Sirkular yo‘l bilan xanjarsimon o‘simtadan sal pastroqda bint ikki aylantirib mahkamlanadi, keyin spiralsimon yo‘l bilan yuqoriga ko‘tarilib, oldingi yo‘lning yarmini yoki 2/3 qismini berkita boradi. Shunday qilib, butun ko‘krak qafasi qo‘ltiqosti chuqurchasiga qadar bint bilan berkitiladi. Bintning erkin osilib turgan uchlari qarama-qarshi yelka ustiga bog‘lab qo‘yiladi. Qorin sohasi va tos-son bo‘g‘imiga qo‘yiladigan bog‘lamlar. Qorin sohasiga spiralsimon ko‘rinishdagi bog‘lamlar qo‘yiladi. U pastdan yuqoriga qarab harakatlanadi. Bog‘lam sirpanib tushib ketmasligi uchun, terining bir necha joyiga kleol surkab qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Tos- son bo‘g‘imiga boshoqsimon tipdagi bog‘lam qo‘yiladi. Bu bog‘lam qorinning pastki qismini ham o‘z ichiga oladi. Bog‘lamning aynan qaysi joyga qo‘yilishiga qarab (yonbosh, oldinda, orqada) yonbosh, oldingi yoki orqa boshoqsimon bog‘lamlardan iborat bo‘ladi. Chot sohasidagi jarohatni bog‘lashda bintlash shikastlangan tomondan boshlanadi. Avval bint sirkular yo‘llar bilan qorin atrofida mahkamlanadi. Keyin qorinning oldingi tomonidan sonning oldingi tomoniga o‘tiladi – ichki yarim aylanasiga va ichki yuzasiga qaytadi. Keyin bint qiyshiq holatda tepaga va qovga yo‘nalib, oldingi yo‘lni berkitadi va tepaga qorin atrofiga ko‘tariladi. Bu yo‘llar qov sohasi to‘liq berkulgunga qadar davom ettiriladi.
Oyoqlarga qo‘yiladigan bog‘lamlar
Son va tizzaga qo‘yiladigan bog‘lamlar joyidan qo‘zg‘alib ketmasligi uchun bint spiralsimon o‘rash yo‘li bilan qo‘yiladi. Tizza bo‘g‘imi sohasiga toshbaqasimon qo‘shiluvchi yoki tarqaluvchi bog‘lamlar qo‘yiladi.
Boldir-tovon bo‘g‘imiga sakkizsimon bog‘lam qo‘yiladi. U boldirning pastki uchdan bir qismida sirkular yo‘l bilan boshlanib, keyin qiyshiq holda tovonning orqa tomoniga tushadi, uning atrofida aylantirilib tepaga ko‘tariladi, avvalgi yo‘l bilan kesishadi va boldirda mahkamlanadi.
Qattiq bog‘lamlar. Maxsus shinalar
Qattiq bog‘lamlar fiksatsiyalovchi va ekstensiyali turlariga bo‘linadi. Fiksatsiyalovchi: Ekstensiyali:
1) simli (narvonsimon); Diterixs shinasi
2) to‘rsimon;
3) fanerli;
4) kartonli.
Narvonsimon shina (Kramer shinasi) – rux bilan qoplangan va toblangan po‘lat simlardan tayyorlangan bo‘lib, narvon shakliga ega, 12x100 va 10x60 sm o‘lchamli turlari bor. Uni istalgan shaklga keltirish mumkin, qo‘yish texnikasi ham juda sodda, shuning uchun ham uni qo‘l va oyoq jarohatlarida qo‘llash mumkin. To‘rsimon shina (Filbri shinasi) – yumshoq va ingichka simdan tayyorlangan bo‘lib, o‘lchami 12 x 100 sm, juda oson bukiladi va egiladi, istalgan shaklga keltirish mumkin, lekin u yetarli darajada qattiq emas va juda egiluvchan. Fanerli shinalar singan yoki chiqqan qo‘l va oyoqlarni immobilizatsiya qilishda yengillik bilan moslashadigan vositalar hisoblanadi. Diterixs shinasi qo‘l va oyoqlarni harakatsizlantirish bilan bir vaqtda ularni cho‘zish (ekstenziya) imkonini beradi. Ushbu shina son suyagi, tos- son va tizza bo‘g‘imlari singanda qo‘llaniladi, to‘piq, boldir – oyoq panjasi bo‘g‘imi va panja jarohatlanganda qo‘llash man etiladi.

Download 169,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish