Inklar epigrafikasi
Inklar va mayyalar – Amerika qit'asi yevropaliklar tomonidan kashf etilib mustamlaka qilinmasdan oldin Janubiy va Markaziy Amerikada yashagan xalqlar. Ushbu xalqlar (bugungi kunda ularni hindular deb atashadi) yuqori rivojlangan sivilizatsiyalarni yaratdilar va o'zlarining avlodlariga rivojlanishlarining haligacha ko'p sirlarini qoldirdilar.
Poytaxt Kuskoni viloyatlar bilan bog’laydigan, umumiy uzunligi 15 ming kilometr bo’lgan tosh yo’llar barpo etilgan, viloyatlar orasida pochta xizmati o’rnatilgan.
Zodagonlarning bolalari maxsus maktablarda o’qigan. Yozuv bo’lmagani sababli bolalar inklarning dini, boshqaruv tartibi, qonunlari va udumlariga oid ma’lumotlarni yodlaganlar. Inklarning o’ziga xos "tugunli xati" (kipu) bo’lib, uning sirlari faqat ruhoniylarga ma’lum edi. Inklarning matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, botanika va boshqa ilm-fan sohalarida chuqur bilimlari bo’lgan. Ularning aniq taqvimi 12 oyga bo’lingan. Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar.
Machu-Pikchu Peru hududida joylashgan. 2007 yilda u «Yangi dunyo moʻjizasi» nomiga loyiq topildi. Machu-Pikchu koʻp yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi va 1532 yilda uning barcha aholisi sirli ravishda yoʻqoldi.
Eng qiziqarlisi, Machu-Pikchuning bir necha nomlari bor, deb hisoblanadi:. “inklarning yoʻqolgan shahri”, “bulutlar orasidagi shahar”, yoki “vayron shahar”.
Qadimgi inklar tark etgan sirli shahar Machu-Pikchu haqidagi eng qiziqarli maʼlumotni keltiramiz. Minoralar va uning atrofidagi binolardan iborat noyob majmua ham mavjud. Ushbu muqaddas majmua dushman qabilalarining hujumiga qarshi himoya qilish uchun va muqaddas joy sifatida foydalanilgan, deb hisoblashadi. Asosiy ink maʼbudi Machu-Pikchu shahrining gʻarbda qurilgan. Inshoot yaqinida terrasa va “Intiuatana” yoki “quyosh bogʻlangan joy”ga eltuvchi bir zinapoya bor.
Diniy marosimda qatnashadigan ruhoniylar Machu-Pikchu aholisi orasida katta obroʻga ega edilar. Bundan tashqari, “Intiuatana”dan osmon jismlari harakatini kuzatish uchun observatoriya sifatida foydalanish mumkin.
Inklar yuqori malakali quruvchilar edi. Koʻpgina hollarda toshlar turli burchaklarda bir-biriga qoʻshilib qurilgan.
Qizigʻi shundaki, bloklar orasidagi masofa juda zich boʻlib, hatto ustara tigʻi ham sigʻmasdi. Besh asrdan koʻproq vaqt oʻtsa ham devorlar hali ham yaxshi holatda.
Machu-Pikchu kashf etilgandan soʻng, minglab ekspeditsiyalar tashkil etilib, inklar oltinini topishga urindilar. Ispaniyaliklarni kshchrgan inklar ularni xudolar, deb oʻylashdi. Shu sababli ularga juda koʻp boyliklarini sovgʻa qilishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |