Dеshifrоvkа tushunchasi


SHayboniylar davri epigrafikasi



Download 63,11 Kb.
bet9/19
Sana01.07.2022
Hajmi63,11 Kb.
#722167
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
Dеshifrоvkа

SHayboniylar davri epigrafikasi. Shayboniylar davrida fan va madaniyat sezilarli darajada rivojlangan. Bunga - ushbu sulola hukmdorlari orasidan o’z davrining yetuk ilm-fan arboblari yetishib chiqqanligi ham ta'sir ko’rsatgan. Chunonchi, Muhammad Shayboniyxon, Ko’chkunchixon va Ubaydullaxonlar o’z davrining nihoyatda o’qimishli kishilari bo’lganlar. Shuningdek, Muhammad Shayboniyxon, Abdulazizxon va Abdullaxonlar kutubxonalarida o’z zamonasining ajoyib kitob xazinalari bo’lgan. Bundan tashqari, Movarounnahrda Mirzo Ulug’bek akademiyasi an'analarini davom ettiruvchi fidokor olimlar yetishib chiqdi. Masalan, Samarqand va Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan mavlono Kamoliddin Ibrohim, AbduUaxonning muallimi Xoja Muhammad, yulduzshunos Qiyomiddin Shaydo, iftixor ul-atibbo (tabiblar iftixori) unvonini olishga sazovor bo’lgan Muhammad Mazid, Hakim Shahrisabziy, jarroh mavlono Baqo, mavlono Rafe, 1541- yilda ilmi tibb va dori-darmonlar haqida asar yozgan Muhammad Husayn ibn Shiroq Samarqandiy, ko’z kasalliklarini davolashda nom chiqargan Shohali ibn Sulaymon, Xoja Hakim (vafoti 1585), natijat-ul-atibbo unvonini olgan Abdulhakim ibn Sulton Mahmud kabilar shular jumlasidandir. Xoja Hasan Nisoriy „ Muzakkiri ahbob" asarida matematika va astronomiya ilmida shuhrat topgan mavlono Kavkabiyni alohida qayd etadi. Matematika va astronomiya sohasida yozilgan kitoblardan Muhammad Amin ibn Ubaydulla Mo'minobodiyning „Hisobi amali shabaka", (Shabaka jadvali amali hisobi; 1550), Bobokalon muftiy Samarqandiyning „Risola dar ilmi hisob", „Vaziyat bar sahor qism", Tursun Zominiyning „Tuxfayi amir", Muhammad Husayn munajjim Buxoriyning „Ma'rifat samti qibla" (Qibla tomonni topish ma'rifati), Mahmud ibn Ahmad Foriziyning „Risola dar muaddili qamar" (Oy fazolarining tengligi haqida risola; 1517), Tojis-Saidiyning „Hoshiy li shahri ashkoli ta'sis" (Asoslash shakllari sharhiga izohlar; 1568), Said Muhammad Tohir ibn Abulqosimning „Ajoyib ut-tabaqot" (1545-1550) asarlari va boshqalarni ko’rsatish mumkin.
Tibbiyot sohasida Sultonali Samarqandiy 1526- yili „Dastur al-iloj", „Muqaddimoti dastur al-iloj" (Davolash bo’yicha dastur) asarlarini yozgan.
Ubaydulloh Qahhol ibn Muhammad Yusuf ham o’z davrining yetuk tabibi, tib olimi,Baroqxonning o’rtancha o’g’li Toshkand hokimi Darvishxonning buyrug’iga binoan 1598- yilda „Shifo ul-ilal" (Kasalliklar shifosi) asarini yozadi. Asar 500 varaqdan ko’p bo’lib, uzoq vaqtgacha tib ilmidan asosiy qo’llanma tarzida undan foydalanilgan. Bir necha bitik nusxasi bizgacha yetib kelgan. Uning yana „Umdat ul-kuhliya fil-amrodul-basariya" (Ko’z kasalligiga doir asosiy kitob) asari ham bo’lgan. Shayboniylar davrida tarix fani ham rivojlandi, ko’plab tarixiy asarlar yozilgan.

Download 63,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish