Inklar epigrafikasi. Janubiy Amerikaning And tog’lari yon bag’rida minglab kilometrga cho’zilgan vohalarda inklar davlati vujudga kelgan. Kechua tillariga mansub inklar XII- XIII asrlarda Urubamba daryosi havzasida Kusko shahriga asos soladilar. Qo’shni qabilalar Kuskoga xavf solgan bir paytda 1438-yili kechualar birlashib bosqinchilarga zarba beradi. Ushbu g’alabadan so’ng Tauan Tinsuyyu (kechua tilida "dunyoning to’rt tomoni") davlati shakllana boshlaydi.
Zodagonlarning bolalari maxsus maktablarda o’qigan. Yozuv bo’lmagani sababli bolalar inklarning dini, boshqaruv tartibi, qonunlari va udumlariga oid ma’lumotlarni yodlaganlar. Inklarning o’ziga xos "tugunli xati" (kipu) bo’lib, uning sirlari faqat ruhoniylarga ma’lum edi. Inklarning matematika, astronomiya, geografiya, tibbiyot, botanika va boshqa ilm-fan sohalarida chuqur bilimlari bo’lgan. Ularning aniq taqvimi 12 oyga bo’lingan. Tabiblar insonning bosh suyagida jarrohlik muolajalarini amalga oshirishni bilganlar.
Machu-Pikchu Peru hududida joylashgan. 2007 yilda u «Yangi dunyo moʻjizasi» nomiga loyiq topildi. Machu-Pikchu koʻp yillardan buyon muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi va 1532 yilda uning barcha aholisi sirli ravishda yoʻqoldi.
Diniy marosimda qatnashadigan ruhoniylar Machu-Pikchu aholisi orasida katta obroʻga ega edilar. Bundan tashqari, “Intiuatana”dan osmon jismlari harakatini kuzatish uchun observatoriya sifatida foydalanish mumkin.
Inklar yuqori malakali quruvchilar edi. Koʻpgina hollarda toshlar turli burchaklarda bir-biriga qoʻshilib qurilgan.
Qizigʻi shundaki, bloklar orasidagi masofa juda zich boʻlib, hatto ustara tigʻi ham sigʻmasdi. Besh asrdan koʻproq vaqt oʻtsa ham devorlar hali ham yaxshi holatda.
Machu-Pikchu kashf etilgandan soʻng, minglab ekspeditsiyalar tashkil etilib, inklar oltinini topishga urindilar. Ispaniyaliklarni kshchrgan inklar ularni xudolar, deb oʻylashdi. Shu sababli ularga juda koʻp boyliklarini sovgʻa qilishdi.
Lekin ispanlar ularga yovvoyilar deb munosabatda boʻldilar, inklarning ushbu harakatini qadrlamadilar va ularni shafqatsizlarcha yoʻq qilishdi.
Machu-Pikchuning soʻnggi imperatorini oʻldirgandan soʻng konkistadorlar oltinning bir qismini nomaʼlum joyga yashirishga qaror qilishdi, ikkinchisini esa oʻz vatanlariga olib ketishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |