Xamurappi qonunlari haqida maʼlumot Ossuriyaning hukumdori bolgan Ashshurbanipalga tegishli bolgan yana bir yodgorlikda Roulinson bir malumotni oqib qoladi. Unda Ashshurbanipalning uni ajdodlaridan bolgan hukumdor Tiglatpalasar yonida tasvirlashlarini buyurganligi haqidagi buyruq bitilgan edi.Bu yozuvni oqishi bilanoq Roulinson yonidagi sheriklariga qoyadan ikki shohning tasviri tushurilgan rasmni topinglar deb buyruq beradi. Darhaqiqat ular tasvirni topishadi. Tasvirni ular aynan bitikda berilgan hududdan topishadi. Shubhalanishga hojat yoq edi. Qoyadagi bareleflar rasmda Ashshurbanipal va Tiglapalasar tasvirlanganligini aytib turardi.Kutilmaganda ossuriloglarga yana bir lekin ularga hecha qanday aloqasi bolmagan fandan komak keladi. Bu fan astronomiya edi.Kuyundjikdan topilgan tablitsalarni olimlar tekshirishayotganda ayrim joylarda osmon yorugligi haqida toxtalib otilganligini aniqlashadi. Ulardan nusxa olinib qadimgi yozuvlar haqida tushunchaga ega bolgan taniqli astronomga jonatiladi. Yuzlab bolaklarni oqib chiqib, u shularning ichidan uchtasini tanlaydi va qachondir bular bitta bolgan degan fikrni beradi. Tablicalarni terib korgach olimlar ularni shu qadar mos kelganliklarini korib hayron qolishadi. Ular huddi hozirgina singan bolaklarga oxshab saqlangan edi.Xuddi osha topilgan tablitsalar orasidan qandaydir qaror yoki qonunlarning qoldiqlari topilgan edi. Roulinson buni Ashshurbanipal yozib qoldirgan qonunlar deb taxmin qiladi. Chunki u bu yozuvlarni Ashshurbanipal saroyidan topgan edi. Lekin yana bir ossuriolog olim Delich bu hujjatlarni sinchkovlik bilan korib chiqib shunday deydi- Bu ossuriyaliklarning emas balki bobilliklarning qonunlari va bular Ashshurbanipal tugilishidan ming yillab ilgari tuzilgan, bu qonunlarning muallifi bobil hukumdori Xammurapi. degan xulosani beradi.Uch yil otgach esa darhaqiqat hukumdor Xamurapining 282 moddan iborat qonunlar toplami bitilgan qora bazalt ustun topiladi. Shuncha isbotlardan song ham bu fanning soxtaligiga shubhalanishimiz mimkinmi? Albatta yoq. 1857 yildagi voqea ossuriologiyani fan sifatida shakllanishiga yordam berdi va shu kun ossuriologiya faninig tugilgan kuni deyilishi urf boldi. Shundan boshlab qazish ishlari keskin davom eti. Qazish mumkin bolgan har qadam qazildi va yangi malumotlar yozuvlar topildi.Katta shaharlarda qazish ishlari olib borildi koplab bareleflar, haykallar topildi. Mesopotamiya hududida Ossuriya va Nineviyadan tashqari yana Bobil, Ashshur, Larsa, Ur, Uruk, Shurupak, Lagash va boshqa shaharlar qazildi. O’z davrida bularning ko’plari yirik davlatlarning poytaxtlari edi