Maya xalqlari epigrafikasi
Markaziy Amerikaning Yukatan yarim orolida (hozirgi Meksika) chakalakzorlar bilan qoplangan tog oldi hududlarida qadimdan mayya xalqlari yashab kelgan.Mayyalarda yer jamoa mulki hisoblangan. Qishloq jamoasi ekin maydonlari har bir oilaga taqsimlangan. Jamoa azolari yetishtirgan hosilning bir qismi zodagonlar va kohinlarga berilgan. Dehqonlar soliq tolashdan tashqari, zodagonlarning yerlarini ishlab berishda, ibodatxonalar va yollar qurilishida qatnashganlar. Eng ogir ishlarni qullar bajargan. Qullar tabaqasi esa asir olingan jangchilar, jinoyatchilar, qarzdorlar va yetimlardan tashkil topgan. Mayyalarda davlat vujudga kelsada, jamiyatda urugchilik tuzumiga xos xususiyatlar saqlanib qolgan.Dehqonlar makkajoxori, qovoq, kakao, paxta, qalampir, tamaki, dukkakli ekinlar yetishtirganlar. Aholi mevali daraxtlarni parvarishlash, asalari boqish bilan ham shugullangan.Milodiy I ming yillikda mayyalarda shahar-davlatlar vujudga keladi. Ularning har birini "buyuk kishi" - hukmdor boshqarib, uning hokimiyati merosiy bolgan. Hukmdorlar va zodagonlar shahar markazida bunyod etilgan saroy-qasrlarda yashaganlar. Shahar cheti va atroflarida esa dehqonlar va hunarmandlarning tomi qamish bilan yopilgan, polsiz kulbalari joylashgan.Mayyalarning iqtisodiy-madaniy taraqqiyoti milodiy asr boshlarida yozuvni yaratish imkonini beradi. Kohinlar qilqalam bilan iyerogliflarni bitib, u rasmlar bilan bezatilgan. Ibodatxonalar devorlarida va baland tosh ustunlarda duolar, afsonalar, rivoyatlar, jangnomalar, tarixiy yilnomalar oyib yozilgan.Mayyalar hayotida kohinlar muhim orin tutgan. Ular jamoa azolariga dehqonchilik ishlarini bajarish muddatlarini belgilab berganlar. Mayyalar eng aniq taqvimlardan birini yaratganlar. Uning ixtirosi qishloq xojalik ehtiyojlari bilan bogliq bolib, matematika sohasidagi muvaffaqiyatlarga asoslangan edi. Matematikaga "nol"ni anglatuvchi belgi ham, mayyalar tomonidan hindlardan ham avval kiritilgan. Mamlakat poytaxti - Chichen-Itsada rasadxona ham qurilgan. Unda kohinlar sayyoralarning Quyosh tevaragida aylanishi vaqtini hisoblab chiqqanlar, Quyosh va Oyning tutilishini oldindan aytib bera olganlar.Mayyalar maxsus tepaliklar yasab, baland poydevorlar ustida ozlarining zinapoyali ehromlarini, saroy va ibodatxonalarini barpo etganlar. Binolar bortma tasvirlar, mabudlar haykallari, devoriy suratlar bilan bezatilgan. Saroy va ibodatxonalarning derazalari bolmasdan, ular eshiklar orqali yoritilgan. Shahar kochalari tekis va ravon, bir-birlari bilan togri burchakda kesishgan holda bunyod etilgan. Yo’llar ustiga yo’nilgan toshlar qoplangan. Mayyalar shaharlarini ham tosh yo’llar bog’lab turgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |