Qadimgi Urartu xalqlari epigrafik yodgorliklari Ibtidoiy munosabatlarning yemirilishi Van ko’li atrofida istiqomat qilgan va urartlar deb nom olgan qabilalarda jadal kechdi. Xurritlarga qarindosh bolgan Urartu qabilalari m.a. 1300-yillar atrofida qabilalar ittifoqiga birlashganlar. M.a. XIII asrda Ossuriya manbalarida Uruatri degan umumiy nom bilan atalgan sakkizta davlat tilga olingan bolsa, Ashshurnasirpal II hukmronligi davriga oid hujjatlarda koplab mayda mulklar ornida Urartu (Biayneli) nomi bilan atalgan yagona davlat qayd etilgan. Urmiya koli atrofida Mutsatsir deb atalgan yana bir urartu qabilalari davlat birlashmasi yuzaga kelgan. Bu erda umumurartu diniy markazi joylashgan.Urartu davlati iqtisodiy taraqqiyotga, ayniqsa sugorish inshootlari va suv omborlari barpo etishga katta etibor bergan. Iqtisodiyotda podsho xojaligi katta rol oynagan. Teyshebaini qalasini barpo etish bilan bir vaqtning ozida podsho Rusa II kanal otkazib, keng qishloq xojalik yerlarini barpo etgan. Taxminiy hisob-kitoblarga kora, Rusaxinilidagi podsho xojaligida 5500 kishi mehnat qilgan. Ibodatxona xojaligi kmroq ahmiyatga ega bolgan.Urartuning madaniyati va iqtisodi togrisida arxeologik qazishmalar boy malumot beradi. Bu yerda shaharsozlik yuksak taraqqiy etgan. Teyshebaini (Karmir Bilur) va Erebuni (qadimgi Yerevan) shaharlari kuchli fortifikatsiya inshootlari bilan orab olingan.Shaharlar hududi 200-300 gektardan 400-500 gektargacha yetgan. Muntazam rejalashtirishga ega bolgan shahaharlar odatda baland tepaliklar yonbagrida barpo etilgan, eng yuqorida ark joylashgan. Ular bir, kopincha ikki, bazan uch qator mudofaa tizimiga ega bo’lgan. Saroy va ibodatxona me’morchiligi xilma-xil ko’rinishga ega bo’lgan.Ururtuning mahobatli san’atini bizgacha yetib kelgan tosh relyeflar, haykaltaroshlik, devoriy suratlar orqali o’rganish mumkin. Masalan, Vandan topilgan kulrang bazalt haykalda Urartuning ilk podsholaridan biri tasvirlangan. “An’anaviy-shartli” uslub esa bronza davri an’analarini davom ettirgan.Miloddan avvalgi XII-VI asrlarga qadar bo’lgan Urartu davlati zamonaviy Armaniston va Gruziya janubida mavjud bo`lgan. Miloddan avvalgi II ming yillik oxirida ular o’z ieroglif yozuvlariga ega bo`lganlar. Buni Urartu xududida turli xil buyumlar, muhr va bo`rtma rasmlarning arxeologik jihatdan topilganligi ma`lumot beradi, ammo hali ularning siri ochilmagan.Keyinchalik, ehtimol miloddan avvalgi IX asrning boshlarida urartiyaliklar ossuriyaliklardan mixxat yozuvini o`zlashtirdilar. Bu bizgacha yetib kelgan Urartu yozuvlarining eng qadimiysi Urartu shohi Sardurining yozuvlari (mil. Av. IX asr boshlari) Ossuriya tilida tuzilgan.