Epidermis - terining ko4p qavatli ustki qismi boiib, 5 qavat hujayradan tashkil topgan bo‘ladi. Hujayralar bir-biridan shakli, soni hamda funksional holati bilan farq qiladi. Epidermisning asosini bazal yoki asosiy qavat (Stratum basalis) tashkil etadi, undan so‘ng tikanaksimon (Stratum spinosum), donador (Stratum granulosum), yaltiroq-shaffof (Stratum lucidum) va muguz (Stratum corneum) qavatlari tafovut etiladi. Tashqi muguz qavat hujayralari doimo ko‘chib, yangilanib turadi. Shu sababli muguz qavati shartli ravishda ikki qavatga ajratiladi: birmuncha zich muguzlanuvchi keratinotsitlar qavati - shaffof qavat yuzasida joylashadi va biriktiruvchi deb ham nomlanadi; yuza qavati - oson ko‘chib, toiiq muguzlanuvchi keratinotsitlardan tashkil topadi. Bir qator prizmasimon silindrik hujayralardan tashkil topgan bazal qavat ostida va dermaning chegarasida, bazal membrana hujayralarning yulduzsimon o‘smalaridan vujudga keladi. Bazal membrana epidermis va dermaning mustahkam aloqasini ta’minlaydi. Bazal qavat keratinotsitlari doimiy ko‘payib, mitotik jarayon holatida bo4ladi (shuning uchun ham bu hujayralar sitoplazmalari ko‘p miqdorda DNK va RNK saqlovchi strukturalar - ribosoma va mitoxondriyalarga ega) va bu faollik epidermis yuqori qavat strukturalarining hosil boiishi va yangilanib turishini ta’minlaydi. Bazal qavat hujayralari orasida melanin pigmenti ishlab chiqaruvchi melanotsit hujayralari, oq o‘simtasimon epidermotsitlar - Langergans hujayralari va sezuvchi hujayralar (Merkel hujayralari) joylashadi. Bazal qavat yuzasida 3-8 qator hujayralardan iborat boigan tikanaksimon qavat joylashadi. Bu hujayralar ko‘plab sitoplazmatik o‘simta (tikan yoki ko‘prik, akant)larga ega. Hujayralar zichlashgan hujayra parda - tonofibrill va tonofilamentlarga ega. Sitoplazmatik o‘sma (akant)lar hujayralami bir-biri bilan biriktiradi va ular orasida kanallar to‘rini hosil qiladi, bu to‘rlardan esa hujayralararo suyuqliklar sirkulyatsiya qiladi (1-2-rasmlcir). Desmosoma va tonofibrillalar hujayralarning ichki tayanch karkasini ta’minlaydi, hujayralami mexanik jarohatlanishlardan himoyalaydi. Tikanaksimon qavatda ham oq o‘simtasimon epidermotsitlar mavjud boiib, ular keratinotsitlar bilan birgalikda immun - himoyalovchi funksiyasini amalga oshiradilar. Tikanaksimon qavatdan so‘ng 1 -3 qavat hujayralardan iborat donador qavat joylashadi, bu qavat hujayralari kaft-tovon sohasida 3-4 qator hujayralardan tashkil topgan. Bu hujayralar teri sathiga yaqin sohalarida rombsimon, yassilashgan shaklga, quyi qismida esa silindr va kub shakliga ega. Keratinotsit yadrolarida DNK va RNK saqlovchi strukturalar soni keskin kamaygan bo4ib, sitoplazmalarida esa donador kiritmalar - keratogialin kuzatiladi. Donador qavat hujayralarida tonofibrillyar- keratogialin strukturalari hosil boMishi sababli bu qavat ko‘pincha keratogialin qavati deb ham ataladi. Donador qavat hujayralari protoplazmalarida keratogialin mahsuloti epidermis hujayralarining o‘sishini ta’minlovchi faktor sekretsiyasini kamaytiradi, mitotik bo‘linishni to‘xtatuvchi moddalar, polipeptid keylonlar to‘planishiga olib keladi. Bazal, tikanaksimon va donador qavat hujayralarida mitotik bo‘linish mavjudligi sababli bu qavatlar ko‘pincha umumlashtirilib epidermisning o‘suvchi qavati (malpigiy qavati) deb ham ataladi. Donador qavat hujayralarida keratogialin, keratinizatsiya jarayonida eleidin moddasi hosil bo‘ladi, undan esa eleidin saqlovchi shaffof qavat yuzaga keladi. Bu qavat kaft-tovon terilarida aniq kolrinadi. Eleidin moddasidan keratinotsitlar yuzaga kelib, ular epidermisning muguz qavatini hosil qiladi. Muguz qavat birmuncha qalin bo‘lib, cherepitsasimon, yadrosiz plas- tinkasimon, bir-biriga zich yopishgan hujayralardan tashkil topadi. Muguz qavatning yuza hujayralari doimiy ko4chib yangilanib turadi. Epidermis oqsil sintez qilish, pigment hosil qilish, himoya va immunologik funksiyalami bajaradi. Epidermis derma bilan bazal membrana orqali chegaralanadi. Bazal membrana 40-50 nm qalinlikda bo‘lib, notekis konturga ega, u epider misning dermaga birikkan yo‘nalishini takrorlaydi. Bazal membrananing asosiy funksiyasi barer-to‘siq vazifasidir, shuningdek, sirkulyat- siyalanuvchi immun komplekslar, antigenlar, autoantigenlar va boshqa biologik faol mediatorlarning kirishi va diffuziyasini chegaralab turishdan ham iborat. Bundan tashqari, bazal membrana epidermis va derma orasidagi moddalar almashinuvida faol ishtirok etadi. Derma yoki asosiy teri (asl, sutis propria) hujayra elementlari, tolali substansiyalar va oraliq moddalardan tarkib topadi. Dermaning qaliniigi 0,49-4,75 mm ni tashkil etadi. Terining biriktiruvchi to‘qimali qismi shartli ravishda ikki qavatga ajratiladi: yuza, epidermisosti - so‘rg‘ichsimon qavati (Stratum papillare) va chuqur to‘rsimon qavat (Stratum reticulare). Dermaning yuqori qavati epidermis o‘rkachlari ostiga kirib, tikanaksimon va bazal qavat ostida so‘rg‘ichlar hosil qiladi. Bu qavat amorf, strukturasiz moddalar va nozik tolali biriktiruvchi to‘qimadan tashkil topadi. Ular orasida ko‘plab hujayra elementlari, tomirlar, nerv oxirlari joylashgan. Dermaning hujayra elementlari fibroblastlar, fibrotsitlar, gistiotsitlar, semiz sayyor hujayralar va maxsus pigment hujayralari - melanofaglardan iborat. Derma so‘rg‘ichlarida mayda qon tomirchalari joylashgan bo‘lib, ular epidermis, derma va nerv oxirlarini oziqlantiradilar. Dermaning chuqur to‘rsimon qavati birmuncha zich va dag‘al tolali bo‘lib, dermaning asosiy qismini tashkil etadi. Dermaning stromasj kollagen tolalar tutamlaridan tuzilgan bo‘lib, ular esa elastik tolalar to‘ri bilan o‘ralgan, ular orasida esa hujayra elementlari kuzatiladi. Terining mustahkamligi to‘rsimon qavat strukturasiga bog‘liqdir. Gipoderma yoki teri osti yog4 qavati. Bu qavat bir-biriga chuvalashib ketgan biriktiruvchi to‘qimalar to‘plamlaridan iborat. Bu to‘plamlar orasida turli miqdordagi sharsimon yog1 hujayralari saqlanadi. Gipodermada qon tomirlari, nerv tolalari, nerv oxirlari, ter bezlari, soch follikulalari joylashadi. Gipoderma fastsiya bilan tugaydi, ayrim hollarda periost yoki mushak aponevrozlari bilan uyushib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |