Denov tuman 4-son kasb-hunar maktabi


-Mavzu Dvigatelning yurg’izish va to’xtatish electron o’t oldirish tizmining umumiy tuzilishi



Download 10,19 Mb.
bet132/194
Sana25.02.2022
Hajmi10,19 Mb.
#462709
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194
Bog'liq
Kamol aka to\'plam yangisi

18-Mavzu Dvigatelning yurg’izish va to’xtatish electron o’t oldirish tizmining umumiy tuzilishi
Magnitoelektr datchik ishlashining o‘ziga xos tomonlaridan biri, stator chulg‘amida hosil
bo‘ladigan EYUK amplitudasi doqimiy magnitni, ya’ni tirsakli valning ayla-nishlar chastotasiga bog‘liqligidir. Aylanishlar chastotasi ortishi bilan EYUK amplitudasi ham ortadi (35-rasm, b). Bu esa tranzistor ochilishi va yopilishi ( 1 va 2 burchaklar) va demak o‘t oldirish daqiqasi o‘zgarishiga olib keladi. Aylanish chastotasi va yuklamaning o‘t oldirishni ilgarilatish burchagiga ta’siri kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimlarida ham markazdan qochma va vakuum rostlagichlar yordamida hisobga olinadi. Magnitoelektr datchiklar avj oldiradigan EYUK qiymati juda kichik va u tranzistorni ochish uchun yetarli bo‘lmaganligi tufayli kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarining amaliy sxemalarida maxsus, bir necha bosqichli ko‘chaytirgichlar qo‘llaniladi. Kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarida magnitoelektr datchiklardan tashqari yuqori chastotali generator, foto-elektr, yarimo‘tkazgichli va boshqa turdagi datchiklar qo‘llanishi mumkin.
Yuqori chastotali generator-datchiklarda (37-rasm) boshqaruvchi signal yuqori chastotali kuchlanishni o‘zgartirish yo‘li bilan hosil qilinadi. Generator 1 ishlab chiqqan kuchlanish transformatorning birlamchi chulg‘ami 2 ga uzatiladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘ami 3 da hosil bo‘ladigan kuchlanish birlamchi va ikkilamchi chulg‘am o‘zaklari orasidagi havo tirqi shining magnit qarshiligiga bog‘liq. Bu magnit qarshilik dvigatel silindrlar soniga teng teshiklarga ega bo‘lgan po‘lat rotor yordamida davriy ravishda o‘zgartirilib turadi.

36-rasm. Magnitoelektr datchik sxemasi. 1 - magnit, 2 - stator, 3 - chulg‘am
Transformator o‘zaklari orasiga rotor teshiklari to‘g‘ri kelganda, havo tirqishining magnit qarshiligi eng katta va aksincha o‘zaklar orasi rotor tanasi bilan berkitilganda eng kichik qiymatga ega bo‘ladi. Transformatorning ikkilamchi chulg‘amida hosil bo‘ladigan kuchlanish ham shunga mos ravishda o‘zgaradi. Fotoelektr datchik (38-rasm) eng umumiy ko‘rinishda yorug‘lik manbai, darchalari silindrlar soniga teng bo‘lgan aylanuvchi lappak va yorug‘lik sezuvchi elementdan iborat bo‘ladi. Uzgich taqsimlagich valiga mahkamlangan lappak aylanganda yorug‘lik manbai 1 dan chiqqan nur lappak darchasidan o‘tib, yorug‘lik sezuvchi elementga tushganda, unda o‘zgaruvchan kuchlanish hosil bo‘ladi.
Yorug‘lik sezuvchi element sifatida fotodiod, fototranzistor, yoki fotoelement ishlatilishi mumkin. Fotoelektr datchiklarni qullanishi vibrasiyaga chidamli, uzoq muddat davomida ishlovchi tok manbai yo‘qligi bilan cheklanib kelgan. Oxirgi vaqtda, bu maqsadda, o‘zidan
yorug‘lik chiqaruvchi diodlar ishlatilishi fotoelektr datchiklarni keng tatbiq qilish imkonini yaratmoqda.
Mikroelektronikaningrivojlanishitufaylikontaktsizo‘toldirishsistemalaridaXolleffektigaasoslanganyarimo‘tkazgichlidatchiklarishlatilaboshlandi (39-rasm). Xoll elementi germaniy, kremniy va boshqa yarimo‘tkazgichlardan tayyorlangan yupqa ( h = 10-4 ч 10-6m )to‘rt elektrodli plastinadan iborat (40-rasm). Agar bunday plastinadan tok I o‘tishi bilan bir vaqtda unga, magnit induksiya vektori V, plastinatekisligiga tik yo‘nalgan magnit maydoni ta’sir kilsa, uning tok yo‘nalishiga paralel bo‘lgan qirralarida Xoll EYUK Ex hosil bo‘ladi.
Ex = kxIB/ h,
Bu yerda, kx - plastina materialiga bog‘liq bo‘lgan Xoll doqimiysi;
h - plastina qalinligi. Xoll elementida hosil bo‘ladigan signal juda ham kichik qiymatga ega bo‘lib, u tok manbai kuchlanishiga va temperaturaga bog‘liq.
Shuning uchun Xoll datchigi (40-rasm) Xoll elementi 3 dan tashqari ko‘chaytirgich 4, signalni shakllantiruvchi blok (komparator) 5, barqarorlik bloki 7, chiqish tranzistori 6 ni o‘z tarkibiga olgan mikrosxemadan iborat. Magnit maydoni doqimiy magnit 1 yordamida
hosil qilinib, uzgich-taqsimlagich valiga o‘rnatilgan va maxsus darchalarga ega bo‘lgan rotor 2 magnit kuch chiziqlarini dambadam uzish uchun xizmat qiladi. Rotor aylanib, darchalari doqimiy magnit to‘g‘risiga kelganda, magnit kuch chiziqlari Xoll elementi 3 yuzasini
kesib o‘tadi va uning chiqish elektrdlarida EYUK hosil buladi. Ko‘chaytirgich 4 da ko‘chaytirilgan va komparator 5 da kerakli shaklga keltirilgan signal, chiqish tranzistori 6 ning bazasiga uzatiladi va uni ochadi. Keyingi daqiqada rotor 2 ning tishchasi doqimiy magnit qutbi qarshisiga to‘g‘ri bo‘ladi va magnit kuch chiziqlari yo‘lini to‘sadi, ya’ni ularni uzadi. Natijada, Xoll EYUK yo‘qoladi va chiqish tranzistori 6 yopiladi. Datchik signaliga tok manbai kuchlanishining oshib-kamayishi va temperatura o‘zgarishi ta’sirini istisno qilish uchun sxemaga barqarorlik bloki 7 ulangan. Energiya dvigatel silindrlariga mexanik usul bilan taqsimlanishi, o‘t olishni ilgarilatish burchagini mexanik rostlagichlarining nuqsonlari, tirsakli valdan taqsimlagich valigacha bo‘lgan mexanik uzatmalar tufayli o‘t oldirish daqiqasini aniqlashdagi xatoliklar kontaktsiz o‘t oldirish sistemalarining asosiy kamchiliklari hisoblanadi.

O‘zDEUavto avtomobillarining o‘t oldirish tizimlari. O‘zDEUavto qo‘shma korxonasining Tiko, Damas rusumli avtomobillarida ham kontaktsiz-tranzistorli o‘t oldirish tizimi qo‘llangan (41-rasm) bo‘lib, unda magnitli-elektr datchik o‘rnatilgan. Taqsimlagich valiga o‘rnatilgan
datchik rotori 10 aylanganda, induktiv qabul qilish chulg‘ami 8 da EYUK hosil bo‘ladi va u tranzistor kommutatori 9 ga uzatiladi. Tiko va Damas avtomobillarining o‘t oldirish tizimida po‘lat o‘zakli, Magnito‘tkazgichga ega bo‘lgan yopiq turdagi o‘t oldirish g‘altaklari ishlatilgan.

Tiko, Damas avtomobillarida o‘t oldirishni ilgarilatish burchagi dvigatelni aylanishlar chastotasi va yuklamaga ko‘ra avtomatik tarzda rostlash markazdan qochma hamda vakuum rostlagichlar yordamida amalga oshiriladi. Bu mexanizmlarni tuzilishi va ishlash tartiboti yuqoridagi bo‘limlarda batafsil yoritilgan.





Download 10,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   194




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish