21-Mavzu: Uzatmalar qutisi Uzatmalar qutisining vazifasi va ishlash prinsipi. Uzatmalar qutisiavtom obilni o ‘rnidan jildirishda va uni tezlatishda dvigateldan yetaklovchi glldiraklarga uzatilayotgan aylantiruvchi momentni keng diapazonda o‘zgartirish uchun xizmat qiladi. Bulardan tashqari, uzatmalar qutisi avtomobilni orqaga yurishini ta’minlaydi hamda avtomobil to’xtab turganda yoki harakatlanayotgan chog’ida dvigatelni (salt ishlayotgan paytida) yetaklovchi g’ildiraklardan ancha vaqtga uzib qo’yishga imkon beradi.Zamonaviy avtomobillarda ko‘pincha tishli shesternalari bolgan pog‘onali mexanik uzatmalar qutisi ishlatiladi. Oldinga yurish uzatmalarining miqdori, odatda orqaga yurish uzatmasini hisobga olmaganda to‘rt yoki beshta boMadi.Beshinchi uzatmaning uzatish soni ko'p hollarda 1,0 dan kichik qilib tayyorlanadi va “tezlatuvchi” yoki “tejamkor” bo‘ladi, chunki avtom obilning yuqori tezligiga yaqinlashgan tezliklarda dvigatel aylanishlar chastotasini pasaytirishga va birmuncha yonilg‘i tejashga imkon beradi.Mexanik qutilarda uzatmalarni almashlab ulash boshqa shesternalar bilan navbatm a-navbat ilashadigan shesternalarni surish yoki sinxronizatorlar yordamida shesternalarni valga blokirovka qilish bilan amalga oshiriladi. Sinxronizatorlar, ulanadigan shesternalarning aylanishlar chastotasini tenglashtiradi va ulardan birini yetaklanuvchi valga blokirovka qiladi. Shesternalar yoki sinxronizatorlar surilishini boshqarishni haydovchi ilashma ajratilgan paytda amalga oshiradi. Oldinga yurish uzatmalarining soniga qarab uzatmalar qutisi uch, to‘rt va hokazo pog‘onali bo‘ladi.Uzatmalar qutisining ishlash prinsipini uch pog‘onali uzatmalar qutisi chizmasida (18.8-chizma) ko‘rib chiqish mumkin. Qutining asosiy detallari quti korpusiga o‘matilgan yetaklovchi val (1), yetaklanuvchi val (5) va oraliq valdir (6). Birlamchi (yetaklovchi) valga, oraliq valga qo‘zg‘almas qilib olrnatilgan Z \ shesterna bilan doimiy ilashishda bo‘ladigan Z3 shesterna qo‘zg‘almas qilib mahkamlangan. Oraliq valning boshqa Z ’2, Z ’,va Z ’o u shesternalari ham q o ‘zg‘alm as qilib m ahkam langan. Y etaklanuvchi valga 5 Z’2 shesterna bilan doimiy ilashishda bolgan Z, shesterna erkin aylanadigan qilib o ‘rnatilgan.Shesterna Z, va sinxronizator (2) val(5) bilan shlitsalar orqali biriktirilgan, shuning uchun ular val bo‘ylab strelkalar bilan ko‘rsatilgan yo‘nalishlarda surilish im koniyatiga ega. Zo shesterna orqaga yurish uzatmasi ulanganda, yetaklanuvchi valning aylanish yo‘nalishini teskari tomonga o‘zgarishini ta’minlaydi.Har bir uzatma, yetaklanuvchi shesternadagi tishla sonini yetaklovchi shesternadagi tishlar soniganisbatini ifodalovchi uzatish soni
Vazifasi, ishlash prinsipi va turlari Vazifasi: uzatishlar sonini ko‘paytirish yoki kamaytirish yo‘li bilan avtomobil harakat tezligini va kardan valga uzatiluvchi burovchi moment miqdorini o‘zgartirish;
dvigateldan kelayotgan burovchi moment yo‘nalishini o‘zgartirish (avtomobilni orqaga yurishini ta’minlash);
dvigatel tirsakli valini yetakchi g‘ildiraklardan uzoq mud- datga ajratib qo‘yishni ta’minlaydi.
Ko‘pgina yengil va yuk avtomobillariga tishli shesternalari bo‘lgan pog‘onali mexanik qutilar o‘rnatiladi. Asosan, uzatmalari soni 4—5 ta bo‘lgan ikki valli uzatmalar qutisi kichik sinfdagi old yuritmali va dvigateli orqada joylashgan orqa yuritmali avtomobillar uchun mo‘ljallangan. Yuqori uzatma ko‘pincha kuchaytiradigan bo‘ladi. Odatda, aksariyat uzatmalar sinxronlashtirilgan bo‘ladi. Yuk ko‘taruvchanligi katta bo‘lgan avtomobillarda dvigatelning tortish kuchi va tejamliligini oshirish maqsadida uzatmalar soni ko‘paytirilgan ko‘p valli uzatmalar qutisidan foydalaniladi. Ular- ning tuzilishi to‘rt, besh va olti pog‘onali uch valli uzatmalar qutisidan foydalanishga asoslangan. Umumiy karterda bu quti bilan birga kuchaytiruvchi reduktor (bo‘lgich) yoki pasaytiruvchi reduk- tor (demultiplikator), ba’zan ikkalasi birgalikda joylashtirilgan. Ko‘p valli uzatmalar qutisidan foydalanilganda uzatmalar soni 8 dan 24 tagacha bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bunday uzatmalar qutisi tirkamalar bilan ishlovchi shatakchi avtomobillarda qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda pog‘onali uzatmalar qutisini haydovchi almash- lab ulaydi. Keyingi vaqtlarda mikroprotsessor texnikasiga asoslangan avtomatlashtirilgan tarzda almashlab ulanadigan pog‘onali uzatmalar qutilari paydo bo‘la boshladi. Pog‘onali uzatmalar qutisi Uzatmalar qutisi dvigateldan uzatiladigan burovchi moment qiymatini va yo‘nalishini o‘zgartiradi. Bu bilan avtomobilning joyidan qo‘zg‘alishini, tezlikni oshirishi va orqaga yurishini ta’min- laydi. Bundan tashqari, uzatmalar qutisi yordamida ishlab turgan dvigatel avtomobil to‘xtab turganda va inersiya bo‘yicha harakatlan- ganida transmissiyadan ajratib turiladi. Avtomobilga to‘rt yoki besh pog‘onali bosh uzatma va differensial bilan birlashtirilgan uzatmalar qutisi o‘rnatilishi mumkin. Besh pog‘onali uzatmalar qutisi o‘rnatilganda yonilg‘i kamroq sarflanadi. Uzatmalar qutisining uzatish sonlari tezlikni jadal o‘zgartirish va yonilg‘ini tejab sarflash imkonini beradigan qilib tanlangan. Uzatmalar qutisidagi oldinga yurish uzatmalarining hammasida egri tishli doimo ilashib turadigan shesternalar ishlatilgan. Uzat- malarni shovqinsiz va zarbasiz qo‘shib almashtirish uchun inersiyali sinxronizatorlar qo‘llanilgan. Bu avtomobilni boshqarishni qulay va yengil qiladi, uzatmalar qutisining shovqinsiz ishlashini ta’minlaydi. Uzatmalar qutisining uzatishlari soni: 3,818;
2,210;
1,423;
0,971;
0,837;
orqaga yurish—3,583; bosh uzatma—4,263. To‘rt pog‘onali qutini moylash hajmi — 2 litr, besh pog‘onali qutida — 2 litr. Ishlatish jarayonida uzatmalar qutisi, bosh uzatma va differensialda nosozliklar naydo bo‘lishi mumkin. Nosozliklarning yuzaga kelishi sabablari va ularni bartaraf qilish yo‘llari jadvalda berilgan. Harakat vaqtida shovqin paydo bo‘lishi, uzatmalarni almashlab qo‘shish qiyinligi va uzatmalarning o‘z-o‘zidan ajralishi — uzatmalar qutisi, differensial va bosh uzatmada nosozliklar paydo bo‘lganligidan dalolat beradi. Tuzilishi va ishlashi Uzatmalar qutisining karteri (1.130-rasm) yuqori mustah- kamlikka ega bo‘lgan qotishmadan yasalgan. Karterda tiqin bilan berkitilgan ikkita teshik mavjud. Yuqorigisi — moy sathini nazorat qilish va moy quyish, pastkisi — moyni qutidan to‘kish uchun. Karterning orqa qismida ishlov berilgan gardish mavjud, unga sakkizta bolt yordamida shtamplangan qopqoq mahkamlangan. Boltlar o‘z-o‘zidan bo‘shab qolmasligi uchun yig‘ish vaqtida ularning rezbali qismiga maxsus pasta surtiladi. Uzatmalar qutisining karteri ilashish muftasi karteri (22) bilan birgalikda transmissiya korpusini tashkil qiladi va uning ichida bosh uzatma hamda differensial joylashtiriladi. Karter (6) ning (1.130-rasm) ichida yetakchi (18) va yetak- lanuvchi (21) vallar joylashtirilgan.