Denov tadbirkorlik vapedagogikainsitituti tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika


O‘zbekistonda ip gazlamalar ishlab chiqarish



Download 11,96 Mb.
bet19/50
Sana28.06.2022
Hajmi11,96 Mb.
#716020
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50
Bog'liq
Fan va Texnika tarixi 2022

O‘zbekistonda ip gazlamalar ishlab chiqarish
1. 1 . Ip gazlamalar, ular to‘g‘pisida umumiy ma’lumot
Paxta tolalarini yigirish natijalarida olingan iplardan ishlab chiqarilgan matolar ip gazlama deb ataladi.
Ip gazlamalar to‘quv matolar ishlab chiqarish hajmining eng katta qismini, ya’ni 65-75 foizini tashkil etadi (3-jadval).
3-jadval
Ishlab chiqarilgan gazlamalarning umumiy xajmida turli tolalardan olingan gazlamalar ulushi.

Jami gazlamalar

100 %

Jumladan,ip gazlamalar ulardan ichki

75

kiyim, choyshab v.b.

10,5

Ko‘ylakbob

7,5

Chitlar

10,5

Satinlar

6,0

Byazlar

2,25

Ichki kiyimbob

9,0

Mebelbob

2,25

Ro‘molbob va sochiqlar

2,25

Texnik matolar

6,75

Dokalar

10,5

va boshqalar

7,5

Lub gazlamalar

6,0

Jun gazlamalar

6,5

Shoyi gazlamalar

12,5

ulardan tabiiy ipakdan

0,5

kimѐviy ipaklardan

4,3

kimѐviy tolalar (shtepel)

7,5

Jami

100 foiz

Ip gazlmalarning turlari juda ko‘p va xilma-xildir. Ularni ishlab chiqarishda paxta tolasidan karda (oddiy tarash), qayta tarash va apparat tizimida xalqali va pnevmomexanik mashinalarida yigirilgan turli chiziqli zichlikdagi yakka, pishitilgan va shakldor iplar ishlatiladi. Ayrim xollarda bu gazlamalri ishlab chiqarishda sof paxta tolalaridan yigirilgan iplardan tashqari, aralash (paxta tolasi bilan kimѐviy tolalar aralash) masidan yigirilgan iplar xam ishlatiladi.
Ip gazlamalarni to‘qishda mavjud o‘rilishlarning barcha sinovlari qo‘llanildi.
Badiy bezatish jixatidan ip gazlamalar xam oqartirilgan, sidirg‘a, naqshdor, naqsh bosilgan xillarga bo‘linadi. Ulardan tashqari rangli iplardan chipor, rangli tolalar aralashmalaridan esa melanj to‘qimalar ishlab chiqariladi. Bo‘ѐqlari yuvilib ketmaydigan qilib pardozlangan ip gazlamalar ishlab chikarish yildan-yilga ko‘paymoqda.
Nisbiy pishiqligi, yemirilishga chidamliligi va gigienik xususiyatlari bo‘yicha il gazlamalar yaxshi ko‘rsatkichlarga ega, ular suvda va issiqlik ishlov berishda ham qulay.
Ip gazlamalar klassik assortimentining katta qismini (1jadval) chit, byaz, satin, batist, markizet, vual va boshqalar tashkil etadi. Dunѐ to‘quvchilik amaliѐtida keyingi yillari ip gazlamalar tarkibiga kimѐviy moddalardan viskoza va lavsan tolalari aralashtirilmoqda. Viskoza tolalari gazlamaga yumshoq joysimon ko‘rinish berish bilan birga gigienik xususiyatini saqlaydi, lekin gazlamaning yuvishga chidamliligini birmuncha kamaytiradi. Paxta tolalariga lavsan tolalarini aralashririb ishlab chiqarilgan ip gazlamalarning g‘ijimlanishi va kirishishi kamayadi, lekin gazlama dag‘alroq chiqib uning gigienik xususiyati ѐmonlashadi. Bu salbiy ta’sir aralashmani ulushiga bog‘liq.
Pnevmomexanik usulida yigirilgan iplar ip gazlamalarning klassiq yangi yaratilgan turlarini ishlab chiqarishda keng ishlatiladi. Bu usulda yigirilgan ipdan ishlab chiqarilgan gazlamalarning pishiqligi 20-30 faiz kam bo‘lishiga qaramasdan, ularning yemirilishga chidamliligi, halqali yigiruv mashinasidan olingan ipdan ishlab chiqarilganga nisvatan 2-3 marotava yuqori.
Savdo preyskuranti bo‘yicha ip gazlamalar bir necha rypyhapra bo‘linadi: chitlar, byazlar (surup), ich kiyimlik gazlamalar, satinlar, ko‘ylaklik gazlamalar, kiyimlik va h.k. Maishiy gazlamalar assortimentining katta qismi dastlab olti guruhga kiradi, ba’zi rypyhlap kichik rypyhlapra bo‘linadi. Masalan, ichki kiyimlik gazlamalarning byaz, mitkal (chit) va maxsus xillar bor. Ko‘ylaklik gazlamalar ѐzgi, qishki, mavsumiy va boshqa tola aralashmali xillariga bo‘linadi.
Chit - o‘rta yo‘g‘onlikdagi oddiy tarash (karda) tizimida yigirilgan, polotno o‘ralishida to‘qilgan gazlama. Xom chit ishlab chiqarishda mitkal deb ataladi. Chitning tandasiga 18,5 va 20 teks, apqoqiga 15,3 ѐki 18,5 teks yigirilgan il ishlatiladi. Tanda bo‘yicha nisbiy zichlik 49-53 faiz, arqoq bo‘yicha 39-43 faiz. Chitlarning sirt zichligi (1 m2 matoning massasi) - 92-103 gr.
Ko‘p hollarda chitlarga naqsh bosiladi, ularni sidirg‘a xili ham ishlab chiqariladi.
Chit, muslim, odulyar bikir pardozlash, yaltiratish va yuvilib ketmaydigan appretlar bilan ishlov jaraѐnlarida o‘tkazilishi mumkin.
Bolalar va aѐllarning ѐzgi ko‘ylaklari, bluzkalar va erkaklar ko‘ylaklari, xalatlar, cho‘milganda kiyiladigan ichki kiyimlar, ѐstiq jildi, ko‘rpa jildi, tungi ko‘ylaklar va hk.lar chitdan tiqiladi.
Surip - (byaz) chitga qaraganda ancha qalin va og‘ir mato, u oddiy tarash tizimida ishlab chiqilgan tandasi 25, 29 teks, arqog‘i 29 teks paxta tolasidan yigirilgan iplardan to‘qiladi. Suripning tanda bo‘yicha nisbiy zichligi chitnikiga o‘xshaydi, arqog‘i bo‘yicha biroz yuqoriroq bo‘ladi, sirt zichligi 140-160 gr/m2. Eni 98-140 sm. Byazni ko‘l bilan paypaslasa, varmoqlarga chitga nisvatan dag‘alroq unnaydi.
Surip sidirg‘a ranga bo‘yalishi, bir ѐki ikki tomoniga naqsh bosilishi mumkin. Suripga qattiq yaltiroq va kumushsimon qilib pardoz berish mumkin. Suripning texnolorik xossalari chitnikiga o‘xshaydi. U ancha pishiq bo‘lib, uncha chuzilmaydi.
Satin guruxiga satin o‘rilishida to‘qilgan va atlas o‘rilishida to‘qilgan lastiklar kiradi.
Qalinligiga qaraganda satin va lastiklar yupqa, 8,3-14 teks qayta tarash tizimida yigirilgan ipdan to‘ilgan, yarim yupqa 15,3-11,7 teks shunday yigirilgan ipdan to‘qilgan va qalin 18,515,3 karda tizimida yigirilgan ipdan to‘qilgan turlarga bo‘linadi.
Satin va lastiklar uncha silliq, yaltiroq satinda arqoq ip chiqib turadi, shuning uchun arqoq bo‘yicha nisbiy zichligi (70-80 foiz) tanda bo‘yicha nisbiy zichligidan (40-45 foiz) ancha katta. Lastiklarning tanda bo‘yicha nisbiy zichligidan katta bo‘ladi. Pardozlash jixatidan satinlar sidirg‘a, naqsh bosilgan va oqartirilgan xillariga bo‘linadi. Yupqa va yarim yupqa satinlar pardozlanganda merserizatsiyalanadi. Unta silliq bo‘lganligi, o‘ngini xosil qilqdigan iplar bo‘yicha zichligi kattaligi, merserizatsiyalanganligi tufayli satin ishqalanishga yaxshi chidaydi va ko‘p xollarda astarlikka ishlatiladi. Satindan shuningdek xalatlar, ko‘ylaklar, bluzkalar va hk. tiqiladi.
Ko‘ylaklik gazlamalar juda turli - tuman. Bu guruxga ѐzgi, qishgi, mavsumiy va kimѐviy tolalar aralashmasida to‘qilgan gazlamalar kiradi.
Yozgi gazlamalar kichik guruxiga siyraq yupqa va yengil gazlamalar kiradi. Ular, asosan, naqsh bosib pardozlanadi, lekin oqartirilganlari xam bo‘ladi.
Maya, volaja, vual, markizet, batist qayta tarash tizimida yigirilgan ingichka iplardan polotno o‘rilishda to‘qiladi. Kanier, Vaxor, Krep mayda naqshli o‘rilishda to‘qiladi.
Maya va volta - qayta tarash tizimida yigirilgan yakka ipdan to‘qilgan naqsh borilgan yupqa gazlama.
Vual va markizet - yaxshi pishitilgan qayta tarash tizimida yigirilgan ingichka ipdan tikilgan gazlamalar. Vualga naqsh bosiladi. Markizet vualdan yupqaroq bo‘ladi, uni oqartirib, mayin rangga bo‘yab va naqsh bosib ishlab chiqarish mumkin.
Batist - qayta tarash tizimida yigirilgan kichik teksli yakka iidan polotno o‘rilishida to‘qiladigan yupqa, mayin gazlama, oqartirib ѐki oq sathiga naqsh bosib chiqariladi.
Qishki ip gazlamalar kichik guruxiga flanel, bumazey va bayka kiradi. Bular - qalin, yumshoq, bir tomonida ѐki ikkala tomonida tolalarini titish natijasida tuklar xosil qilingan ip gazlamalar. Qishki gazlamalarning takdasi o‘rta yo‘g‘on tukdor apparat tizimida yigirilgan iplar tashkil qiladi. Arqoq bo‘yicha nisbiy zichligi tanda bo‘yicha nisbiy zichligidan katta, chunki tuklari arqoq iplar tolalari hisobiga chiqariladi.
Flanel - qishki aseortimentdagi eng yupqa va yengil gazlama. Polotno, va’zan satin o‘rilishida to‘qiladi, ikki tomonida tuklari bo‘ladi, oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan naqsh bosilgan tarzda bo‘ladi.
Bumazey - flaneldan qalinroq va og‘irroq gazlama. Satin o‘rilishida to‘qiladi, oqartirilgan, sidirg‘a bo‘yalgan va naqsh bosilgan tarzda ishlab chiqariladi. Flaneldan faqshli ravishda teskari tomonida, va’zan o‘ngida tarab chiqarilgan tuklar bo‘ladi.
Bayka - ikki yuzli o‘rilishda to‘qiladigan qalin va og‘ir gazlama, ikki tomonida tarab chiqarilgan tuklari mavjud. Xom va sidirg‘a pangda bo‘yalgan holda ishlab chig‘ariladi, 1m2 ning og‘irligi 300-360 gr.
Mavsumiy ip gazlamalar kichik guruxiga klassik gazlamalar - poplin, tafta, kashimer, shotlandka, pike va boshqalar kiradi. Poplin - qayta tarash tizimida yigirilgan va pishitilgan iidan polotno o‘rilishida to‘qilgan zich gazlama. Mersirizatsiyalab oqartirib och rangga bo‘yab tanda bo‘yicha katta zichligi natijasida xosil bo‘ladigan ko‘ndalang yo‘li bo‘ylab ishlab chiqariladi. Sirt zichligi 100-120 gr/sm2 .
Tafta - tuzilishi va pardozlanishi jixatidan poplinga o‘xshash, lekin undan zichroq va sifatliroq gazlama, sirt zichligi 140-150gr/m2 .
Poplin va tafta, asosan, erkaklar ba’zan aѐllar ko‘ylagi tikish uchun ishlatiladi.
Shotlandka - katak - katak naqshli gazlama oddiy, tarash (karda) tizimida yigirilgan va ip holatda bo‘yalgan iplardan sarja mayda naqshli polotno o‘rilishida to‘qiladi. Bu gazlamalar erkaklar, bolalar, aѐllar kuylagi va h.k. tikish uchun ishlatidi.
Kashemir - sarja o‘rilishi sidirg‘a ѐki naqsh bosilgan gazlama, O‘rta yo‘g‘onlikdagi oddiy tarash tizimida yigirilgan ipdan to‘qiladi.
Pike - qayta tarash tizimida yigirilgan ipdan murakkab o‘rilishda to‘qilgan gazlama, o‘ngida bo‘ylama yo‘llar, romblar to‘lqinsimon yo‘llar tarzidagi burishma, qavilgansimon nag‘lar bo‘ladi. Odatda, oqartirilib, va’zan sidirg‘a ѐki naqshdor qilib ishlab chiqariladi. Sirt zichligi 134-180 gr/m2.
Ip gazlamalarning kiyimlik guruhiga kostyumlar, plashlar, kurtka, palto, maxsus kiyimlar tikish uchun mo‘ljallangan gazlamalar kiradi. Kiyimlik gazlamalar nisbiy zichligi 60-100 foizgacha va bundan yuqori oddiy tarash tizimida yigirilgan ip va qisman qayta tarash tizimida yigirilgan iplardan to‘qiladi. Gazlamalar sirt zichligi 250-300 g/m2 va undan katta bo‘lishi mumkin. Keyingi yillarda kiyimli gazlamalar ishlab chiqarishda paxta tolasiga kimѐviy tolalarni aralashtirib yigirilgan iplardan keng foydalanilmokda.
Ip gazlamalar tasnifiga ko‘ra kiyimlik materiallar beshta kichik gypuhlapga – sidirg‘a, maxsus, naqsh bosilgan, melanj, gigar qishki guruhchalarga bo‘linadi.
Ustki kiyimlar uchun astarlik va qotirma mato sifatida ishlatiladigan gazlamalar, astarlik gazlamalar guruhini tashkil etadilar, ularga kolinkorma bartofka yengil sorti va bo‘yinbog‘lik gazlamalar kiradi.
Tukli gazlamalar ipli gazlamalarning yana bir guruhini tashkil etib, ular murakkab to‘qima o‘rilish bilan to‘qiladi. Tuklar pardozlash korxonalarida maxsus tuk qirquvchi mashinalarida uzun apqoq tushamasini qirqib xosil qilinadi.
Tukli ip gazlamalarining kichik guruhiga yarim baxmal va chiy barxit kiradi.
Yarim vaxmal - qayta tarash tizimida yigirilgan ipdan apqoq bo‘yicha katta zichlikda to‘qiladi. So‘ngra pardozlash j:araѐnida kalta sidig‘a tuklar yaratiladi.
Chiy duxobada bo‘ylama ketgan tukli yo‘llar bo‘lib, yo‘llar eni katta ѐki kichik bo‘lishi mumkin. Arqoq tukli gazlamalar sidirg‘a rangga bo‘lgan ѐki naqsh bosilgan holatda ishlab chiqariladi.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish