Denov tadbirkorlik vapedagogikainsitituti tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika


- mavzu: O’zbekistonda engil sanoatni rivojlanish tarixi



Download 11,96 Mb.
bet17/50
Sana28.06.2022
Hajmi11,96 Mb.
#716020
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
Fan va Texnika tarixi 2022

8- mavzu: O’zbekistonda engil sanoatni rivojlanish tarixi
Yengil sanoat – xom ashѐning xilma-xil turlaridan iste’mol buyumlari va birbiri bilan o‘zaro bog‘langan sanoat tarmoqlari yig‘indisi. Yengil sanoatda tabiiy tolalar – paxta, ipaq jun, zig‘ir, jut kabilardan, kimѐviy tolalar – nitron, lavsan, viskoza, asetat, kapron, sun’iy charmlardan xom ashѐ sifatida foydalaniladi. Yengil sanoatda xom ashѐni dastlabki ishlash, to‘quv, trikotaj va noto‘qima matolari, tikivchiliq charm poyafzal, to‘qimachilik – attorliq gilam va gilam mahsulotlari, kiygiz – namat, mo‘yna, teri oshlash, sun’iy charm, pustin chimchish va shu kabi tarmoqlar kiradi
Yengil sanoatda keng iste’mol mollaridan tashqari xalq xo‘jaligining ko‘p tarmoqlari uchun kerakli mahsulotlar- temir yo‘l, avtomobil transportlari o‘tirgichi, tom va qismlarini bezatish uchun matolar, movud, mebelbob gazlamalar, kiygizlar, qayishqoq piltalar, turli turlar va boshqalar ishlab chiqariladi.
Yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmining eng katta ulushini to‘qimachilik mahsulotlari tashkil etadi.
To‘qimachilik sanoati hom ashѐlari - paxta, ipaq zig‘ir, jun, kimѐviy tolalardan iplar ishlab chiqarib, ulardan shoyi, jun va boshqa matolar to‘qish, trikotaj, noto‘qima, tur to‘qimachiliq attorlik buyumlari va boshqa soxalarni o‘z ichiga oladi.
Insoniyat tarixida yengil sanoat buyumlarini ishlab chiqarish bundan bir necha ming yillar oldin ma’lum bo‘lganligi tarixiy adabiѐtlarda qayd etilgan. Ko‘lda ip tayѐrlash va gazlama (mato) to‘qish, charimdan payafzal tikish uchun uni qayta ishlash Xindistondan, Xitoy, Misr va O‘rta osiѐda meloddan bir necha asr ilgari ma’lum bo‘lgan.
O‘zbekiston mintaqasida paxtachilik tarixi bu qimmat vaxo toladan gazlama to‘qish bundan ikki ming yillar oldin boshlangan. Buni arxeologik topilmalar va antik mualliflarning ma’lumotlari tasdiqlaydi. Bular ichida bir siqim ko‘mirga aylangan paxta chigiti tolasi bilan saqlanib qolgan. Bu ajoyib topilmani Toshkentga O‘zbekiston arxeologlari – qadimiy paxtachilik bilan dunѐda shuxrat qozongan Farg‘ona vodiysidan olib kelganlar. Arxeologlar Quva tumani Chillamazor tepalagida eramiz boshida ѐnib ketgan uydan qazilmalar paytida ѐngan uy-ro‘zg‘or idishlari ichida qo‘lga aylangan paxta chigitlarini topish vaxtiga muyassar bo‘lganlar. Topilmalar ekspertlar tomonidan qunt bilan tekshirilgan ularni aytishicha, bu topilma eng qadimiy paxta naviga mansubdir. Shunday qilib, Vatanimizda paxtachilik bilan shug‘ullangan qadimdan ma’lum bo‘lganligi aniq xujjatlar guvoxligida tasdiqlangan. Arxeologik qazilmalar natijasida yana bir kashfiѐt – III – IV asrga mansub qabrdan topilgan bir siqim paxta tolasidan olingan ip gazlama topilgan.
Eramizdan oldin IV asrda Aleksandr Makedonskiyning safdoshlari O‘rta Osiѐga bostirib kirganlarida Amudarѐ bo‘ylarida (qirg‘oqlari bo‘ylab) paxta ekilgan katta dalalarni ko‘rishgan.
Qadimiy Sharq manuskrigtlarining tasvirlashlaricha, paxta shunday o‘simlikki, uning mevasi pillaga o‘xshaydi, unda tola borki. U ipga o‘xshaydiyu uni teradilar va o‘zining ajib yengilligi va oqligi bilan ajralib turadigan matolar to‘qiydilar.
Tarix otasi Geradot bundan 24 yuz yil oldin paxtani Jun daraxti deb atagan. Paxta tolasining junga o‘xshab ketishi ish bilarmonlar va savdogarlar oldida sotish muammolarini tug‘dirmaydi.
XVI asrning boshlanishigacha Sharq ip gazlamalari Yevropaning xamma asosiy bozorlarida va shuningdeq eski nemis shaxri Augesburg yarmarkalarida xam sotila boshlandi. Bu matolar xam xudi shoyi matolar kabi Buyuk Ipak yo‘li orqali Qadimiy Russiyaga xam olib borar edi. U yerlarda matolar qatori o‘lkamizning paxta tolasidan to‘qilgan matolar xam qadirlanardi. Qadim vaqtlardanoq O‘rta Osiѐ matolari Dnepr bo‘yi va Janubiy knyazliklarga greq poloves va xazar savdogarlar xamkorligida olib borilar edi. Keyinroq rus savdogarlarining o‘zaro Samarqand, Buxoro, Xivaga keladilar, bu shaxar savdogarlari esa Rossiyaga boradigan bo‘lishdi.
Mamlakatimiz yengil sanoat mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarish XIX asrning oxirida, 1874 yilda Toshkent shahrida paxta tozalash zavodi qurilishi bilan boshlangan desa bo‘ladi. Rossiyada paxta xom ashѐsiga bo‘lgan talabning ortishi bilan
O‘zbekistonda qator paxta tozalash zavodlari, 1881 yilda Samarqand viloyatining
Kattaqo‘rg‘on shaxrida, 1890 yilda Buxoro viloyatinig Qoraqul shaxrida va Respublikamizning boshqa mintaqalarida zavodlar qurilib ishga tushiriladi.
Mamlakatimizda yildan-yilga paxta xom ashѐsini ishlab chiqarish ko‘payib boradi.
Respublikamizda ishlab chiqarilgan paxta xom ashѐsining deyarli 85-90 foiz Sobiq Ittifoq davrida Rossiya va boshqa Respublikalarga olib chiqib ketilar edi.
Bu jadalda xamkorligida Sobiq Ittifoq va O‘zbekiston paxta tolasidan ishlab chiqarilgan va’zi mahsulotlar xajmi keltirilgan.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish