Denov tadbirkorlik vapedagogikainsitituti tarix va falsafa kafedrasi fan va texnika


Paxta tolasidan mahsulot ishlab chiqarish



Download 11,96 Mb.
bet18/50
Sana28.06.2022
Hajmi11,96 Mb.
#716020
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
Fan va Texnika tarixi 2022

Paxta tolasidan mahsulot ishlab chiqarish.
1-jadval.

Mahsulotlar

Sobiq Ittifoq




O‘zbekiston







1960

1965

1969

1970

1960

1965

1969

1970

Paxta tolasi ming. t.

1548

1838

1921

2129

1100

1300

1300

1400

Ip gazlama
mli.pog.m mln.kv.m.

6387
4838

7077
5449

7606
6208

7482
6152

235
182

254
196

214
172

210
170

Paypoq naski mahsulotlari, mln.juft

904

1350

1396

1338

17

29,3

29,7

30,1

Ichki va ustki trikotaj,
mln. dona

419

486

636

676

11,4

14,1

17,8

18,4

1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlarni taxlilidan, O‘zbekiston 1960 yilda Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilagan paxta tolasining 75 foizini yetkazib bergan. Shu davrda Respublikamizda paxta tolasidan 235 mln. m. ip gazlama ishlab chiqarilgan bo‘lib, u Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan 7482 mln. m. gazlamaning atiga 2,8 foizini tashkil etgan. Xudi shunga o‘xshash Paypoq naski mahsulotlari bo‘yicha 2,24 foizini, trikotaj mahsulotlari bo‘yicha esa 2,7 foizini tashkil etgan.
XX asrning 20 O‘zbekiston yetishtirgan xom ashѐni qayta ishlab, tayѐr mahsulot yetishtirish maqsadida mayda tarqoq xunarmandchiliklarni birlashtirib, sanoat asosini yaratish boshlandi.

  1. yilda Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasining dastlabki navvati ishlay boshladi. Korxonaning bu qismi 10000 urchuqqu va 300 to‘quv dastgoxiga ega bo‘lib xizmat qiladi. Ko‘p o‘tmay fabrikaning 2-xamda 20000 urchuq va 600 to‘quv sanoatiga ega bo‘lgan 3navvati ishga tushirilishi lozim edi. 1932 yilga kelib fabrikaning 19900 urchugi va 906 mahsulot ishlab chiqarish xajmi oshib bordi. Agar fabrika 1930 yilda 218,2 tonna ip yigirib, 2 mln. pogon metrdan ortiq gazlama chiqarilgan bo‘lsa, 1932 yilda esa 1377 tonna yigirilgan ip va 7 mln. 765 ming pogon metrdan ziѐd gazlama ishlab chiqarildi.

Farg‘ona viloyatida Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasi bilan bir qator kiyim kechak uchun va tibbiѐtda qo‘llaniladigan gigroskopik paxta yetishtirib beruvchi korxona tashkil etildi.

  1. yilda Farg‘onada qurilgan pillachilik fabrikasi Respublikamizda ipakchilik sanoati yaratilishiga asos soldi. 1927 yilda Samarqanda, 1928 yili Buxoro va Marg‘ilonda pillakashlik korxonalari qurildi.

Pillakashlik sanoatini barpo etilishi Respublikamiz xalqlari didiga mos shoyi gazlamalar to‘qib chiqarilgan korxonalar qurilishini takazzo qilardi. Shu maqsadda shoyi to‘qish korxonalari sanoatini barpo etishga kirishildi. Anna shunday korxonaning qaldirgochi 1930 yilda ishga tushirilgan Samarqand shoyi to‘qish fabrikasidir.
Toshkent to‘qimachilik kambinatining birinchi navbatida 1934 yilda 8 ta to‘quv dastgoxi Farg‘ona to‘qimachilik fabrikasidan keltirlgan kalava ipi bilan ishladi va Toshkent to‘qimachilik kambinatining dastlabki mahsulotini bera boshladi. Shu yilning o‘zidaѐk yigiruv fabrikasida 500 urchuq to‘quv fabrikasida esa 35630 urchuq ip, 1152 dastgoh esa gazlama bera boshladi. Korxonada ishlab chiqaradigan gazlamalarga jilo berish uchun esa pardozlash fabrikasining uskunalar montajini tezlik bilan tugallash kerak edi. 1934 yilning noyabrigacha 1000 to‘p gazlamaga gul bosishni ta’minlash quvvatiga ega bo‘lgan agregatlar ishga tushirildi.
Pillakashlik sanoatida mexnat unumdorligini va yalpi mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish, asosan, eski uskunalarni yangi, serunum uskunalar bilan almashtirish fabrikalarida «Yulduz», «Nakae» yapon uskunalari va markaziy bog‘lashni tashkil qiluvchi «Chiva» mashinalari ѐn sarunum yapon uskunalariga ega bo‘lgan Yangi korpuslar qurila boshladi. 1937 yildaѐq Marg‘ilon ipak fabrikasining Yangi korxonasida «Nakane» sistemasidagi 164 ta mashina o‘rnatildi.
1930 yilda ishga tushgan Samarqand shoyi fabrikasi xali kam quvvatli bo‘lib, uni qayta qurish lozim edi.
Bu vazifa xam amalga oshirildi. 1937 yilga kelib fabrika 125 dastgohga ega bo‘ldi va ko‘plab shoyi, beqasam ishlab chiqara boshladi. 1933-37 yillari Respublikamiz asosiy to‘qimachilik sanoatining ishlab chiqarish fondi 5564,7 ming so‘mdan 22699,8 ming so‘mgacha o‘sdi. Umuman, ip gazlama sanoati bo‘yicha 10,5 marta ko‘paydi. 1937 yilda O‘zbekistonda 466 ming tonna paxta tolasi, 644 tonna xom ipak ishlab chiqarildi.
Farg‘ona yiguruv to‘quv fabrikasining 3-navvati shu davrgacha qo‘rib bitkazilib, 47220 urchuqqa teng kuvvat bilan ishlay boshladi. Shu yillari Qo‘ng‘irot, G‘ijduvon, Chinoz, Xiva paxta tozalash zavodlari to‘la ishga tushirildi.
1938-42 yillarda mavjud pillakashlik fabrikalarining tazi 10 tutqichli qilib rekonstruksiya qilindi. 1939 yildan boshlab esa 20 tutqichli joriy etila boshlandi. Yaponyaning «Xonda» sistemasidagi 118 tazli Buxoro pillakashlik fabrikasining 2navvati ishga tushirildi. Marg‘ilon pillakashlik fabrikasida esa krep tipidagi turli tuman shoyi gazlamalar ishlab chiqarish joriy etildi.
Urushgacha bo‘lgan yillar davomida O‘zbekiston trikotaj sanoati rivojlandi. Qo‘qon yigiruv paypoq to‘quv kambinati va xajmi jixatidan kichikroq bo‘lgan Farg‘ona xamda Toshkent trikotaj buyum fabrikalari ishga tushirildi.
1940 yilda mavjud barcha korxonalarda 532000 tonna paxta tolasi, 693 tonna ipaq 107,4 mln. pogon metr ip gazlama, 4 mln. pogon 534 ming metr shoyi gazlama, 86350 juft paypoq, 2520 metr ichki trikotaj va 696 ming dona ustki trikotaj buyumlari ishlab chiqarildi.
Shu yillari Respublikamizda eng yirik shoyi sanoati, Marg‘ilon ipak kombinati barpo etildi, yigiruv, paypoq tikuv kombinati kengaytirildi, Samarqand yangi trikotaj fabrikasi barpo etildi.
Marg‘ilon shoyi kombinatida 1954-55 yillarda 500 ta Yangi to‘quv dastgoxlari, Ko‘pgina yigiruv urchuklari va pardozlash mashinalari o‘rnatildi.
O‘zbekistonda to‘qimachilik sanoati qishlok xo‘jalik xom ashѐsi bilan bir qatorda sintetik va sun’iy tolalardan ko‘prok foydalanildi. Sintetik va sun’iy tolalar ishlab chiqarish 7 yil movaynida 9 barovarga yaqin o‘sdi.
«Tashtekstilmash» zavodining ishlab chiqarish quvvati ortib borishi to‘qimachilik sanoatimiz rivojiga samarali ta’sir etadi. Bu savodda 1958 yilda 337 ta yigiruv mashinasi ishlab chiqarildi.
Respublikamiz to‘qimachilik korxonalarida ikkinchi jaxon urushi yillarida urush extiѐjlarini qondirish maqsadida ishlab chiqarishga o‘tdilar. Toshkent va Farg‘ona to‘qimachilik kombinatlari qalin gazlamalar. kirza va qayish ishlab chiqarishga kirishdilar.
Marg‘ilon, Buxoro, Samarqand va boshqa shaxarlarning pillakashlik fabrikalari esa parashyut sanoati uchun zarur bo‘lgan ipak ishlab chiqara boshladi.
Marg‘ilon ipak kombinati kengaytirildi, Samarqand shoyi to‘qimachilik fabrikasi qurilishi tugallandi, uning qoshida g‘ijim duxova ishlab chiqaradigan yangi sex tashkil etildi.
1948 yili Toshkent trikotaj fabrikasi ishga tushdi. Qo‘qon ip yigiruv-paypoq to‘quv kombinati kengaytirildi.
Shy yillarda O‘zbekistonda yirik to‘qimachilik korxonalari tashkil etish bilan birga, O‘zbek halqining iftixori xonatlas matolarini ishlab chiqarish xunarmandchiligiga xam katta e’tibor berildi. 60-yillarda tapqoq artellar asosida Marg‘ilon Atlas ishlab chiqarish birlashmasi tashkil etildi.
Asrimizning 50 yillarida dunѐda kimѐviy tolalarni ishlab chiqarish ancha ko‘paydi, bu esa shu tolalardan gazlamalar ishlab chiqarish xajmini oshirishni takazo etdi. 60yillarning o‘rtalarida Namanganda "Kastyumbob va shtapel gazlamalar ishlab chiqarish" kombinati qurilishi boshlandi. Shu yillar O‘zbekistonda trikotaj ishlab chiqarish xam rivojlandi. Toshkentda "Malika" trikotaj ishlab chiqarish birlashmasi, Andijonda ichki trikotaj buyumlari fabrikasi va boshqalar tashkil etildi.
Ma’lumki halqimiz qadimdan dunѐga mashxur gilamlar ishlab chiqarishga ustasi farang.
70-yillarda Xivada gilam kombinati ishga tushirildi. Shu yillarda yana bir yirik ip gazlamalar ishlab chiqarish korxonasi - Buxoro to‘qimachilik kombinatining birinchi navvati ishga tushdi.
Kombinatning ikkinchi navvati 80-yillarning boshlarida ishga tushirilib, unda O‘rta Osiѐda ilk bor ip gazlamalar mokisiz STB dastroxlarida ishlab chiqarildi.
70-80 yillarda, umuman, O‘zbekistonda ko‘plab to‘qimachilik korxonalari tashkil etildi. Respublikada yetishtiriladigan paxta tolasini ko‘prok qayta ishlash maqsadida Andijonda ip gazlamalar ishlab chiqarish kombinati, Viloyatlarning kichik shaxarlari va tumanlar markazlarida nisvatan kichik quvvatli yigiruv, tikuv, yigiruv-to‘quv fabrikalari ishga tushirildi.
80 - yillarning o‘rtalarida boshlangan «Qayta qurish" siѐsati, Ittifoqning tarqalishi va respublikalararo iqgisodiy aloqalarning uzilishi to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishning kamayishiga savab bo‘ladi.
Sobiq Ittifoqning ko‘plab respublikalarida mahsulot ishlab chiqarish ikki va undan ko‘prok kamayganligini, Rossiyaning 1997 yil 5-sonli "Tekstilnaya promыshlennost" jurnalida chop etilgan quyidagi 2-jadvalda qurishimiz mumkin.

Davlatlar

1996y., 1995 yilga nisvatan ishlab chiqarish mahsulotlarining xajmi, foiz xisobida.




Gazmollar

Trikotaj mahsulotlari

Paypoq-noski mahsulotlari

Ozarboyjan

41

28

24

Belarusiya

103

97

94

Gruziya

61

38

39

Qozog‘iston

90

37

49

Qirg‘iziston

126

67

143

Rossiya

80

56

74

Tojikiston

56

36

77

O‘zbekiston

97

141

104

Ukraina

65

47

58

2-jadvaldan ko‘rinib turibdiki, 1995 yilga nisvatan 1996 yidda Ozarbayjonda gazlama ishlab chiqarish 2,4 marta, trikotaj ishlab chiqarish 3,5 marta, paypoq-noski mahsulotlari esa 4,2 marta kamayib ketgan. Boshqa Respublikalarda xam jadvaldagi ko‘rsatkichlarning kamayganligini qo‘rib turibmiz. Fakat O‘zbekistonda gazlama ishlab chiqarish 3 foizgagina kamayib, boshqa to‘qimachilik mahsulotlarining ko‘payganligi, davlatimizni kuchli iqtisodiy siѐsatining natijasi ekanligi ko‘rinib turibdi.
O‘zbekistonning mustakillikka erishishi mamlakatimizda to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda yangi sifat o‘zgarishi bosqichi bilan bog‘lik bo‘lyapti.
Respulikamiz xukumati va bevosita Prezident I.A Karimov e’tibori va ѐrdamida tarmoqning deyarli xamma korxonalarida xususiylashtirish dasturiga ko‘ra ochiq turdagi Xissadorlik jamiyatlari tashkil etilyapti.
O‘zbekiston Respu6likasi Vazirlar Maxkamasining 29 aprel 1996 yil 166 - sonli "Yengil va maxalliy sanoatlariga davlat ѐrdami to‘g‘risida"gi va 27 iyun 1997 yil 326 - sonli "O‘zbekengilsanoat" uyushmasi bilan chet el kompaniyalarini, qo‘shma korxonalarni joriy etish tadbirlari to‘g‘pisida"gi qarorlari yangi quvvatlarning qurilishini tugatish, mavjud korxonalarda texnika va texnologiyani yangilash dasturi bo‘ldi. Dasturda Respulikamizga dunѐdagi ilg‘or texnologiyani keltirish, chet el investitsiyasini jalb etish, bank kreditlaridan foydalanib, dunѐ bozoriga xaridorgir mahsulotlar chiqarishga erishish, eksport imkoniyatlarini kuchaytirib, yuqori sifatli, ayniqsa, bolalar assortimentini ko‘paytirish mo‘ljallangan.
Bu qarorlarning bajarilishi - chet el invistitsiyasini jalb etish 1996 yilda 81,4 ming AQSh dollari, 1997 yilda 90,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. 1998 yilda investitsiya 1995 yilga nisvatan 3,7 marotava sshib, 81,4 mln. AQSh dollarini tashkil etdi. Bulardan tashqari 1995-97 yillarda Respublikamiz o‘z ichki imkoniyatlaridan foydalanib, 58,0 mln. AQSh dollarini to‘qimachilik sanoatining rivojlanishiga o‘zlashtirdi.
1994- 2000 yillarda Respublika Yengil va to‘qimachilik sanoatida 15 ga yaqin qo‘shma korxonalar tashkil etilib, ularda sohaning umumiy hajmidan 20,6 foiz mahsuloti ishlab chiqarildi, eksportga sotilgan mahsulot esa 88,1 foizni tashkil etish imkonini berdi.
Yengil sanoat korxonalariga jalb etilgan sarmoyalarning o‘sish dinamikasi quyidagi raqamlar bilan ifodalanadi:
1994 yilda jalb etilgan sarmoyalar xajmi 5,25 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan bo‘lsa, 2000 yilga kelib, bu ko‘rsatkich 465,6 mln. AQSh dollariga yetdi.
O‘zbekiston Oliy Majlisining birinchi chaqiriq XIV sessiyasida belgilangan va
Respublika Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 27 martdagi Topshiriqiga binoan «O‘zbekengilsanoat» uyushmasida ishlab chiqilgan dasturda mahsulotlarni eksportga sotish hajmini 1999 yilga nisvatan 5 varovarga ko‘paytirib 2005 yilda 550 mln. AQSh dollariga yetkazish mo‘ljallangan.

Download 11,96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish