7- mavzu: Inson mexnatida fan yutuqlari va texnik vositalarning o`rni.
Metallar texnologiyasi tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Tosh qurollar yasashdan metall yasashga o‘tilishi insoniyat tarixida muhim ahamiyat kasb etdi. Arxeologik kuzatishlar shundan dalolat beradiki, odam metall qurol yasashda dastlab misdan foydalanib neolit davrida, ya’ni milloddan avvalgi 4-3 ming yillikda turli mehnat va ov qurollari yasaganlar. Ular tabiiy misni eritish, quyish va uni bolg‘alab har xil shakl berish, misni sovuqlayn ishlash usullarini bilgan.
Metall rudalardan metallarni ajratib olish ham qadimdan ma’lum. Inson astasekin tarkibida boshqa metallar bo‘lgan rudalarni kulolchilik o‘choqlarida eritib, metall olish usullarini bilib olgan.
O‘zbekiston xududida yashagan ajdodlarimiz ham milloddan avvalgi 3 ming yillik oxirida sof misni eritib, quyib, bolg‘alab, asosan, bezak buyumlar yasaganlar. Asta-sekin qalay, kumush, oltin va boshqa rudali metallarni eritish, quyish va qizdirib ishlash usullarini o‘rganib olganlar, ayniqsa bu davrda zargarlik, qurol-aslaha yasash ancha rivojlangan.
Milloddan avvalgi 2-ming yillikka kelib esa misning qalay bilan qotishmasibronzadan foydalanila boshlandi. Taxminan shu ming yillik o‘rtalaridan e’tiboran ajdodlarimiz temir eritib olishni ham yo‘lga qo‘yganlar. Bunda rudalarni ko‘rada 11001350 temperaturada bevosita qizdirib qaytarish usuli bilan temir olingan. Oradan ancha vaqt o‘tib XIV-asr o‘rtalarida cho‘yan, keyinroq esa (XV-asrda) po‘lat olingan. Po‘lat o‘tga chidamli idish-tigel ѐrdamida olingan.
Farg‘ona vodiysi aholisi ham boshqa mintaqadagi aholi kabi qadimdan metalsozlik bilan shug‘illanganlar. Jez quyish metall buyumlar yasashning murakkab sohasi bo‘lib, ushbu sohaning vodiyda qadimdan rivojlanganligini arxeologik topilmalar tasdiqlaydi. Jumladan 1953 yil Chustda o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlar davrida milloddan avvalgi II ming yillikka oid bronza buyumlarini va 1951 yilda Pomir-Farg‘ona ekspeditsiyasi tomonidan Vodilning Jangoyil mavzesidan II-V asrlarga oid zargarlik, misgarlik, temirchilik, pichoqchilik mahsulotla-rini, bronza ѐki qizil misdan yasalgan oynani, bronzadan tayѐrlangan sirg‘ani, qo‘ng‘iroq uzukni, temir pichoqni, o‘q uchi kabi moddiy madaniyat namunalarini topilishi yuqoridagi fikrlarni tasdiqlaydi.
Mis va temir rudasi vodiy xududida joylashgan Isfara, G‘ovasoy, Novqat, Arslonbob, Oxangaron konlaridan olingan. Arab sayѐxi 33 Makdisiy o‘z asarida ―Musilmon mamlakatlarida O‘rta Osiѐning xamma buyumlari ichida eng mashxurlari Zarafshon ipak va ip to‘qimalari va Farg‘onaning metaldan yasalgan qurollaridir‖ deb ѐzgan edi. Vodiydagi temir koni haqida Zahiriddin Boburning mashhur ―Boburnoma‖ asarida ham ma’lumotlar keltirilgan
Uzoq yillar davomida Namangan viloyatida joylashgan qadimgi shahar Axsikent xarobalarida olib borilgan arxelogik qazishmalar natijasida bu yerda metalga ishlov berish ishlari yuksak darajada amalga oshirilganligi aniqlandi. Chunonchi, arxelogik izlanishlar davomada shahriston hududida temir va mis eritadigan maxsus pechlar, hunarmandlarning ustaxonalarida esa metall toblaydigan o‘choqlar ochildi. Axsikent ustaxonalarida qurilish va xo‘jalik uchun ishlatiladigan oddiy metall buyumlardan tortib, to ―egilsa ham sinmaydigan‖, ―toshga solsa kesadigan‖ qilich va xanjarlar tayѐrlangan.
Axsikent hunarmandlari o‘sha vaqtlarda po‘latning egiluvchanligini oshirish usullarini yaxshi bilishgan, lekin buni qattiq sir saqlashgan. Ular oliy sifatli po‘latni maxsus idish – tigelda (o‘tga chidamli gil qozonchada) hamda pechda tayѐrlashgan. Pechning devorlari ham yuqori haroratga chidamli tigelga ishlatilgan maxsus loy bilan suvalgan. Bunday pech va tigel 1650-1700 darajali issiqqa chidagan. Tayѐr bo‘lgan po‘lat tigelni sindirish yo‘li bilan olingan. Nima sababdan qimmatbaho idishni sindirishga majbur bo‘lingan? Chunki, texnologik qoidaga muvofiq, metall tayѐr bo‘lganda u tigelning tubida qolib, uning usti toshqol bilan qoplangan bo‘ladi
XVIII-XIX asrlarda ham Farg‘ona vodiysining ayrim qishloqlarida temir rudasi qazish yo‘lga qo‘yilgan. Masalan vodiydagi Bog‘iston, Sazak, Naqay singari tog‘li qishloqlarning aholisi bu davrda temir rudasini kichik-kichik qozonlarda eritib, o‘sha joyning o‘zida sotganlar.
Vodiyda cho‘yan quyish (degrezlik) hunarmadchiligi ham rivoj topgan. Qo‘qon, Namangan, Andijon kabi shaharlar yirik degrizlik markazlari hisoblangan. Ushbu tarmoq Chust, Kosonsoy, Konibodom, Rishton, Marg‘ilonda ham rivoj topgan
Cho‘yan quyuvchilar qishloq xo‘jalik mehnat qurollari bilan birga qozon ham quyganlar. Shu sabab tarmoqning nomi Qo‘qonda degrizlik, ya’ni tojikcha ―deg‖ – qozon, ―rez‖ – quyish – qozon quyish ma’nosini bildirgan.
Metalsozlar bu davrda cho‘yan quyishda turli asboblardan xususan, qoliplarni yasaydigan chorcho‘p, charx, belkurak, iskanja, lavgir, lattosh, sixcha, taganak(tevonak), tarnov(shovva), chanoq, cho‘mich, ettaxta, chiroq kabilardan foydalanganlar. Degrezlar odatda manqaldon, juvoz boshmog‘i, rus uslubidagi o‘choq plitasi, paxta tozalash – ―jin‖ dastgohi maxovigi, choy idish, tamaki tuyish uchun keli sopi, aspak, qora chiroq, arava g‘ildiragi takcho‘ѐni ѐki halqa quyganlar.
Cho‘yan quyish ustaxonasi loydan qurilgan bosqonli o‘choq va ѐpiq binodan iborat inshoat bo‘lgan. Farg‘onada bu o‘choq ―ѐndo‘kon‖ deb atalgan. Bu yerda o‘tga chidamli g‘ishtdan metall ichiga havo haydovchi ―ko‘z‖ darcha qilingan. Havo echki terisidan qilingan dam orqali berilgan. Hovlida qish paytida quyilgan qoliplar quritiladigan ―xumbaz‖ joylashtirilgan.
Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish kerakki, cho‘yan quyish o‘lkada zarur darajada rivojlana olmadi. Chunki hunarmandlar tayѐrlagan cho‘yan buyumlar bu yerga Ural zavodlarida quyilib keltirilaѐtgan zavod mahsulotlari bilan raqobatlasha olmagan. Mahalliy ustalar asosan bu davrda ushbu keltirilgan buyumlarning siniqlarini qayta quyish bilan shug‘ullanar edilar. Butun O‘rta Osiѐ, shu jumladan, Farg‘ona viloyati aholisini ham shu zavodlar mahsulot bilan ta’minlanganlar. XIX asr o‘rtalarigacha degrezchilar xom ashѐni mahalliy konlardan olganlar. Keyinchalik rus mustamlakachiligi davrida Rossiyadan keltrilgan temir-tersaklardan foydalanilgan. Orenburg va Troisk orqali Uraldan Kostinskiy zavodining mahsulotlari, yuzlab tonna cho‘yan buyumlari O‘rta Osiѐga keltirilgan.
Bu davrda sanoat usuli bilan tayѐrlangan rus metall buyumlarining O‘rta Osiѐ bozorlariga kirib kelishi muayyan darajada mahalliy xunarmandlar ishining qisqarishiga olib kelgan. Biroq, tarmoq faoliyati butunlay to‘xtab qolmadi. Chunki, ular tayѐrlagan buyumlar aholi turmish tarziga moslab, didini hisobga olib tayѐrlanar va narxi ham ancha arzon edi.
XX asr boshlarida Farg‘ona vodiysining barcha shahar–qishloqlarida qimmatbaho metallardan buyum tayѐrlash-zargarlik kasbi ham rivoj topgan. Zargarlar asosan mahalliy savdogarlardan olgan xom ashѐ-kumushdan buyum yasaganlar.
Xullas, ajdodlarimiz qadimdan metallar texnologiyasi bo‘yicha mu’ayyan bilim hamda tajribalarga ega bo‘lganlar va butun tarixiy taraqqiѐt davomida ushbu hunar turini rivojlantirib kelganlar.
Qarang: Boburnoma. T., 1989 yil 94- bet.
Qarang: A.Anorboev. Qadimgi va o‘rta asrlarda Axsikent.\\ O‘zbekiston tarixida Qadimgi Farg‘ona. T., 2001 yil. 18-19 betlar.
3.Qarang: Xozyaystvenno-kul’turnыe traditsii narodov Sredney Azii i Kazaxstana. M.,
1975 str.112-s.
Do'stlaringiz bilan baham: |