59
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi
alohida bo‘linmalarning vujudga kelgan
ajratilishi, ular o‘rtasidagi aloqalar va bo‘linmalarning
yagona bir butunga
birlashishini aks ettiradi.
Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy
mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini o‘z ichiga
oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli e‘tiborning
predmeti
bo‘ladi. Boshkaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga
oshirish masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg‘orroq
texnologiyalarni paydo bo‘lishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari
yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq bo‘lib bormoqda, chunki ularni hal qilish
tashkilot uchun kelajakda jiddiy va g‘oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi
mumkin.SHuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning
ichki xayotida salbiy
jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi,
xodimllardagi motivatsiyani yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Xodimlar
har qanday tashkilotning asosi bo‘ladilar
Odamlarsiz tashkilot
yo‘q. Tashkilot faqat unda odamlar bo‘lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi.
Odamlar tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning
ichki muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog‘likdir.
SHuning munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun ―birinchi sonli
predmet‖ bo‘ladilar.
Tashkiliy madaniyat
-bu tashkilot a‘zolari tomonidan taqsimlanadigan eng
muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir.Tashkilotning
hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo‘lgan holda, u ham tashkilotning
ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi.
Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:
tashkilotni mavjud bo‘lishining ma‘nosini va uning xodimlar va mijozlarga
munosabatini beruvchi falsafa;
tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo‘lish
maqsadlariga yoki ushbu
maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo‘lgan ustivor qadriyatlar;
tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar
tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me‘yorlari;
tashkilotda ―o‘yin‖ olib boriladigan qoidalar;
tashkilotda mavjud bo‘luvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va
tashkilot a‘zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o‘zaro hamkorlik qilishlarida
nomoyon bo‘luvchi muhit;
tashkilotda ma‘lum tadbirlarni o‘tkazish, ma‘lum
ifodalar, belgilar va
h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf- odatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: