43
Maqsadlar –
bu aniq yakuniy holatlar bo‘lib, u yoki bu sub‘ekt (tashkilot,
jamoa, inson)ning faoliyati unga erishishga qaratiladi.
Maqsadlar tashkiliy
munosabatlarni belgilaydilar, ularga motivatsiya va nazorat tizimlari asoslanadilar.
Maqsadlarning ikkita asosiy turlari mavjud: uzoq muddatli va qisqa muddatli.
Odatda bir yil yoki kamroq muddatda erishiladigan maqsadlar qisqa muddatli, uch
yil yoki ko‘proq muddatda erishiladiganlar maqsadlar uzoq muddatli deb
hisoblanadilar.
Agar zaruriyat vujudga kelsa, yana oraliq (o‘rtacha muddatli)
maqsadlar ham belgilanadilar.
To‘g‘ri shakllangan maqsadlarni qanoatlantirishlari kerak bo‘lgan bir necha
asosiy talablar mavjud. Ular quyidagicha bo‘lishlari kerak:
-
haqiqiy;
-
egiluvchan;
-
o‘lchanadigan, vaqtga qaratilgan;
-
aniq;
-
bir birlari bilan birga bo‘la oladigan;
-
ta‘sirning asosiy sub‘ektlari uchun qulay;
Boshqaruv tizimida bir necha o‘zaro bog‘langan maqsadlar mavjudligida
maqsadlar tizimi(daraxti)ni qurish zaruriyati vujudga keladi.
U maqsadlar
ierarxiyasini , ya‘ni umumiylik, ahamiyatlilik va maqsadga erishishning izchilligi
darajasi bo‘yicha joylashgan, bir biriga bo‘y- sunuvchi maqsadlarning tartibga
solingan majmuasini qurishdan iboratdir.
Rejalar nima qilish kerakligini ko‘rsatuvchi ro‘yxatga egalar, qo‘yilgan
maqsadlarga erishish uchun zarur bo‘lgan ishni bajarishning izchilligi, resurslar va
vaqtni belgilab beradilar. SHunga ko‘ra rejalashtirish quyidagilarni o‘z
ichiga
oladi:
maqsadlar va vazifalarni belgilash;
maqsadlarga erishish uchun strategiyalar, dasturlar
va rejalarni ishlab
chiqish;
zarur resurslarni aniqlash va ularni maqsadlar va vazifalar bo‘yicha
taqsimlash;
rejalarni ularni bajarishi kerak bo‘lgan, ularni amalga oshirish uchun
javobgar bo‘lgan kishilarga yetkazish.
Strategik rejalashtirishdan taktik, keyinroq esa operativ (odatda bir yillik)
rejalashtirish
kelib chiqadi, u yetarlicha batafsil quriladi. Ushbu rejaga muvofiq
tashkilot faoliyatining har bir yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatning hajmi belgilanadi.
Ishchi kuchi va kapital kiritmalarni jalb qilish bo‘yicha rejalar, mahsulotni ishlab
chiqarish rejalari tuziladi. Yillik reja ishlab chiqarish va sotish rejalarini choraklar
va oylar bo‘yicha tafsiloti bilan aniqlab beradi. Bunda har bir bo‘linma har oyda
sotishlar va xarajatlar bashoratlarini aniqlab oladi va o‘z
rejalarini ushbu
aniqlashlar bilan moslashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: