II. O‘quv fanining maqsadi va vazifasi
Fanning maqsadi – o‘rganilayotgan ikkinchi chet tilini kommunikativ, lingvistik, sosiolingvistik, diskursiv, strategik, kasbiy, umummadaniy kompetentlikni integrallashgan yondashuv asosida o‘qitishdan iborat. Kompetentlik, kommunikativ va integrallashgan yondashuvlar xorijiy tilni faol kommunikativ muloqot vositasi sifatida kasbiy faoliyatda amaliy qo‘llay olish tamoyillariga ko‘ra belgilanadi.
Fanning vazifasi – talabalarni nutq vaziyatlarini to‘g‘ri baholagan holda ulardan to‘g‘ri va unumli foydalana olishga o‘rgatish, tilning fonetik, grammatik, leksik va stilistik, tipologik jihatdan to‘laqonli nutq ko‘nikmalarini shakllantirish, shuningdek ularning o‘rganilayotgan ikkinchi chet tilida ravon va aniq so‘zlashishlarini hamda hozirgi paytda dunyoda sodir bo‘layotgan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy voqelikka o‘rganilayotgan chet tilida o‘z munosabatlarini bildira olishlarini ta’minlashdan iborat.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
–o‘rganilayotgan tilning morfologik tuzilishi va tovush tizimi, o‘rganilayotgan ikkinchi tildan asosiy o‘rganilayotgan tilga hamda ona tiliga tarjima amaliyoti, o‘rganilayotgan tilning rivoji va til doirasidagi asosiy ekstralingvistik shakllanish faktorlari hamda tarixiy manbalari, uning dialektik xilma-xilligi haqida tasavvurga ega bo‘lishi;
–ikkinchi chet tilidagi e’lon va xabarlarni tushuna olishi, ma’ruza nutq, bayonot, so‘rov va fikrlarning mohiyatini tushuna olishi, radio, intyernet, televidenie dasturlari, intyervyularning aksariyat qismini tushuna olish, o‘z mutaxassislik sohalariga oid yoki oid bo‘lmagan keng ko‘lamli birmuncha uzun va murakkab matnlarning uslubiy jihatlari, o‘z mutaxassislik sohalariga oid manbalardan tegishli tafsilotlarni ola bilishi, tilning stilistik xususiyatlari, me’yoriy grammatika asoslarini bilishi, maxsus nomalar, biznes xatlar, elektron xatlar yoza olish, o‘rganilayotgan tilda yaxshi tuzilgan insho va ma’ruzalar yozish, takliflar, xulosalar va tezislar yoza olish, talab qilinsa o‘z sohalari bo‘yicha bitiruv malakaviy ishi yoza olish malakalariga ega bo‘lishi;
–o‘rganilayotgan tilda so‘zlashuvchilar bilan muloqotga kirishish, o‘z sohalariga oid intyervyuda qatnasha olish, rasmiy savol-javoblarda ishtirok eta olish, ma’lum mavzu bo‘yicha taqdimot qila olish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Ikkinchi chet tilidan o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda barcha til ko‘nikmalari - tinglab tushunish, o‘qish, yozish va gapirish talabalarga integrallashgan holda o‘qitiladi. Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etish, o‘tkazish va talabalarning tilni o‘zlashtirganliklarini baholashda til egallashning xalqaro e’tirof etilgan mezonlariga amal qilinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |