1.2Tovarning xususiyatlari
Tovar iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilgan mahsulotlar tovargaaylanadi.Tovar – bu sotish va almashtirish uchun mo’ljallangan mehnatmahsulotidir. ... Bu moddiy yoki xizmat ko’rsatish shaklini olgan har qandaymahsulot bo’lishi mumkin. Xizmatlarga bo’lgan talab hozirgi paytda narsalarga bo’lgan talabdan tezroq o’sib bormoqda. Shuning uchun, “tovarlar” bilangaplashadigan bo’lsak, ushbu guruh xizmatlarni ham o’z ichiga oladi.
Bozor sharoitida mahsulot sotuvchilar va xaridorlar o’rtasida sotish va sotibolish ob’ekti bo’lganligi sababli, mahsulot qandaydir insonni qondirish qobiliyatigaega bo’lishi kerakkerakodam uchun foydali bo’lishi. Biror narsaning odamga foydali bo’lishi, uning ehtiyojini qondirish xususiyat itovarlarning iste’mol qiymati deyiladi.
Mahsulotning yana bir xususiyati ayirboshlash qiymati- ma’lum miqdordaginisbatda boshqa tovarlarga almashtirish imkoniyati. Tovarga aylanish uchunmahsulot almashinish bosqichidan o’tishi kerak, ya’ni. Ishlab chiqaruvchining qo’lidaniste’molchining qo’liga o’tish. Binobarin, tovar ayirboshlash munosabatlariningmahsulidir. Ushbu munosabatlardan tashqarida mahsulot yo’q.
Pul boshqa barcha tovarlarga almashtirishga qodir bo’lgan universalvositachilik mahsuloti sifatida paydo bo’ldi. Ushbu vositachilik mahsuloti o’z vaqtida resurslarni sotish va tayyor mahsulotlarni sotib olish jarayonlarini ajratadi.
Keyinchalik, ishlab chiqaruvchilar tovar aylanmasining eng oddiy sxemasigamuvofiq tovarlarni (xizmatlarni) va resurslarni (moddiy va mehnat) iste’molchilar bilan almashtirganda, hali ham pul yo’q edi. Pul paydo bo’lganda, ikkita yangi oqim paydo bo’ladi – etkazib berilgan resurslar (daromad) uchun to’lovlar va tovarlarnisotib olish uchun to’lovlar.tovarning ikki xususiyati bor: birinchidan, u kishilarning qandaydir ehtiyojini qondiradi: ikkinchidan, u o’zida ijtimoiy mehnat sarflarini mujassamlashtiradi. Tovar boshqa buyumga ayirboshlana oladigan buyum bo’lib, u iste`molqiymatga vaalmashuv qiymatlariga ega.
Buyumning iste`mol qiymati shundan iboratki, u kishilar uchun foydali,naflidir. U shaxsiy iste`mol buyumi yoki ishlab chiqarish vositalari sifatida kishilarning biron – bir ehtiyojini qondiradi.
Naflilikni aniqlashda ham turlicha yondoshuvlar mavjud. Masalan, marjinalizmmaktabi asoschilari ham, ularning keyingi davomchilari ham tovarlar nafliligini aniqlashda alohida olingan individning hayolidagi psixologik yondoshuv bilan, ya`ni hech kim bilan aloqasi bo’lmagan o’rmondagi cholning yoki kimsasiz orolda bir o’ziqolib ketgan Robinzonning hayoli bilan aniqlash usulini qo’llaydilar. Xolbuki, tovarayirboshlash jamiyat a`zolari o’rtasida, gavjum bozor qatnashchilari o’rtasida sodir bo’ladi. Ular naflilikning negizida ob`ektiv iqtisodiy jarayon borligini, naflilik tabiatashyosi bilan jonli mehnatning birikishi natijasida, to’g`rirog`i naflilik aniq mehnat bilan tabiat ashyosining xususiyatlari o’zgartirilishi natijasida vujudga kelishinio’ylab ham o’tirmaydilar. Albatta, tabiatda mavjud bo’lgan yoki inson mehnati bilan yaratilgan har qanday narsa ham naflilikka ega bo’lavermaydi. Masalan, jamiyatga 100 dona soat zarur bo’lgani holda, 120 dona soatning ishlab chiqarilishi uning 20donasining nafsiz bo’lishiga olib keladi. Ya`ni, jamiyat uchun zarur bo’lgan 100 dona soatgina naflilikka ega bo’ladi.
Shuning uchun iqtisodiyot nazariyasida ijtimoiy zaruriy naflilik degantushuncha ishlatiladi va bozor mana shu ijtimoiy zaruriy naflilikni tan oladi.
Ijtimoiy zaruriy naflilik deb talab miqdoriga mos keladigan miqdordaginaflilikka aytiladi.
Har bir tovar ma`lum bir naflilikka ega, lekin bu naflilik uni yaratuvchining o’zehtiyojlarini emas, balki ayirboshlash orqali boshqa kishilar talabini qondiradi, ya`nitovarning ijtimoiy nafliligi hisoblanadi. Bozor har qanday naflilikni emas, ijtimoiynaflilikni hisobga oladi. Agar bu fikrni yanada rivojlantirsak, bozor ijtimoiy zaruriynaflilikni, ya`ni jamiyat uchun (xaridorlar uchun) zarur miqdordagi naflilikni hamdashu ijtimoiy zaruriy miqdordagi naflilikni ishlab chiqarish uchun sarflangan ijtimoiyzaruriy mehnatni hisobga oladi. Ijtimoiy naflilik tovarlarning boshqa tovarlargaayirboshlanish qobiliyatiga ega bo’lganligi uchungina o’zining yaratuvchisiniqiziqtiradi. Tovarning ayirboshlanuvchanlik xususiyati almashuv qiymati nominioladi. Tovarlarni sotishda ularning narx ko’rsatkichi almashuv qiymatini yaqqolko’rsatadi. Inson mehnati bilan yaratilmagan ko’plab ne`matlar masalan, buloqsuvlari, yovvoyi daraxt mevalari ma`lum naflilikka ega bo’ladi. Lekin ular har doimham tovar bo’lavermaydi. Masalan, bu ne`matlar o’sha joyning o’zidan olinib,iste`molchi tomonidan iste`mol qilinsa tovar hisoblanmaydi. Ne`matlar tovar bo’lishiuchun, ular ayirboshlashga mo’ljallangan, ma`lum mehnat sarflangan, bozorga sotishga chiqarilgan bo’lishi zarur.
Shunga ko’ra, tovar mahsulotdan farqlanadi. Tovar, eng avvalo, o’z iste`moli uchun emas, balki boshqalarning iste`moli uchun bozorga sotish maqsadida tayyorlanadigan mahsulotdir. Tovarning natural – buyum va ijtimoiy – iqtisodiy tomonlari, xususiyatlari ana shundan kelib chiqadi.Tovarning almashuv qiymati – bu biror turdagi naflilikning boshqa turdagi naflilikka ayirbosh qilinadigan miqdoriy nisbatidir. Masalan, bitta bolta 20 kg donga 12ayirbosh qilinadi. Ayirbosh qilinadigan tovarlarning bu miqdoriy nisbatida ularningalmashuv qiymati ifodalanadi.
Almashuv qiymati nimaga asoslanadi? Qiymatning mehnat nazariyasi tarafdorlari hisoblaydiki, tovarlar qiymatining umumiy asosi – bu mehnat, shusababli ular ma`lum miqdorlarda bir-biriga tenglashtiriladi. Ularning fikricha tovarlarning tabiiy xususiyatlaridan birortasi – og`irligi, hajmi, shakli va shu kabilarumumiy asos bo’la olmaydi, faqat mehnat sarflari shunday asos hisoblanadi.Almashishning zarur sharti ayirbosh-lanadigan tovarlarning turlicha nafliligihisoblanadi, lekin har xil tovarlarning nafliligi sifat jihatidan turlicha bo’lib, ularmiqdoriy o’lchamga ega emas. Miqdor jihatdan baravarlashtirish esa, hamma sifat jihatidan umumiy, yagona biron- bir narsa bo’lishini taqozo etadi, bunday umumiynarsa ularni yaratish uchun sarflangan mehnatdir.
Bu o’rinda so’z mehnatning muayyan, aniq turlari to’g`risida bormaydi. Buturlar bir-biridan sifat jihatdan farq qiladi, bu esa aniq iste`mol qiymatlariningxususiyatlarini keltirib chiqaradi. Tovarlar o’lchovdosh bo’lishining boisi shuki, bularning hammasi umuman inson mehnati mahsulidir, ya`ni inson kuchi, miyasi,mushagi, asablari va hokazolari sarfning mahsulidir. Demak, umuman inson mehnatimahsuli sifatida tovarlar bir xil va o’lchovdoshdir. Tovarda mujassamlashganijtimoiy mehnat uning qiymatini tashqil qiladi. Bu qiymat tovar ayirboshlagandako’rinadi, shuning uchun almashuv qiymati (ya`ni iste`mol qiymatlarini ayirboshlashnisbati) qiymat shakli bo’lib, uning ichki mazmunini tashkil etadi. Bu holatL.M.Kulikov tomonidan qiymat va almashuv qiymatini tovarning alohida asosiyxususiyatlari sifatida ajratilib ko’rsatilishida namoyon bo’ladi. «Qiymat – bu tovarishlab chiqarish va uni sotish (ko’pincha qisqacha qilib «ishlab chiqarish xarajatlari»deb ataydilar) qanchaga tushganligi ifodasidir. Tovarni ayirboshlaganda (sotilganda)ishlab chiqaruvchi (sotuvchi), tabiiyki, o’z xarajatlarini qoplashni istaydi, biroq bozorda boshqacha nisbatlar tarkib topishi mumkin. Endi ularni boshqa ko’rsatkich – almashuv qiymati ifodalaydi. Bu bir tovar boshqasiga ayirboshlanadigan miqdoriynisbatdir». Tovarning o’zi esa ikki tomon-naflilik va qiymatning uzviy birligidan iboratdir.
Shu o’rinda ta`kidlash lozimki, L.Kulikov tomonidanqiymatga berilganyuqoridagi ta`rif ba`zi hollarda iqtisodchilar tomonidan yo’l qo’yiladigan yanglishfikrlardan ham holi emas. Ya`ni, qiymatning ishlab chiqarish xarajatlari bilanayniylashtirilishini u tomonidan yo’l qo’yilgan xatolik deb hisoblaymiz (ishlabchiqarish xarajatlari qiymatning bir qismi bo’lib, miqdor jihatidan undan kamdir).
Tovar qiymatining miqdori, ijtimoiy-zaruriy vaqt deb ataladigan ish vaqti bilanhisoblanadi. Ijtimoiy zaruriy ish vaqti muayyan ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va muayyan jamiyatdagi mehnat malakasi va jadallashuvi darajasi o’rtacha bo’lgan sharoitda biron bir tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo’lgan ish vaqtidir.Tovar qiymatining miqdorini hisoblashda mehnatning oddiy va murakkab, malakaliva malakasiz, aqliy yoki jismoniy turlari hisobga olinadi. Qiymatni hisoblashdanisbatan murakkab mehnat ko’paytirilgan yoki darajaga ko’tarilgan oddiy mehnatsifatida hisobga olinadi, shu sababli oz miqdordagi murakkab mehnat ko’pmiqdordagi oddiy mehnatga tenglashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |