18-mashg’ulot
Mavzu. NERV SISTEMASI TUZILISHI- NEVROLOGIYA (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam nerv tiziminingtarqatma materiallari.
2. Odam nerv tiziminingmulyajlari.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa
Odamning nerv tiziminio’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam nerv tiziminituzilishini ko‘rib chiqish.
I.M.Sechenovning ta’biri bilan aytganda, “faoliyati reflekslarga asoslangan nerv sistemasi” bir necha xil vazifalarni o’taydi. Birinchidan, u organizmda turli funksiyalarni bajaradigan a’zolarning ishlashini idora qiladi, shuningdek bir-biriga bog’laydi va moslab turadi. Ikkinchidan, organizmni o’rab turgan tashqi muhitdan turli xildagi ta’sirotlarni qabul qilib, unga munosib javobni qaytarish yo’li bilan organizmni tashqi muhit bilan bog’laydi. Organizmdagi deyarli hamma a’zolar va to’qimalarga nerv tolalari tarqalganligi va bu oxirgi tolalar (nerv uchlari) ning hammasi markaziy nerv sistemasi bilan bog’langanligi tufayli nerv sistemasi shu a’zolarni, ya’ni organizmning hamma bo’laklarini yagona (yaxlit) bir sistemaga birlashtiradi. Natijada, hamma a’zolarning ishi birbiriga uzviy bog’langan bo’ladi. I.P.Pavlov ta’limotiga ko’ra, organizmning tashqi yoki ichki muhitdan nerv reseptorlariga (dastlab qabul qilib oluvchi tolalariga) o’tgan ta’sirot nerv qo’zg’alishi jarayoniga aylanadi va sezuvchi nerv tolalari (o’tkazish yo’llari) yordamida markaziy nerv sistemasiga boradi. U joydan boshqa (harakatlantiruvchi) yo’llar yordami bilan ishchi a’zolarga yetadi. Nerv sistemasining asosini tashkil qiluvchi nerv hujayralari o’zidan shoxlar chiqaradi. Har bir nerv hujayrasi o’zidan chiqqan shoxlar bilan birga neyron deb ataladi. Dekmak, nerv sistemasining hammasi neyronlar to’plamidan iborat. Nerv hujayralari tarmoqlari yordamida bir-biri bilan bog’langan bo’ladi. Lekin hujayralar bog’lanuvchi tolalarining uchlari bir-biriga qo’shilib (ulanib) ketmay, tegib turadi, xolos. Ana shu nerv tolalarining bir-biriga tegib turgan joylari sinaps deb ataladi. Nerv hujayralari asosan nerv sistemasining markaziy qismida joylashgan bo’lib, ularning shoxlari periferik nervlarni hosil qiladi. Demak, har qaysi nerv orqa va bosh miyaga boruvchi (markazga tomon harakatlanuvchi yoki sezuvchi), shuningdek shu miyadan ishchi a’zolarga boruvchi (markazdan uzoqlashuvchi yoki harakatlantiruvchi) tolalar (o’tkazish yo’llari) dan iborat. Markaziy va periferik nerv sistemalarining birgalashib ishlashini sodda qilib tushuntirish uchun shunday misolni keltirishimiz mumkin. Qarshimizda bir necha qavatli katta bino turibdi, deb faraz qilaylik. Shu binoga har tarafdan keltirilgan juda ko’p telefon simlari kiritilgan, bu simlar telefon apparatlariga ulangan. Telefon simlari orqali turli mazmundagi xabarlar tashqaridan va shu bino ichidagi xonalardan kelib turadi hamda hammasiga munosib javoblar yuboriladi. Ana shu har bir ta’sirotni markazga olib borib, undan javobni ishchi a’zoga yetkazuvchi ikki xil (sezuvchi va harakatlantiruvchi) nerv tolalari hosil qilgan yoy refleks yoyi deb ataladi. Demak, hamma reflekslarning asosida ikki xil neyrondan iborat refleks yoyi o’tadi. Butun nerv sistemasini quyidagi uch qismdan tuzilgan, desak bo’ladi:
1) reseptorlar (dastlab qabul qiluvchilar) tashqi yoki ichki muhitdan qabul qilgan ta’sirotni nerv jarayoniga (nerv qo’zg’alishiga) aylantirib, markazga tomon intiluvchi (afferent) neyronga beradi. Bu yo’ldan sezuvchi hujayralarga borgan ta’sirot;
2) konduktorlar (yoki assosiativ) neyron vositasida sezish hujayrasidan harakatlantiruvchi hujayraga (yo’lga) o’tadi, so’ngra u javob reaksiyasi sifatida;
3) effektorlar (markazdan uzoqlashuvchi neyron) orqali ishni (bajaruvchi) a’zolarga (muskul yoki bezga) yetib boradi.
Reseptorlar uch soha bo’ylab ta’sirot (qo’zg’alish) qabul qiladi:
1. Ekstroseptiv soha- tashqi tomondan teri yuzasi orqali olinadigan ta’sirot.
2. Introseptiv soha - bunda asosan ichki a’zolarda hosil bo’ladigan kimyoviy moddalar qo’zg’alish ta’sirini beradi.
3. Proprioseitiv soha - bunga maxsus reseptorlar vositasida tananing chuqur qismlari orqali qabul qilinadigan qo’zg’alishlarni yaratuvchi a’zolar (suyaklar, muskullar va hokazo) kiradi.
ORQA MIYA - MEDULLA SPINALISORQA MIYANING TASHQI TUZILISHI
Orqa miya orqa va old tomonga biroz yassilangan kavak (nay) ga (silindr shakliga) o’xshagan bo’lib, umurtqa pog’onasining kanali ichida joylashgan. Shuning uchun umurtqa pog’onasining bo’yin, ko’krak qiyshaymalarini (oldinga va orqaga) takrorlaydi. Orqa miyaning ustki uchi katta ensa teshigi orqali uzunchoq miyaga o’tadi, pastki uchi esa tobora toraya 125 borib, konus shaklida tugaydi. Bu joyni conus medullaris deyiladi. Shu konusning pastga qaragan uchidan ingichka tola ketadi, bunga oxirgi ip - filum terminale deyiladi, katta odamlarda bu ipning uzunligi 15 sm bo’ladi. Oxirgi ip ikkinchi dum umurtqasi qarshisida, shu umurtqani ichidan qoplovchi pardada tugaydi. Orqa miya old va orqa tomondan o’rta chiziqdan uzunasiga ketgan ikkita chiqur egat yordamida ikkita teng bo’lakka, ya’ni o’ng va chap bo’laklarga ajraladi. Egatlarning oldingisi orqadagisiga qaraganda ancha chuqur bo’lib, bunga fissura mediana ventralis anterior, orqadagi yuzarog’iga esa sulcus medianus dorsalis posterior deyiladi. Orqa egatning tagiga orqa miyaning orqa qismini ikkiga ajratib turgan yupqa parda - septum medianum kelib tutashadi. Orqa miya oldingi va orqa egatlarining tashqi tomonida joylashgan qismlari yana bir juftdan yon egatlar, ya’ni oldingi yon egatlar - sulcus lateralis anterior, orqadagi yon egatlar - sulcus lateralis posterior yordamida har tomonda uchtadan tizimchalarga bo’linadi. Bu yon egatlarning chuqurligi har xil bo’ladi. Orqadagi yon egatlar bir chuqur va yaxshi ko’rinadi. Tizimchalarning oldingisi - funiculus anterior boshqalariga nisbatan ingichkaroq bo’lib, fissura mediana anterior bilan sulcus lateralis anterior o’rtasida joylashadi, orqadagi tizimcha - funiculus posterior orqadagi o’rta egat - sulcus medianus posterior bilan sulcus lateralis posterior o’rtasida yon tizimcha - funiculus lateralis esa sulcus lateralis anterior bilan sulcus lateralis posterior o’rtasida joylashgan. Orqa miyaning og’irligi 34-38 g, o’rtacha uzunligi 43 sm, erkaklarda- 45 sm, ayollarda- 41-42 sm.
ORQA MIYANING ICHKI TUZILISHI Orqa miya ikki xil moddadan, ya’ni uning markazida joylashgan kulrang modda - substantia grisea va kulrang moddani o’ragan oq modda- substantia alba dan tuzilgan. Kulrang modda orqa miyaning uzunasi bo’ylab joylashgan bo’lib, oldidan orqasiga tomon cho’zilgan va birbiri bilan ko’ndalang xari bilan qo’shilgan ikki (har yarmida bittadan) kolonnadan iborat. Kolonnada oldingi kulrang ustun - columpa grisea anterior va orqa kulrang ustun - columna grisea posterior tafovut qilinadi. Kulrang moddaning (ko’ndalang xarining) o’rtasidan markaziy kanal - canalis centralis o’tadi. Uzunchoq miya markazidagi kanal bilan tutashgan bu kanal ko’ndalang xarini ikkiga, ya’ni oldingi kulrang bitishma - comissura grisea an terior va orqadagi kulrang bitishma- comissura grisea posterior ga ajratadi. Markaziy kanalning pastki, konusga yaqin qismi kengaygan bo’lib, bunga oxirgi qorincha - ventriculus terminalis deyiladi, tepa tomoni esa uzunchoq miya kanali orqali bosh miyaning IV qorinchasi bilan qo’shiladi. Orqa miya ko’ndalangiga kesilganda kulrang moddaning kapalak shaklida yoki “N” harfi shaklida ekanligini ko’rish mumkin. Ana shu kulrang moddaning oldingi qismlari bir oz kengaygan, orqa qismlari esa, aksincha, toraygan, nayzasimon bo’ladi. Oldingi kengaygan chizig’ini oldingi shoxlar - cornua anterior, orqadagi toraygan chiqiqlarni esa orqadagi shoxlar - cornua posterior deb ataladi. Oldingi va orqadagi shoxlarni bir-biriga qo’shib turgan sohani zona intermedia, ya’ni oraliq soha deyiladi. Ana shu oraliq soha birinchi ko’krak segmenti bilan uchinchi bel segmenti o’rtasida yon tomonga birmuncha turib chiqqan bo’ladi. Bu joyni tashqi (yon) shoxlar - cornua lateralea deb ataladi. Orqa miyaning bo’yin sohasida, orqa va oldingi shoxlar oralig’idagi oq modda bag’rida (kulrang modda yaqinida) ko’p tarmoqli nerv hujayralaridan iborat to’rsimon tuzilma bo’lib, bunga formatio reticularis deyiladi. Orqa shoxlarning uchlari liqildoq modda - substantia gelatinosa bilan qoplangan.
ORQA MIYANI O’ROVCHI PARDALAR- Orqa miya qavatma-qavat joylashgan uch xil parda bilan o’ralgan. Eng tashqi pardaga - qattiq (qalin) parda - dura mater spinalis, undan keyingisi, ya’ni o’rtasiga - to’r parda - arachnoidea spnalis va eng ichkaridagi, miyaga tegib turgan pardaga - yumshoq parda yoki tomirli parda - pia mater (s. vasculosa) spinalis deyiladi. Bu pardalarning hammasini meninges deb ataladi. Qattiq (qalin) parda - dura mater spinalis orqa miyaning hammasini o’ragan bo’lib, uning diametri orqa miyaning diametriga qaraganda ancha kattadir. Shuning uchun ham orqa miya bu parda ichida erkin, xuddi keng haltaga solinganday bo’lib turadi. Shu bilan birga bu parda tashqi tomondan ham umurtqa devorlariga tegib turmaydi, ya’ni u bosh miyaning qattiq pardasi singari suyaklarning ichki yuzalariga mustahkam yopishib ketmaydi, suyaklarning ichki pardasi vazifasini bajarmaydi. Chunki umurtqalarning orqa miyaga qaragan yuzalari alohida, o’ziga xos parda bilan qoplangan bo’ladi. Shu parda bilan miyaning qattiq pardasi o’rtasida orqa va yon tomonlarida bo’shliq - cavum epidurale qoladi. Bu bo’shliqda limfa yo’llari, yog’ qatlami va ko’p miqdorda vena tomiri chigillari (plexus venosi vertebralis interni) turadi. Oldingi tomonda esa qattiq parda umurtqalarning orqadagi uzunasiga ketgan boylami (ligamentum longitudinale posterius) bilan birikib ketadi. Xalta ichidagi tor bo’shliqa cavum subdurale deyiladi. To’r parda - arachnoidea spinalis biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan juda ham yupqa parda bo’lgani uchun (uchta pardaning ichida eng yupqasi) unga to’r parda nomi berilgan. Bu parda bosh miyadagi to’r pardadan shu bilan farq qiladiki, u o’z ustidagi qattiq parda bilan ancha mustahkam birikkandir. Bunday birikish ayniqsa umurtqalararo teshiklar oldida, nerv tugunlari ustida va tishli boylam deb atalgan boylamning tishlari yopishgan joylarda yaxshi ko’rinadi. Bu pardaning muhim xususiyatlaridan yana biri shuki, u o’z ostidagi yupqa pardaga hyech qayerda tegmasdan turadi. Yumshoq parda - pia mater spinalis (s. vasculosa) orqa miyaga jipslashib yopishib turadi va o’zi ikkita pishiq varaqdan iborat bo’ladi. Ana shu varaqdan tuzilganligi bilan u bosh miyadagi yumshoq pardadan farq qiladi. Bu parda orqa miya yuzasi bilan mahkam birikib ketganligi tufayli, uni ajratib olib bo’lmaydi. U orqa miyani faqat sirtdan qoplab qolmay, balki egatlarining oralariga ham kirib boradi.Yumshoq pardada qon tomirlar juda ham ko’p bo’ladi (shuning uchun ham uning ikkinchi nomi tomirli parda - vasculosadir). Bu mayda qon tomirlar orqa miyaning o’zini oziqlantirishda ham ishtirok etadi. Ba’zi yirikroq qon tomirlar esa oldingi egat orqali miyaning ichiga ham kiradi. Conus medullarisning cho’qqisidan yumshoq parda yuqorida aytib o’tilgan oxirgi ipga (filum terminale ga) aylanib ketadi.
BOSH MIYA – ENCEPHALON. UMUMIY MA’LUMOTLAR - Bosh miya bosh suyagining ichida joylashgan. Tashqi yuzalari va tubi bosh suyagiga yaqin turganligidan uning shakli bosh suyagi ichki yuzasining shakliga o’xshaydi. Uning tepa va yon yuzalari bosh suyagining ustki qismiga (calvaria) o’xshab, gumbaz shakliga kirgan bo’lsa, pastki yuzasi (tubi) yassi, hatto o’rtasidan bir oz botiq bo’ladi. Bosh miyaga bir qarashda uning avvalo uchta yirik qismdan iborat ekanligi ko’zga tashlanadi:
1) ustki eng katta qismi, ya’ni katta miya - cerebrum;
2) miyacha- cerebellum
3) miya pog’onasi - truncus encepnali yoki dastasi.
Bu uch qismning bir-biriga munosabatini bilish uchun bosh miyaning taraqqiyot jarayonlari bilan tanishmoq kerak. Buni quyiroqda bayon etamiz. Miya yarimsharlari (o’ng va chap) bir-biri qadoq tana - corpus callosum vositasida qo’shilgan. Yarimsharlar asosan oq va kulrang moddan (miya po’stlog’ida) tuzilgan bo’lib, ular hajm jihatidan miyaning eng katta qismini tashkil etadi. Yarimsharlar miyaning boshqa qismlarini ustidan va atrofidan qoplab turganligi uchun ularni qoplama (plashch) - pallium deyiladi. Plashch, filogenez nuqtai nazaridan, bosh miyaning yangi (keyinchalik taraqqiy etgan) qismi bo’lganligidan uni yangi miya - neencephalon deb ham ataladi.
UZUNCHOQ MIYA - MEDULLA OBLONGATA (MYELENCEPHALON) Uzunchoq miya bosh miya piyozchasi (shakliga ko’ra bulbus cerebri) qatoriga kiradi, chunki, u pastdan yuqoriga tomon piyoz singari asta-sekin yo’g’onlashib boradi. U bosh miya bilan orqa miya o’rtasida joylashgan bo’lib, ensa suyagining ichidagi nishab (clivus) da turadi. Uning pastki uchi katta ensa teshigi chegarasida orqa miya bilan qo’shiladi, kengaygan ustki uchi esa old tomondan Varoliy ko’prigining orqa qirog’iga tegib turadi orqa va tepa tomondan uzunchoq miyani rombsimon chuqur o’rtasidan ko’ndalangiga kesib o’tgan ip singari oq hoshiyalar - stria medullares chegaralaydi. Uzunligi o’rta hisobda 25 mm. Uzunchoq miya tuzilishi jihatidan orqa miya tuzilishining xuddi o’zginasini takrorlaydi, desak yanglishmaymiz. Bu ham old tomon o’rtasidan chuqur yoriq - fissura mediana anterior, orqa tomondan o’rta egat - sulcus medianus posterior, yordamida bir-biriga teng ikkita pallaga bo’lingan. Bu yoriq va egatlarning ikki yonidagi miya moddasi o’z navbatida oldingi yon egat - sulcus lateralis anterior va orqa yon egat - sulcus lateralis posterior vositasida tizimchalarga ajratilgan. Bu egatlar va tizimchalar orqa miyadagi xuddi shunday egat va tizimchalarning uzunchoq miyadagi davomidir. Oldingi o’rta yoriq - fissura mediana anterior ning ikki tomonidagi yaxshi bo’rtib ko’ringan tizimchalarga piramidalar pyramides (medullae oblongatae) deyiladi. Bu piramidalar harakatlantiruvchi nerv tolalari (o’tkazish yo’llari) to’plamidan iborat bo’lib, tolalarning bir qismi uzunchoq miya bilan orqa miya chegarasida, oldingi yoriq ichida, qaramaqarshi tomondagi piramida tolalari bilan kesishib, decussatio pyramidum va orqa miyaning yon tomondagi tizimchasi bo’ylab pastga ketadi. Shuning uchun oldingi yoriq bu tolalar kesishgan joyda uncha chuqur bo’lmaydi.Piramidalarning Varoliy ko’prigiga yaqin qismining yon tomonlarida pastki olivalar - oliva inferior turadi. Bular odamda juda yaxshi taraqqiy etgan. Miyacha bilan birgalikda muvozanatni saqlashda xizmat qiladigan bu olivalar uzunchoq shaklda bo’lib, kulrang o’zaklardan tuzilgan. Oliva bilan piramida o’rtasida oldingi yon egatning davomi turadi va xuddi shu joydan XII juft miya nervining (n. hypoglossus) ildizchalari chiqadi. Uzunchoq miyaning yon tomonida, oldingi va orqadagi yon egatlar o’rtasida yon tizimcha - funiculus lateralis joylashgan.
ORTQI MIYA - METENCEPHALON Ortqi miya ikki qismdan: oldingi tomonda - Varoliy ko’prigi, orqa tomonda miyachadan iborat. Ko’prik - pons Varolii. Miyaning bu qismi odamda anchagina yaxshi taraqqiy etgan, u ko’ndalang joylashgan tolalar bilan qoplangan va oldingi-pastki tomonga anchagina bo’rtib chiqqan ko’prik shaklida miya tubining orqa qismida joylashgan. Uning oldingi cheti miya oyoqchalari (pedunculi cerebri), orqa cheti esa uzunchoq miyaning oldingi uchi bilan chegaralangan. Ko’prik oldingi, ayniqsa orqadagi qo’shni organlardan chuqur joylashgan ko’ndalang yoriqlar ajratib turadi. Orqadagi ko’ndalang yoriqdan, ichkaridan tashqariga tomon sanaganda, uzoqlashtiruvchi nerv (n. sbducens) yuz (bet) nervi- n. facialis va dahliz-chig’anoq nervi- n.vestibulo cochlearis chiqadi. Ko’prik oldingi tomonga pastgina gumbaz shaklida ko’tarilib chiqqan bo’lib, uning o’rtasida oldindan orqaga qarab ketgan keng egat bor. Bu egatga sulcus basilaris deyiladi va unda shu nomidagi arteriya yotadi. Ko’prikning ikki yoni pastga tomon nishab bo’lib, shu nishabning o’rtasidan, ko’prikning ko’ndalang tolalarini yorib, uch shoxli nerv (n. trigeminus) chiqadi.
MIYACHA (KICHIK MIYA) - CEREBELLUM Miyacha odamda ortqi miyaning eng katta bo’lagi bo’lib, kishining hamma va har xil harakatlarini bir me’yorga solib, kelishtirib turuvchi hamda muvozanatni saqlab turadigan a’zodir. Bu jihatdan uning organizmdagi tutgan o’rni juda muhim. Miyacha bosh suyagning ichki asosidagi orqa chuqurda - fossa cranii posterior da, miya yarimsharlarining orqa (ensa) qismining ostida joylashgan. Uning tagida oldingi tomonga moyil bo’lib, Varoliy ko’prigi bilan uzunchoq miya turadi. Miyachaning ustki va ostki yuzlari - facies cerebelli superior, facies cereberlli inferior, oldingi va orqa qirg’oqlari bor. Pastki yuzaning o’rtasida oldindan orqaga tomon yo’nalgan keng botiq - vallecula cerebelli bo’lib, unda uzunchoq miya turadi. Miyacha uch qismdan tarkib topgan ikki yon tomondagi keng va katta bo’laklarga miyacha yarimsharlari - hemispheria cerebelli va ularning oralig’idagi kichik markaziy bo’lakka chuvalchang - vermis deyiladi. Odatda ikita (ustki va ostki) chuvalchanglar - vermis superior, vermis inferior farq qilinadi. Ustki va yuza tomonda miyachaning yarimsharlari bir-biridan ko’tarinki (milk) bilan ajralgan. Bu ko’tarinki ikki tomonga pasayib borib, tekis yuzalarga aylanib ketadi. Miyachaning orqa qirog’idagi yaxshi ko’ringan va keng kemtik - incisura cerebelli posterior har ikki yarimsharni orqadan ajratadi. Shunday kemtik oldingi qirog’ida ham bor (incisura cerebelli anterior). Yarimsharlarning orqa qirg’oqlari bo’ylab bir brachium pontis dan ikkinchisiga ketgan chuqur ko’ndalang yoriq - fissura horisontalis cerebelli ustki yuza bilan ostki yuzalarni ajratib turadi. Miyachaning chuvalchang qismi yarimsharlarga nisbatan ancha avval paydo bo’lgan. Ostki chuvalchang ikki yon tomonidan chuqur uzunasiga ketgan egatlar yordamida yarimsharlardan ajralmagan bo’lsa, ustki chuvalchang esa yarimsharlar bilan deyarli tutashib turadi. Miyachaning bu qismlari (ayniqsa ostki chuvalchang) ko’ndalng egatlar yordamida mayda, ko’tarinki bo’lakchalarga ajralganligidan, tashqari, ko’rinishi chuvalchangga o’xshab ketadi (shunga ko’ra shu nom bilan atalgan). Miyachaning ajralib turadi bo’lakchalaridan biri uning parcha- flocculus deb atalgan qismidir. Bu qism har qaysi yarimsharning ostki yuzasidan miyachaning o’rta oyoqchasiga yaqin joylashgan. Bu parchaga aloqador bo’lgan yana bir qism - tuguncha (nodulus) dir. Flocculus o’zining ingichka oyoqchasi - pedunculus flocculi yordamida tuguncha bilan qo’shilgan. Bu oyoqcha ichki tomondan yupqa, yarimoysimon miya plastinkasi - velum medullare posterius bilan tutashib ketadi.
TO’RTINCHI QORINCHA - VENTRICULUS QUARTUS Uchinchi miya pufakchasi (rhombencephalon) ichidagi bo’shliq keyinchalik ma’lum shaklni olib, to’rtinchi qorinchaga aylanishini yuqorida aytib o’tgan edik. Shuning uchun ham qorincha ortqi miyaning oldingi va orqadagi qismlari, ya’ni Varoliy ko’prigi bilan miyacha oralig’ida joylashdi va orqadan - orqa miya markaziy kanali (canalis centralis) bilan, oldindan miya suv yo’li orqali (aqueductus cerebri Sylvi) III qorincha bilan tutashgancha qoladi. To’rtinchi qorincha tuzilishiga ko’ra, ochiq qulirgan palatka (chodir) ga o’xshab ketadi. Shuning uchun uning keng asosi (tubi), yuqoriga tomon toraya borgan tomi va atrof devorlari tafovut qilinadi. qorinchaning pastda va birmuncha oldingi moyil turgan tubi romb shaklida va ozgina botiq bo’lgani tufayli unga rombsimon chuqur - fossa rhomdoidea deb nom berilgan. Murakkab yuzasi bor bu chuqurni to’liq ko’rish uchun tomoni va devorlarini kesish kerak IV qorinchaning tepasi o’tkir, tor burchak shaklida miyacha ichiga botib kirgan bo’lib, bunga fastigium (cho’qqi,eng o’tkir joy) deyiladi. Ikki yon tomondagi keng burchaklar xaltacha (cho’ntak) singari tuzilishga egat bo’lganligidan yon cho’ntaklar - recessus lateralis deb ataladi.
PERIFERIK NERV SISTEMASI Periferik nervlar markaziy nerv sistemasining ikkala qismidan (bosh va orqa miyadan) chiqadi. Bosh miyadan 12 juft, orqa miyadan esa 31 juft nervlar chiqadi.
BOSH MIYA NERVLARI Bosh suyagi nervlari (nervi cranialis) yoki bosh miya nervlari (nervi cerebralis) doimiy tartib raqamiga ega bo’lgan 12 juft nervlardan iborat;
I juft - hid sezish nervi - nervus olfactorius
II juft - ko’rish nervi - nervus opticus.
III juft - ko’zni harakatlantiruvchi nerv - nervus oculomotorius.
IV juft - g’altak nervi - nervus trochearis.
V juft - uch shoxli (uchlik) nerv - nervus trigeminus.
VI juft - uzoqlashtiruvchi nerv - nervus adbucens.
VII juft - yuz (bet) nervi- nervus facialis.
VIII juft - dahliz-chig’anoq nervi - nervus vestibulo-cochearis.
IX juft - til-yutiq nervi - nervus glossopharyngeus.
X juft - adashgan nerv - nervus vagus.
XI juft - qo’shimcha nerv - nervus accessorius.
XII juft - til osti nervi - nervus hypoglossus.
Bu 12 juft nervlarning vazifalarini, ya’ni shu nervlarga aloqador bo’lgan a’zolar ishi nuqtai nazaridan qarasak, ularni shartli uch guruhga bo’lish mumkin: I, II va VIII nervlar sezuvchan a’zo (hid sezish, ko’ruv va eshituv) nervlaridir: III, IV, VI, VII, XI va XII nervlar harakatlantiruvchi va V, IX nervlar aralash (ham sezuvchan, ham harakatlantiruvchi) nervlardir.
I. Hid sezish nervi - N. Olfactorois Miya tagida joylashgan hid sezish so’g’oni (bulbus olfactorius) dan (to’g’rirog’i, so’g’onga kiruvchi) 16 dan 20 ga qadar ip singari chiquvchi oq tolalar - filamentaolfactoria hid sezish nervlari hisoblanadi. Bu tolalar g’alvirsimon suyak ko’ndalang (ilma-teshik) plastinkasi teshiklaridan o’tib burun bo’shlig’iga kiradi va shilliq qavatga tarqaladi.
II. Ko’rish nervi -N. opticus Ko’z soqqasi ichidagi tolalardan (“O’tkazish yo’llari”ga qaralsin) to’planib chiqqan bir oz yo’g’on bu nerv, ko’zi soqqasining orqa tomonidan ko’ruv teshigi (foramen opticum) ga tomon boradi va shu teshikdan kalla ichiga kiradi. Miya tubida o’ng va chap nerv tolalarining bir qismi kesishadi, so’ngra ko’ruv yo’li (bu bu nerv tractus opticus) tarkibida miyaga ketadi (bu nerv haqida to’la ma’lumot ko’ruv a’zolari bayonida beriladi). III. Ko’zni harakatlantiruvchi nerv - N. Oculomotorius O’zi nomiga ko’ra, bu nerv ko’z soqqasining muskullariga boradi, u asosan harakatlantiruvchi tolalardan tuzilgan. Nerv ko’z kosasi ichiga fissura orbitalis superior orqali o’tadi va bu yerda ikki shoxga bo’linadi:
1) ustki shox (ramus superior) - ustki qovoqni ko’taruvchi muskullar (mm. levator palpebrae superior) va ustki to’g’ri muskul (m. rectus superior) ga boradi;
2) pastki shox (ramus inferior) - pastki qiyshiq muskul (m. obliguns interior), pastki to’g’ri muskul (m. rectus inferior va ichki to’g’ri muskul m. rectus medialis) ga boradi. Pastki shoxning ildizchasi - radix oculomotoria o’z qatoridagi parasimpatik tolalar bilan kiprik tuguni - ganglion ciliare ga boradi. N. oculomotorius miya oyoqchalari o’rtasidan chiqadi.
IV. G’altak nervi - N.Trochlearis Uncha katta bo’lmagan bu nerv yuqori miya chodirining orqa tomonidan chiqadi va miya oyoqchasini tashqi tomondan aylanib o’tib, fissura orbitalis superior dan ko’z kosasir ichiga kiradi. Bu nerv harakatlantiruvchi tolalardan iborat bo’lib, ko’z soqqasining ustki qiyshiq muskuli (m. obliquus superior) ga boradi.
V. Uch shoxli (uchlik) nerv - N. Trigeminus Bu nerv o’zining yo’g’onligi va miyadan chiqish tartibi bilan boshqa nervlardan farq qiladi. U dastlabki ikki bo’lak (ildizdan iborat holda sezuvchan ildiz - radix sensoria va harakatlantiruvchi ildiz - radix motoria) miyadan alohida-alohida chiqadi. Sezuvchi tolalardan iborat katta bo’lak o’rtacha oyoqchasi bilan Varoliy ko’prigi chegarasidan yorib chiqadi, harakatlantiruvchi tolalardan iborat kichik bo’lak esa katta bo’lakdan oldinroq va tashqariroqdan chiqadi. Ko’z nervi- N. ophthalmicus (I shox) Yuqorida aytib o’tilganidek, ko’z nervi ko’z kosasining ustki yorig’i (fissura orbutalis superior) orqali ko’z kosasiga o’tadi, va uch tarmoqqa bo’linadi. Bular peshona nervi- n. frontalis, ko’z yoshi nervi- nlacrimalis, burun -kiprik nervi- n.nasociliaris dir. Ustki jag’ nervi - N.maxillaris (II shox) Ponasimon suyakning katta qanotidagi yumaloq teshik - foramen rotundum orqali qanot-tanglay chuquri - fossea ptergopalatina ga chiqadi va o’zidan to’rtta shox beradi: 2) ko’z kosasi pastidagi nerv - n. infraobitalis ustki jag’ nervlarining eng yo’g’on va uzun shoxi bo’lib, uning to’g’ridan-to’g’ri davomi sifatida ko’z kosasining pastki yorig’i (fissura infraorbitalis) orqali ko’z kosasi ichiga kiradi va pastki devoridagi sulcus infraorbitalis canalis infraorbitalis lar orqali ko’z kosasining pastki qirg’og’idagi teshik (foramen infraorbitale) dan tashqariga (yuzga) chiqadi. Teshikdan chiqishi bilanoq, mayda va kalta shoxobchalarga bo’linib, g’oz panjasi singari yoyiladi. Shunga ko’ra, bu shoxobchalarga kichik g’oz panjasi - pen anserinus minor ham deyiladi. Bu shox pastki qovoq ustki lab va buruning yon devorlaridagi terini innervasiya qiladi. Pastki jag’ nervi - N. mandibularis (III shox) Yuqorida aytib o’tilgandek, pastki jag’ nervi o’ziga harakatlantiruvchi tolalardan iborat kichik bo’lak (portio minor) ni ham qo’shib oladi. Binobarin, bu shoxning tarkibida ham sezuvchi, ham harakatlantiruvchi tolalar bor. Mana shu shox kalla suyagi ichidan ponasimon suyakning katta qanotidagi oval teshik orqali chiqadi va shu ondayoq harakatlantiruvchi hamda sezuvchi nervlar (tarmoqlar) ga bo’linib ketadi. Shoxning harakatlantiruvchi tolalaridan sakizta mayda nervlar (shoxchalar) ajraladi va o’zlariga taalluqli muskullarnomini oladi, chunonchi: a) n. massetericus - chaynov muskulining nerviga (m. masseter); b) n. temporalis profundus - chakka muskulning nerviga (m. temporalis); v) n. pterygoideus medialis - ichki qanotsimon muskulga (m. pterugoieus lateralis); g) n. pterygoideus lateralis - tashqi qanotsimon muskulga (m. pterygoideus lateralis); d) ramus memdranae tympani- eshituv pardasiga, aniqrog’i shu pardani taranglovchi muskulga (m. tensor tympani); ye) n. tensoris veli palatini tanglay chodirini taranglovchi muskulga (m. temsoris veli palatini; n. mylohyoideus - shu nomidagi muskulga).
VI. Uzoqlashtiruvchi nerv - N. abducenes Bu nerv uncha katta emas. U miyadan Varoliy ko’prigining orqa qirg’og’i yaqinidan chiqib, ko’z kosasini ustki yorig’i orqali uning tashqi (lateral) tomoniga kiradi va ko’z olmasining tashqi to’g’ri muskuli (m. rectus lateralis) ni innervasiya qiladi.
YII. Yuz nervi - N. facialis. X. Sezuvchi va harakatlantiruvchi tolalari bo’lgan bu yirik nerv, miyadan Varoliy ko’prigining orqa qirg’og’i bilan uzun miya orqasida eshituv-muvozant nerviga (VIII juft) yaqin chiqadi va bir qancha yo’lni shu nerv bilan birga o’tadi. Yuz nervi avval chakka suyagi piramida qismining orqa yuzasidagi ichki eshituv teshigi (porus acusticus internus) orqali orqali eshituv yo’li (meatus acusticus internus) ga kiradi. Bu yo’l bilan anchagina chuqur kirib borgach, o’ziga xos kanal - canalis facialis ga (yoki Fallopiy) kanaliga o’tib, avval oldingi tashqi tomonga boradi, so’ngra eshituv (nog’ora) bo’shlig’ining ichki medial devori bo’ylab orqaga qayrilib ketadi. So’ngra pastga qayrilib, chakka suyagining so’rg’ichsimon va bigizsimon o’simtalari o’rtasidagi - foramen stylomastoideum orqali tashqariga 130 chiqadi. Kanal ichida, nervning orqaga tomon burilgan joyida (kanal tizzasida) u qadar katta bo’lmagan tizza tuguni - ganglion genicule paydo bo’ladi.
YIII. Dahliz-chig’anoq nervi - N. vestibulocochlearis Miyaning tashqi yonidan yuz nervi bilan birga chiqadi. Ko’pchilik olimlar bu nerv avval boshda yuz nervi bilan birga borib, keyinchalik ajraladi deydilar. Bu nerv ham yuz nervi va oraliq nervi (n. intermedius) kabi porus acusticus internus orqali meatus acusticus intermus ga kiradi. Dahliz-chig’anoq nervi o’z nomiga ko’ra ikki xil vazifani bajaradigan mustaqil qismdan (ikki nervning qo’shilishidan) tashkil topgan: pars vestibularis (yoki nervus vestibularis) ichki quloq labirinti dahlizi va yarim to’garak kanallaridagi muvozanat apparatlaridan impuls (ta’sir) ni miyaga olib boruvchi maxsus nervidir. Bu nervning tuguni - ganglion vestibulari (yoki scorpae) ichki eshituv yo’lining pastki devorida joylashgan, uning periferik tolalari yuqorida aytganimizdek, muvozanat apparati (labirint dahlizi va yarim to’garak kanallar) ga, markaziy tolalari esa miyadagi o’z o’zaklariga (uchta o’zak) boradi. Rars cohlaris (yoki cocharis) eshituv impulslarini (tovush, ovoz) labirintning chig’anoq qismi ichidagi Kortev a’zodan miyaga olib boradi. Bu nervning tuguni - ganglion spirali (corti) chig’anoq ichida joylashgan. Uning periferik tolalri chig’anoq ichidagi Kortev a’zolariga, markaziy tolalar esa miyadagi o’z o’zaklariga (ikkita o’zak) boradi (bu ikki nerv haqida to’la ma’lumotni quloqning ichki tuzilishini bayon etganda beramiz). Demak, har ikkala nerv (yoki qism) dan miyaga tomon keluvchi markaziy tolalar birlashib, n. vestibulocochlearis - ning umumiy poyasini hosil qiladi.
IX. Til yutqin nervi - N. glossopharyngeus Bu nervning xususiyati shundaki, uning tarkibida uch xil: sezuvchi, harakatlantiruvchi va avtonom tolalr bor. Shuning uchun u aralash nerv hisoblanadi.
X. Adashgan nerv - n. vagus bosh miyaning eng uzun nervi bo’lib, tarmoqlari badaning juda ko’p joylariga va turli vazifalarni bajaruvchi a’zolarga tarqalib ketgan. Shuning uchun ham adashgan nerv deb nom berilgan. Adashgan nervning shoxobchalari yurakka (uning urish tezligini tormozlab turish uchun), nafas a’zolariga, hazm a’zolari sistemasiga (to “S” simon ichakka qadar) boradi. O. vagus aralash nerv bo’lib, uning tarkibida sezuvchi, harakatlantiruvchi va avtonom (parasimpatik) tolalar bor. Nerv uzunchoq miyaning orqa yon egatidan til-yutqin nervi (n. glossopharyngeus) dan keyin chiqadi, kalla ichidan tashqariga esa foramen jgilare orqali til - yutqin nerv va qo’shimcha nerv bilan birga chiqadi. N. vagus ning yuqorida aytib o’tilgan ichki a’zolar, qon tomirlar, miyaning qattiq pardasi, quloq suprasi va tashqi eshituv yo’lining alohida qismlaridan keluvchi sezuvchi tolalari bosh miyadagi nucleus terminalis ga boradi.
XI. Qo’shimcha nerv - n. accessorius (Willisii) Bu nerv asosan xarakatlantiruvchi tolalardan tuzilgan. Uzunchoq miyadan bir necha ildizlar (koreshoklar) bilan chiqib, so’ng birlashadi. Ustki ildizchalar uzunchoq miyadagi adashgan nerv chiqqan egatdan, pastki ildizchalar esa orqa miyaning V-VI bo’yin segmentlaridan chiquvchi - nervlarning oldingi hamda orqa ildizchalari o’rtasidan chiqadi va bir-biri bilan yo’l-yo’lakay qo’shilib, yuqoriga ko’tariladi. Qo’shimcha nerv ham kalla ichidan tashqariga foramen jugilare orqada chiqadi va shu ondayoq ikki (ichki, tashqi) tarmoqqa bo’linadi. Ichki (ingichka) tarmoq - ramus interus adashgan nervga qo’shilib ketadi. Qo’shimcha nervning davomi hisoblangan tashqi yg’on tarmoq - ramus externis, ichki uyqu artiyasi va ichki bo’yinturuq venasi oralig’ada m. sternocleidomostoideus ostidan kelib, uni teshib o’tadi. Ana shu teshib vaqtida mazkur muskulga tarmoqlar beradi. Muskuldan chiqqach, bo’yin chigali (plexus cervicalis) bilan qo’shiladi, undan so’ng m. trapezius ga borib tamom bo’ladi.
XII. Til osti nervi - N. hypoglossus Bu nerv ham harakatlantiruvchi tolalardan iborat bo’lib, asosan muskullarga boradi. Keyingi vaqtlarda bu nerv takribida bo’yindagi ustki simpatik tugundan chiquvchi simpatik tolalar borligi ham aniqlangan. Bu nerv cho’zinchoq miyaning oldingi yon egatidan, piramida bilan astki oliva orasidan (orqa miya yaqin) chiqadi. Nerv ensa suyagining yon qismidagi shu nomli kanal - canalis n. hyroglossi dan tashqariga chiqqach, ichki uyqu arteriyasi va bo’yinturuq venasi orasidan pastga, old tomonga tusha boshlaydi. Til osti nervning uzun shoxlaridan biri pastga tushuvchi shox - ramus descendens dir. Til osti nervining o’ziga xos tolalari faqatgina til muskullariga borganligi uchun, bu nervni maxsus til nervi deb astasak to’g’ri bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |