Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti xalmuratov m. A



Download 0,5 Mb.
bet134/155
Sana29.05.2022
Hajmi0,5 Mb.
#616027
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155
Bog'liq
Odam anatomiyasi DENOV 20222

14-mashg’ulot
YURAK TUZILISHI, O`TKAZUVCHI TIZIMI TUZILISHI
TOMIRLAR SISTEMASI HAQIDA TA’LIMOT – ANGEOLOGIA
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam qon tomirlariningtarqatma materiallari.
2. Odam tanasi qon tomirlariningmulyajlari.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa
Odamning qon tomirlaritizimini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam mushaklarining tuzilishini ko‘rib chiqish.
Qon tomirlar sistemasi yurak, arteriyalar, venalar va kapillyarlar singari murakkab tuzilmalardan iborat. Yurak qon tomirlar sistemasining markaziy organi bo’lib, nerv gormonlar boshqaruvining ta’sirida doimo bir maromda qisqarib va kengayb, organizmdagi qon suyuqligi har xil kattalikdagi qon tomirlar yordamida hujayralarga va to’qimalarga oziq moddalarni olib boradi va boshqa turli qon tomirlar orqali yurakka qaytib keladi. Shuning uchun barcha qon tomirlar ikki turga bo’linadi:
1) markaziy organ bo’lmish yurakdan chiqib, butun gavdaga tarqaladigan hamma qon tomirlariga (ichidagi oqayotgan qonning qandayligidan qati nazar) arteriya (aer -havo, tereo-saqlayman, degan so’zlardan olingan) qon tomirlari deyiladi, chunki murdalarning areriya qon tomiri bo’sh bo’lganidan Gippokrat birinchi marta arteriya nomi bilan atagan;
2) hujayralardan, to’qimalardan markaziy organ hisoblangan yurakka qon olib keladigan tomirlarni esa vena qon tomirlari deb yuritiladi. Yurakdan chiqadigan arteriya qon tomirlari (aolrta, o’pka arteriyalari) markazdan uzoqlashgan sari tolalari, tarmoqchalar chiqarib, asta-sekin kichiklasha boradi. Nihoyat, organlar devorida mikroskop ostida ko’rinadigan juda ham ingichka arteriya tolalari - arteriolalar kapillyar soch tolasiga o’xshagan qil tomirlardir, ularning uzunligi o’rta hisoda 0,5 mm, kengligi 3-3,5 mikron, ya’ni odam turkining diametridan 50 marta kichik va devori juda yupqa bo’ladi. Venoz kapillyar tomirlar esa asta-sekin yiriklashib, oxirida ikkita (yuqorigi va pastki) kavak vena qon tomirni tashkil qiladi va yurakning o’ng bo’lmachasiga quyiladi. Qon o’ng bo’lmachadan o’ng qorinchaga, undan o’pka arteriyalari orqali o’pkaga boradi. O’pka arteriyasining tarmoqlari pirovardida kapillyalarga aylanadi va nafas olveolalari (pufakchalar) ni o’rab oladi (“Nafas organlari sistemasi”ga qaralsin). Kapillyarlar esa nafas prosessida karbonat angidridni chiqaradi va kislorodga boyiydi. Kislorodga boy bo’lgan qon o’pka venalari orqali yurakning chap bo’lmachasiga quyiladi. Undan chap qorinchaga o’tib, aorta orqali yuqorida aytilgandek, butun organizm bo’ylab tarqaladi.
YURAK Yurak (cor) muskuldan tuzilgan a’zo bo’lib, ko’krak qafasida joylashgan. Yurak odam hayotining oxirgi daqiqasigacha hamma vaqt muttasil qisqarib (sistola) va kengayib (diastola) turadi va butun organizmga qon yetkazib beradi. Shunday qilib, yurak organizmdagi qon aylanish sistemasida muhim o’rin egallaydi va markaziy a’zolardan biri hisoblanadi. O’rta yashar odamning yuragi minutiga o’rta hisobda 70-75 marta, bir sutkada esa 100 000 marta qisqara oladi. Bu shu vaqt ichida 20 tonna yukni bir metr balandlikka ko’tarish kuchiga teng demakdir. Yurakning muskul qavati - miokard (myocardium) endokard xaltasining atrofida splonxnotomning visseral varag’idan hosil bo’ladi va yurak naychasi bo’shlig’ida seroz parda bilan qoplanadi. Pirovardida seroz pardadan yurak xaltachasi - perikard hosil bo’ladi. Yurakning o’rtacha og’irligi erkaklarda 300 g, ayollarda esa bir oz kamroq - 220-250 g bo’ladi. Yangi tug’ilgan chaqaloq yuragi yumaloq shaklda bo’lib, birmuncha yuqori joylashgan, og’irligi 23-27 g, sakkiz oylik bolalarda yurakning og’irligi ikki baravar, 2-3 yashar bolalarda uch baravar va 16 yoshda o’n bir marta ortadi. O’rta yoshdagi odamlarda yurakning uzunligi 13-14,5 sm, eng serbar qismi (ko’ndalangiga) 9-10,5 sm, oldingi sathi bilan orqa sathining uzunligi 6-7 sm ga teng. Yurak og’irligi butun gavda og’irligiga 1:200 yoki 1:75 nisbatda bo’ladi. Yurak tashqi yuzasining o’tkir (o’ng) va o’tmas (chap) chekkalari uni orqa va oldingi tomondagi yuzalarga ajratib turadi.
O’NG BO’LMACHA (ATRIUM DEXTRUM) Yurakning o’ng bo’lmachasi (devorining qalinligi 2-3 mm) kubsimon bo’shliq bo’lib, chap bo’lmachadan septum interatriale (bo’lmacha to’sig’i) bilan ajralib turadi. O’ng bo’lmacha bo’shlig’ining hajmi uning oldida joylashgan uchburchak shaklidagi o’ng qulog’i - auricula dextra bo’shlig’i bilan ancha kattalashadi. Bo’lmachaning ichki yuzasi asosan silliq bo’lib, quloq qismida muskul tutamlari bir xil joylashgan taroqsimon muskullar (musculi pectinate) hosil qiladi. O’ng bo’lmachaga yuqorigi kavak vena - vena cava superior, pastki kavak vena - vena cava inferior quyiladi. Ana shu ikkala kavak vena do’ng - tuberculum intervenosum bor. Pastki kavak venaning pastki qirrasida ingichka burma - valvula venae cavae inferioris bo’lib, septum interatriaie tomonga yo’nalib joylashgan. Ana shu burma embrionning rivojlanish davrida venoz konning o’ng bo’lmachadan oraliq devorda joylashgan ovalsimon teshik orqali chap bo’lmachaga, so’ngra esa ostium atrioventriculare sinistrum orqali chap qorinchaga o’tish vazifasini bajaradi.
CHAP BO’LMACHA (ATRIUM SINISTRUM) Chap bo’lmachaning ichki yuzasi xuddi o’ng bo’lmachaning ichki yuzasi singari silliq tuzilgan. Uning oldingi tomonida joylashgan quloqsimon o’sig’i (auricula sinistra) bo’shlig’ining ichki yuzasigina toj-taroqsimon muskullar (musculi pectinati) bilan qoplangan. Chap bo’lmachaga beshta teshik ochiladi: to’rttasi o’pka venalari (v.v.pulmanales) teshiklari bo’lib, beshinchisi ostium atrioventriculare sinistrum chap qorincha bilan tutashib turadi. odatda, o’ng va chap o’pkaning har biridan ikkita (hammasi bo’lib to’rtta) vena tomiri chiqib, o’pkada kislorod bilan to’yingan qonni chap bo’lmachaga quyadi, bu venalarning teshiklari esa yonma-yon joylashgan. ba’zan ana shu bir juft vena o’zaro qo’shilib, bitta venani hosil qiladi. Shu tufayli bo’lmachaga ochiladigan vena tomiri teshiklarining soni kamayadi.
O’NG QORINCHA VENTRICULUS DEXTER O’ng orincha uchi pastga qaragan uch qirrali piramida shaklida bo’lib, devorining qalinligi 5-8 mm, qorinchaning ichki yuzasida muskul tutamlari parallel holatda yotmasdan, balki bir-biri bilan kesishib, murakkab muskul chigali to’siqlari (trabeculae corneae) ni va muayyan joylarda qorincha bo’shlig’iga chiqib turadigan uchta konussimon o’siq - so’rg’ichsimon muskullar (m.m. papillares)ni hosil qiladi. Qorinchalarni bir-bridan ajratib turadigan oraliq to’siq - septum interventriculare o’ng qorincha bo’shlig’iga kirib joylashgan. Shuning uchun qorinchani ko’ndalangiga kesib qaraganda u yarimoy shaklida ko’rinadi. Antioventrikulyar teshikda uch tavaqali klapan - valvula atrioventri culares dextra (tricuspidalis) bor, u qayerda joylashganiga qarab quyidagi uchta alohida tavaqaga bo’linadi, shulardan biri oraliq to’siq - cuspis septalis - medial tomondan, ikkinchisi - cuspis anterior - oldingi òîìîíäàí, ó÷èí÷èñè - cuspis posterior orqa tomondan joy oladi. Bu klapanlar yurakning ichki (endokard) qavatidan vujudga kelib, ularning pastki erkin chekkalari qorincha bo’shlig’i tomonida joylashgan, har bir klapan uchiga esa so’rg’ichsimon muskullardan boshlanadigan ingichka pay iplari - 122 chordae tedineae birikkan. Pay iplari, odatda uchta so’rg’ichsimon muskulning har biridan ikkita-ikkita bo’lib boshlanib, ikkita yonma-yon joylashgan qo’shni klapanga boradi. Natijada har bir so’rg’ichsimon muskul bittadan pay iplari yordamida ikkita klapanga tutashib turadi. O’ng qorinchaga ochiladigan o’pka qon tomiri teshigi (ostium pulmonalis) ning og’izda uchta yarimoysimon klapan - valva trunci pulmonalis joylashgan, ulardan bir (valvula semilunaris anterior) oldingi tomonda, qolgan ikkitasi orqa tomonda joylashgan: ana shu ikkita klapanning biri medial tomonda (valvula semilunaris dextra), ikkinchisi lateral tomonda (valvula semilunaris sinistra) joylashgan. yarimoysimon klapanlar qon tomir bo’shlig’iga qarab (tashqaridan tikilgan cho’ntakka o’xshab) joylashgan.
CHAP QORINCHA (VENTRICULUS SINISTER) Yurak chap qorinchasi bo’shlig’i konus shaklida bo’lib, ikkita teshigi bor, biri chap bo’lmachani chap qorincha bilan qo’shib turadigan oval shaklidagi ikki tavaqali klapan - ostium atrioventriculare, ikkinchisi chap qorinchani aorta bilan qo’shadigan uchta yarimoysimon klapanli ostrium aortae dir. Atrioventrikulyar klapan - valvula atrioventricularis sinistra (mitralis) ikki tavaqali bo’lib, uni valvae bicuspidalis deb ataladi. Ikki tavaqali klapanning biri (cuspis posterior) kichikroq bo’lib, chap tomonda orqaroqda ikkinchi, kattarog’i (cuspis anterior) o’ng tomonda oldinda joylashgan. Har ikkala klapanning erkin chekkalari pay iplari choradae tedineae orqali oldingi va orqa tomonda joylashgan so’rg’ichsimon ikkita muskul musculis papillaris anterior et posterior ga birlashadi. Aortaning uchta yarimoysimon klapani ham yurakning boshqa klapanlariga o’xshab tuzilgan, chap qorinchaning aorta teshigiga qo’shilish chegarasida joylashgan. Ana shu klapanlarning ikkitasi - valvulae semilunares dextra et sinistra oldingi tomonda, uchinchisi valvula semilunaris posterior esa orqa tomonda joylashgan. Aorta klapanlari o’pka arteriyasi klapanlariga qarganda birmuncha qalin, tugunchalari - noduli semilunaris aortae bir qadar katta va sinuslari kengroq bo’ladi. Chap qorincha qisqarib, aorta orqali organizmning qismlariga arterial (kislorodga boy) qonni yetkazib turadi. Shuning uchun bu qorincha devorining muskul qavatiga qarganda (o’ng qorincha qisqarib, venoz qonni faqat o’pkaga yetkazib beradi, xolos) xiyla qalin (10-15 mm) tuzilgan. O’ng qorincha muskul qavatining qalinligi 5-8 mm. Chap qorincha o’ng qorinchadan o’rtada joylashgan qorinchalararo to’siq (septum interventriculare) bilan ajralib turadi. Qorinchalararo to’siqning ko’prog’i muskuldan (pars muscularis) tuzilgan bo’lib, uning tepa bo’lagi fibroz to’qimadan (pars membranacea) iborat. Ba’zan pars membranacea qorinchalarni tamomila yopib turmaydi, bunda teshik qolgan holda bola tug’ilish hollari kuzatiladi (anomaliya).
YURAK DEVORINING TUZILISHI Yurak devori uch qavatdan: ichki qavat (endocardium) o’rta (muskul) qavati (myocardium) va tashqi qavat (epicardium) dan tuzilgan.
1. Yurak devori ichki qavati (endocardium) ning tuzilishi va taraqqiy etishi qon tomirlar devoriga o’xshash bo’lib, yurak muskul qavatining ichki yuzasini qoplab turgan yupqa pardadir. Endokard pardasi talaygina elastik tolalar, silliq muskul hujayralari va biriktiruvchi to’qimalardan tuzilgan. Endokard pardasining ichkari (qorincha va bo’lmacha bo’shliqlari) ga qargan yuzasi endoteliy bilan qoplagan, shu sababli yurakning ichki yuzasi silliq bo’lib ko’rinadi. Endokard pardasi yurakning hamma bo’limlarini bir xilda qoplamagan, yurak qopqog’ida, qorinchalarda endokard birmuncha yupqa, bo’lmachalarning ichki yuzasi esa bir oz qalin bo’ladi, shu sababli u tiniqroq bo’lib ko’rinadi.
2. O’rta (muskul) qavati (miocardium) yurak devorining asosiy qismi bo’lib, alohida ko’ndalang-targ’il muskul tolalaridan tuzilgan. Yurak muskul tolalarining yadrolari markazda joylashgan bo’lib, bu tolalar to’rsimon yon birikmalar (sinsitiylar) bilan o’zaro birlashadi. Miokard tolalarining qisqarishi tufayli yurak ishlab turadi. Miokard tolalari bizning ixtiyorimizdan tashqari qisqarishi uni organizmdagi skelet muskullaridan ajratib turadi. Yurakning muskul qavati uning hamma bo’shliqlarida bir xil tuzilmagan, yurak bo’lmachalari miokard yurak qorinchalari muskul qavatining tuzilishidan katta farq qiladi. Yurak qorinchasining muskul tolalari yurak bo’lmachalarining miokard tolalari bilan tutashmagan bo’lib, ayrim-ayrim ikki fazada qisqaradi. Yurak bo’lmachalari miokard birmuncha sodda tuzilgan bo’lib, ikki qavatdan iborat:
1) yuza qavati gorizontal (ko’ndalang) joylashib, ikkala bo’lmachani o’rab turadi,
2) chuqur qavati har ikkala bo’lmachani alohida o’rab qoplab turadi.

YURAK ARTERIYALARI Yurak devori - aorta asceudens ning bosh qismi bulbus aortae dan valvula semilunaris ning tepa qirrasi pastrog’idan chiqqan bir juft toj arteriya (a.a. coronariae dextra sinistra) dan qon oladi. O’ng va chap toj arteriyalar epikard tagida yog’ to’qimalari bilan qoplangan holda yurak egatchalariga egri-bugri bo’lib tarmoqlanadi. O’ng toj arteriya - a. coronaria dextra aortaning chiqish joyidagi o’ng sinusdan chiqib, yurakning o’ng qulog’i tagida o’ng bo’lmacha bilan o’pka arteriyasi boshlanish qismi orasida o’rnashadi. Chap toj arteriya - a. coronaria sinistra - aortaning boshlanish joyidagi chap sinusidan chiqib, chap quloqcha bilan o’pka arteriyasining orasidan o’tadi va ikkita tarmoqqa bo’linadi. Yurak toj arteriyalari va ularning asosiy tarmoqlari bo’lmachalar uchun aa. Atrialesni; quloqchalarga aa. auriculares ni, qorinchalarga aa. ventriculares va nihoyat, qorinchalararo devorga aa. septi anterior et posterior ni beradi. Qorinchalar devoriga tarqalgan arteriyalar tashqaridan ichkariga harakatlanib, uning hamma qavatlariga alohida tarmoqchalar chiqarib, qon bilan ta’minlaydi va mm. papillares ra. papillaies -ga bo’lib boradi.


YURAK VENALARI Yurak devorlariga tarqalgan ikkita toj arteriyadan bir qancha katta-kichik yurak venalari paydo bo’ladi va turli yo’llar bilan venoz qonni o’ng bo’lmachaga olib keladi. Bu venalar quyidagilardir:
1. Chap bo’lmachaning qiyshiq venasi.
2. O’rta vena.
3. Yurakning katta venasi.
4. Kichik vena.
5. Yurakning kichik venalari.

YURAK LIMFA TOMIRLARI Yurakning limfa tomirlari yuza va chuqur joylashgan tomirlardan iborat. Yuza limfa tomirlari epikard ostida, chuqur limfa tomirlari endokard ostida (miokarda) to’r hosil g’ilib o’rnashgan. Har ikkala limfa to’ri o’zaro tutashadi. Epikard ostida joylashgan yuza limfa to’qimalaridan ikkita (o’ng va chap) kattakon limfa o’zani hosil bo’ladi.


KICHIK (YOKI O’PKA) VENA DOIRASI Kichik (yoki o’pka) vena doirasiga truncus pulmonalis bilan venae pulmonaleslar kiradi, lekin truncus pulmonalis ning “Arteriya sistemasi”da bayon etilganligini nazardan tutib, bu yerda venae pulmonaleslarni tasvirlash bilan chegaralanimiz, xolos. O’pka venalari - venae pulmonales, yuqorida aytilganidek, arteriya qonini olib kelib, yurakning chap bo’lmachasiga quyadi. Bu doira dastlab o’pka kapillyarlaridan boshlanib, kapillyarlar bir-biri bilan qo’shilishi natijasida borgan sari yiriklasha boradi va o’pka darvozasiga yetib kelguncha har o’pkadan ikkitadan (jami to’rtta) yirik vena hosil bo’ladi va ular ko’ndalang holatda yo’naladi. To’rtta venaning har biri mustaqil ravishda yurakning chap bo’lmachasiga quyiladi. O’pka venalarining uzunligi 1,2-1,5 sm bo’lib, ko’ndalang kesimi 14-18 mm ga to’g’ri keladi. Devorining qalinligi 3-3,5 mm. Bu venalarda klapanlar bo’lmaydi. O’ng o’pka chap o’pkaga nisbatan katta bo’lganligi uchun (o’ng o’pka uch bo’lakdan, chap o’pka esa ikki bo’lakdan iborat) undan chiqadigan venalar yo’g’onroq bo’ladi. Ularning biri (yuqorigisi) o’pkaning yuqori va o’rta bo’laklaridan qon yiqqani uchun ikkinchisiga nisbatan yo’g’onroq bo’ladi. O’pka venalarining boshlanish qismi perikarddan tashqarida turadi, quyish joyi esa epikard bilan yopiladi. Kichik doira venalari katta doira venalari bilan anastomoz hosil qiladi. Bronx venalarining o’pka venalari bilan, qizilo’ngach venalarining ko’ks oralig’i orqa venalari bilan va boshqa venalarning bir-biriga aloqador bo’lishi bu ikki doirani bir-biriga qo’shadi.
KATTA (YOKI GAVDA) VENA DOIRASI Katta doira venalarining hosil bo’lishida quyidagi 3 sistema ishtirok etadi:
a) yurak devoridan keladigan venalar,
b) yuqorigi kavak vena sistemasi,
v) pastki kavak vena sistemasi.
Pastki kavak vena sistemasi kattaligi va uzunligi jihatidan qolgan ikki sistemadan farq qiladi.

BILAK VA YELKA VENALARI Bu sohalaridagi venalar qo’l panjasi venalarining bevosita davomi bo’lib, ular ham yuza va chuqur joylashgan guruhlarga bo’linadi. Bilakdagi yuza venalar arteriyalarni kuzatmaydi. Aksincha, o’zlari teri ostida tanho joylashadi. Bunday venalarga yo’l-yo’lakay turlicha kattalikdagi ko’pgina venalarni qabul qiluvchi ikkita asosiy vena kiradi. Ularning biri bosh vena - v. cephalica, ikkinchi esa asosiy vena - v. basilica deb ataladi. Juda kamdan-kam hollarda bu ikki venadan tashqari, bilakda uchinchi yuza vena - v. mediana antebrachii bo’lishi ehtimol. Bu venalar chuqur venalarga nisbatan ancha yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, faqat terining o’zidagi venalar bilangina emas, balki bilak-yelkaning chuqur joylashgan venalari bilan ham yaxshi anastomoz hosil qiladi va qisman muskullardan qon oladi. Bilak va yelkaning chuqur joylashgan venalari. Bu sohadagi chuqur joylashgan venalar ikkitadan (juft) bo’lib, shu joydagi arteriyalarni kuzatadi (vv. comitantes) va shu arteriyalarning nomi bilan ataladi. Katta ko’krak muskuli - m. pectoralis major ning pastki qirog’i sohasida vv. brachiales lar bir-biri bilan qo’shilib, qo’ltiq venasi v. axillaris ni hosil qiladi. Juda kamdan-kam hollarda qo’ltiq venasi ikkita (juft) bo’lishi ham mumkin.



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish