13-mashg’ulot.
Mavzu. MUSKULLAR TIZIMI – MUSKULLAR SHAKLI, MUSKULLAR TUZILISHI.
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam mushaklarining tarqatma materiallari.
2. Odam tanasi mushaklarining mulyajlari.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa
Odamning tayanch-harakat tizimini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam mushaklarining tuzilishini ko‘rib chiqish.
Muskullar organizm hayotida muhim o’rin tutadi. Markaziy nerv sistemasi yuboradigan impulslar ta’sirida gavdadagi muskullar qisqaradi, buning natijasida skelet harakatga keladi va gavda yoki uning bir qismi bir joydan ikkinchi joyga ko’chadi. Muskullarda harakat va sezuvchi nervlarning oxirlari joylashgan bo’lib, har bir muskul ular orqali markaziy nerv sistemasi bilan bog’lanadi. O’rta yashar odamning skelet muskullari gavda og’irligining 40 foizini, chaqalaqlarning muskullari esa gavda og’irligining 20-22 foizini tashkil etadi. Jismoniy mashg’ulotlar bilan muntazam shug’ullanib turuvchi sportchilarda skelet muskullarining og’irligi gavda og’irligining qariyb yarmini tashkil qilishi mumkin. Yosh ulg’aygan sari muskullarning hajmi va og’irligi astasekin kamaya boradi. Odam gavdasida 600 ga yaqin skelet muskullari bor. Muskullarning takomillashishi. Gavda muskullari mezodermadan takomillashadi. Mezodermaning xorda va boshlang’ich miya naychasining ikki yon tomonida joylashgan dorsal qismi segmentlarga yoki somitlarga bo’linadi. Somitlar o’z navbatida sklerotomga va miotomgabo’linadi. Sklerotomdan umurtqa ustuni va skelet hosil bo’lsa, miotomdan muskullar takomil topadi. Miotomlar ko’proq ventral tomonga zo’r berib o’sishi tufayli kattaroq ventral qismi va unda kichikroq dorsal qismlari tafovut qilinadi. Miotomning dorsal qismidan orqa muskullar takomil etsa, ventral qismidan gavdaning old tomonida joylashgan ventral muskullar takomil etadi.
MUSKULLARNING TUZILISHI Skelet muskullari ko’ndalang targ’il tolalardan tashkil topgan muskul tutamlaridan iborat. Muskullarning funksional va struktur birligi - muskul tolasidir. har bir muskul tolasi ikkinchi muskul tolasidan ustini o’rab olgan nozik biriktiruvchi to’qima pardasi - endomizium yordamida ajralib turadi. bir nechta muskul tolalari qo’shilib muskul tutamini hosil qiladi va ustidan tashqi qo’shuvchi to’qima pardasi - perimizium bilan o’raladi. Bir necha muskul tutamlaridan hosil bo’lgan butun muskul esa tashqi perimizium (perimysium externum) bilan o’ralgan bladi. Muskul nervga bo’ysinuvchi a’zo hisoblanadi, shuning uchun har bir muskul ichida harakat va sezuvchi nerv oxirlari bo’lib, ular muskullarni markaziy nerv sistemasi bilan bog’lab turadi. Harakat nervlari markaziy nerv sistemasida hosil bo’lgan qo’zg’alishni muskulga yetkazib beradi, ya’ni impulsni uzatadi, natijada muskul markaziy nerv sistemasining xohishi bilan qisqaradi (harakat analizatorlari). Muskullari ichida joylashgan sezuvchi nerv oxirlari muskuldagi sezgini markaziy nerv sistemasiga yetkazib, unga xabar berib turadi. Bulardan tashqari, muskullar ichida simpatik nerv oxirlari ham bor, shuning uchun tirik organizm muskullari bo’shashgan vaqtda doimo sal qisqargan holatda bo’ladi. Bunga muskul tonusi deyiladi. Odam o’lgandan so’ng muskullarning tonusi yo’qoladi vabo’shashib ketadi. 5-6 soat o’tgach, muskul tarkibidagi oqsil iviydi va qotadi, natijada muskullar ham qay ahvolda turgan bo’lsa, o’sha holda qotib qoladi. Har bir muskulning aktiv qisqaruvchi go’shtdor qismi - tanasi (venter) va ikki uchi, ya’niboshlanish va birikish joylari - pay qismlari (tendo) bo’ladi. Uzun muskullarda bundan tashqari yana bosh (caput) va dum (cauda) ham tafovut qilinadi.
MUSKULLARNING TURKUMLARIGA BO’LINIShI Muskullar joylashgan o’rniga, shakliga, tolalarining yo’nalishiga, lateral yoki medial joylashishiga qarab qator turkumlarga bo’liniadi. Shakliga qarab uzun, qisqa yoki serbar muskullar to’rtburchak (m.quadratus), yumaloq (m.teres), deltasmion (m.deltoideus), kambalasimon (m.soleus) muskullar tafovut etiladi. Ba’zi muskullar bir necha boshli bo’lgani uchun ko’p boshli muskullar turkumiga kiradi; ikki boshli (biceps), uch boshli (triceps) va to’rt boshli (quadriceps) muskullar shular jumlasidandir. Muskul tolalarining yo’nalishiga qarab to’g’ri (parallel) tolali (m.rectus), tolalari aylanma joylashgan (m.orbicularis), ko’ndalang joylashgan (m.transversus), qiyshiq joylashgan (m.obliquus) muskullar tafovut qilinadi. Yarim payli (m.semitendinosus) va yarim pardali (m.semimembranosus) muskullar esa payi bilan go’shtdor qismining bir-biriga nisbati jihatidan boshqa muskullardan ajralib turadi. Bajaradigan ishiga qarab muskullar bukuvchi (flexores), yozuvchi (extensores), yaqinlashtiruvchi (adductores), uzoqlashtiruvchi (abductores), aylantiruvchi (rotatoris), ichkariga (pronatores) va tashqariga (supinatorius) buruvchilar turkumlariga bo’linadi.
MUSKULLAR ISHI Muskullar ishi ularning qisqarishidan iborat. Muskullar qisqarar ekan, ko’pincha boshlanish va birikish joylarini bir-biriga yaqinlashtiradi, shuning uchun boshlangan uchining qimirlamay turgan nuqtasi-puctum fixum va birikkan uchi, harakat qilayotgan tomoni - punctum deyiladi. Harakat qiluvchi va qiluvchi va qimirlamay turuvchi uchlari ayrim hollarda almashib turishi ham mumkin. Muskul qisqarganda uning bir ikinchi uchiga yaqilashadi. Natijada gavdaning ana shu qismi harakatga keladi, binobarin, muskul mexanik ish bajaradi. muskullar mexanik ishdan tashqari, statik ish ham bajaradi. Muskullarning statik ishi gavdaning ma’lum vaziyatini tik saqalab turish uchun sarf bo’ladi, ammo gavda fazoda o’rin almashmaydi, chunonchi- qimirlamasdan oyoqda tik turish yoki stulda o’tirish vaziyatini saqlash uchun muskullar qisqarib turishi lozim. Bajarilgan ishning kuchi ishni bajarayotgan muskulning ko’ndalang kesimiga bog’liq. Muskulning ish bajarish quvatini yuk ko’tarish kuchi deyish mumkin. Binobarin, muskulning yuk ko’tarish kuchi uning ko’ndalang kesimining katta-kichikligiga bog’liq. Muskul ko’ndalang kesimining o’lovchi uning anatomik ko’dalang kesimi, yuk ko’tarish qobiliyati esa fiziologik ko’ndalang kesimi deyiladi. Muskullarning anatomik ko’ndalang kesimi sm bilan, fiziologik ko’ndalang kesimi esa kg bilan o’lchanadi. Muskul ko’ndalang kesimining katta-kichikligi muskul tolalarining yo’nalishiga tik o’tkazilgan chiziqning uzunligi bilan o’lchanadi. Ba’zan muskullarning muskul tolalari qiyshiq yo’nalishga ega bo’ladi (masalan, patli muskullar). Bunday muskullarning ko’ndalang kesimini o’lchash uchun muskul tolalari yo’nalishiga o’tkazilgan tik chiziq ham bir oz qiyshiq ketadi. agar muskul qo’sh patli bo’lsa, har qaysi patidagi muskul tolalariga o’tkazilgan tik chiziqlar uzunliklarining yig’indisi olinadi. Shuning uchun ham patli muskullarning fiziologik ko’ndalang kesimi ularning anatomik ko’ndalang kesimidan kattaroq bo’ladi. Tirik odamda bitta muskulning yuk ko’tarish kuchi (ya’ni fiziologiye kesimi) ni aniqlash kiyin albatta, odatda muskullarning fiziologik kesimi bir gruppa muskullarning yuk ko’tarish qobiliyatiga qarab o’lchanadi. Masalan, Fisherning tekirishlariga ko’ra, bilakning old tomonida joylashgan bukuvchi muskullar taxminan 150 kg, sonning orqa tomonidagi bukuvchi muskullar esa 480 kg yukni ko’tara oladi. Fik va Mayerlarning kuzatishiga ko’ra, 1 sm2 ko’ndalang kesimiga ega bo’lgan muskul o’rta hisobda 10 kg yuk ko’tara oladi. Shuni esda tutish kerakki, muskullarning ish bajarish quvvatini oshiruvchi va unga ko’maklashuvchi suyak pishanglari, ya’ni richaglari bor. mexanikada ikki richag farq qilinadi. Antagonist va sinergist muskullar. Umuman muskullar ishida tom ma’noda antagonistlik yo’q. Har qanday muskul qisqarar ekan, gavdadagi boshqa muskullar bilan birgalikda gavda harakatini ta’minlaydi. Ammo qisqargan vaqtida ikkinchi bor mumkulga yoki muskullar guruhiga nisbatan qarama-qarshi ish bajarsa, bunday muskullar antagonist muskullar hisoblanadi. Masalan, panjani yozuvchi muskullar panjani bukuvchi muskullarga nisbatan antagonistdir. Aksincha, o’zining ishi bilan ikkinchi bir muskulning yoki muskullar guruhining ishiga yordam beradigan yoki ularning ishini to’ldiradigan muskullar sinergist muskullar deyiladi. Muskullar ishini uch fazaga bo’lish mumkin. I. Qarshilik yengish fazasi. Bu faza muskul tananing muayyan qismi og’irligini (yoki qo’yilgan yukni) yengib qisqaradi. Qarshilikka bardosh berib turish fazasi. Bunda muskulning qisqarish kuchi qarshilik kuchiga teng kelib gavdanining muayyan qismida ana shu muskullar qisqarib turgan vaziyat tutib turiladi. Qarshillik kuchiga bardosh bera olmaslik fazasi. Bunda muskul qisqargan holatda turishiga qaramay, qarshi kuchlarga bardosh bera olmaydi, asta-sekin bo’shashadi. Umuman muskullarning ishi organizmdagi boshqa a’zolarga katta ta’sir ko’rsatadi. Muskullarning ishi suyaklarning shakllanishga ayniqsa katta ta’sir ko’rsatadi.
XUSUSIY MIOLOGIYA Tananing orqa tomonidagi muskullar Orqa muskullari odatda ikki guruhga, chunonchi, yuza muskullar va chuqur muskullar guruhlariga bo’lib o’rganiladi. Orqaning yuza muskullari. Trapesiyasimon muskul (m.trapezius) -ensa suyagining Linea nuchae superior sohasidan, barcha ko’krak umurtqalarining qirrali o’simtalarida boshlanib, o’mrov suyagining akromial o’sig’i- akromion (spina scapulae) ga yopishadi. Bu muskul orqaning yuqori qismida joylashgan bo’lib, uchburchak shaklida. O’ng va chap tomondagi trapesiyasimon muskullar bilan birgalikda trapesiya shakliga o’xshaydi. Muskulning yuqori tutamlari yuqoridan pastga, o’rta tutamlari ko’ndalang, pastki tutamlari esa pastdan yuqoriga yo’nalgan. Trapesiyasimon muskul yelka kamarini (kurakni va o’mrov suyagini) yuqoriga ko’taradi, ayni vaqtda kurakning pastki burchagini lateral tomonga tortadi, bu hol qo’lni yuqoriga ko’targanda ro’y beradi. Muskulning pastki tutamlari qisqarganda aksincha, kurakni pastga tortadi. Trapesiyasimon muskulning barcha tolalari birdaniga qisqarsa, yelka kamari orqaga tortilib, umurtqa pog’onasiga yaqinlashadi. O’ng va chap trapesiyasimon muskullar barobar qisqarsa, kuraklar bir-biriga yaqinlashadi. Trapesiyasimon muskul: n. accessorius va C III - C IV vositasida boshqariladi hamda a.transversa colli, a occipitalis,-a.a.intarcostales posteriores lar vositasida qon bilan ta’minlanadi. Orqaning serbar muskul - Latissimus dorsi pastki to’rtta ko’krak umurtqasining, barcha bel va dumg’aza umurtqalarining qirrali o’siqlaridan, yonbosh suyagining tashqi qirrasidan va pastki to’rtta qovurg’aning burchagidan boshlanib, yelka suyagi (crista tuberculi minores humeri) ga yopishadi. Orqaning serbar muskuli orqa tomonda, pastroqda joylashgan bo’lib, trapesiyasimon muskul kabi terining ostida yotadi. Muskulning tolalari pastdan yuqoriga va lateral tomonga yo’nalgan bo’lib, yuqori cheti bilan kurakning pastki burchagiga taqalib turadi. orqa serbar muskulining yuqori qismi trapesiyasimon muskulning pastki qismi bilan yopilib turadi. Orqaning serbar muskuli boshlangan joyda rombsimon shaklga ega bo’lgan keng pay (fascia thoracolumbalis) bor. Muskulning pastki to’rtta qovurg’adan boshlanuvchi tishlari qorinning tashqi qiyshiq muskulining shu sohadan boshlanuvchi tishlari bilan navbatlashib boshlanadi. Orqaning serbar muskuli qisqarganda qo’lni orqaga va pastga tortadi (masalan, shimning orqa cho’ntagidan biron narsani olish imkonini beradi). Agar qo’lni qimirlatmay turib, bu muskulni qisqartirilsa, ko’krak qafasini kengaytiradi. Bu muskul chang’ida yuruvchilarda, eshkak eshuvchilarda va turnikda mashq qiluvchilarda yaxshi rivojlangan bo’ladi. Orqaning serbar muskuli n.tharacodorsalis bilan innervasiya qilinadi va a.tharacodorsalis, a.circumflexa humeri posterior, a.a.intercostales posteriores lar vositasida qon bilan ta’minlanadi. Rombsimon muskullar (m.rhomboideus major et minor). Pastki ikkita bo’yin va yuqorigi to’rtta ko’krak umurtqalarining qirrali o’siqlaridan boshlanib, kurakning medial chetiga yopishadi. Rombsimon muskullar qisqarsa, kurakni umurtqa pog’onasiga yaqinlashtiradi va yuqoriga tortadi, shuning uchun ham bu muskullar orqaning serbar muskuliga sinergist, m.serratus anterior ga nisbatan esa antagonist hisoblanadi.
TANANING OLD TOMONIDAGI MUSKULLAR Tananing old tomonidagi muskullaraga ko’krak va qorin muskullari kiradi. odam gavdasi vertikal holatda bo’lgani tufayli tepaning ventral (old) tomonidagi muskullari yaxshiroq takomil etgan. Tananing old tomonidagi muskullarga bo’yinda til osti suyagi birikuvchi muskullar, shotisimon muskullar va umurtqa oldi muskullari, ko’krakda - qovurg’alararo muskullar, ko’krakning ko’ndalang muskullari va diafragma, qorin qismida esa qorinning qiyshiq, ko’ndalang va to’g’ri muskullari kiradi.
KO’KRAK MUSKULLARI Ko’krak muskullarini asosan ikki gruppaga bo’lish mumkin. Birinchi gruppaga ko’krakning serbar muskullari kirib, ular asosan ko’krak qafasidan boshlanib, yelka kamari suyaklariga yopishadi ikkinchi gruppaga ko’krak qafasining autoxton (o’ziga xos) muskul kiradi, binobarin, bu muskullar ko’krak qafasi sohasidan boshlab shu yerning o’ziga yopishadi.
KO’KRAK QAFASIDAN BOSHLANIB YELKA KAMARI VA YELKA SUYAKLARIGA YOPISHUVCHI MUSKULLAR Ko’krakning katta muskuli (m.pectoralis major) - o’mrov suyagining medial yarmidan, to’sh suyagining old sathidan, I VII qovurg’alarning tog’ay qismidan, qorin to’g’ri muskuli qinining devoridan boshlanib, Crista tuberculi majoris humeri ga yopishadi muskulning yuqori lateral cheti deltasimon muskulning old pasti cheti bilan yopilgan bo’lib, bu yerda aniq ariqcha - sulcus deltoideoperalis ni holil qiladi. Bu muskul qo’lni gavdaga yaqinlashtiradi va ichkariga buradi. O’mrov suyagidan boshlanuvchi yuqori tutamlari qo’lni old tomonga ko’taradi. Agar qo’l qimirlamay tursa, qovurg’alarni ko’taradi va nafas olish ishtirok etadi. Ko’krakning katta muskuli n.n.pectorales lateralis et medialis vositasida innervasiya qilinadi hamda a.thoracoacromialis a.thoracoaca lateralis lar vositasida qon bilan ta’minlanadi. Ko’krakning kichik muskuli (m.pectoralis minor) -I-V qovurg’alardan boshlanib, kurakning tumshuqsimon o’sig’iga yopishadi. Bu muskul ko’krakning katta muskuli ostida yotadi va undan ancha kichik. Bu muskul qisqarsa, kurakni oldinga va pastga tortadi. Qimirlaymay turganda qisqarsa, ko’krak qafasini ko’tarib, nafas olishda ishtirok etadi.
KO’KRAK QAFASINING AUTOXTON MUSKULLARI Tashqi qovurg’alararo muskullar (m.intercostales externi) - yuqoridagi qovurg’aning tashqi pastki chetidan boshlanib pastdagi qovurg’aning yuqori chetiga yopishadi. Tashqi qovurg’alararo muskullarining tolalari yuqoridan pastga va orqadan oldinga yo’nalgan bo’lib, qovurg’aning suyak qismida (umurtqadan to tog’ay qismigacha) muskul tolalaridan iborat bo’lsa, tog’ay qismida fibroz to’qimadan tuzilganki, membrana intercostalis externi deb ana shunga aytiladi. Ichki qovurg’alararo muskullar m.interocostales interni pastki qovurg’aning ustki chetidan boshlanib, ustki qovurg’aning ostki chetining ichkari labiga yopishadi. Ichki qovurg’alararo muskullar yuqoridagi muskulning ostida joylashgan bo’lib, unga nisbatan muskul tolalari teskari, ya’ni pastdan yuqoriga va oldindan orqaga yo’nalgan. Bu muskullarning tashqi qovurg’alararo muskuldan yana bitta farqi shundanki, uning tolalari qovurg’alarning tog’ay qismlari orasida ham davom etadi. Qovurg’alarning tog’ay qismlari orasida tortilgan qismi membrana interni deyiladi. M.m.intercostales interni orqa tomonda faqat qovurg’aning burchaklarigacha davom etadi xolos. Qovurg’a burchagidan qovurg’a boshigacha bu muskul o’rnida membrana intercostalis interni bor. Bu muskullar n.n.intercostales orqali innervasiya qilinib, a.a.intercostales, a.thoracica interna lar orqali qon bilan ta’minlanadi. Qovurg’a osti muskullari - m subcostales juda nozik muskul tolalaridan tashkil topgan bo’lib, pastki qovurg’alar umurtqaga qaragan uchlarining ichki tomoniga joylashgan. qovurg’a osti muskulining boshlanishi, yopishishi va tolalarining yo’nalishi ichki qovurg’alararo muskullardagiga o’xshaydi. Lekin qovurg’a osti muskuli pastki qovurg’alarning ustki chetidan boshlanib, yuqori qovurg’alarning pastki chetiga 1-2 ta qovurg’a tashlab birikadi. Ko’krakning ko’ndalang muskuli - m trensversus thoracis - III-VI qovurg’alar tog’ay qismning orqa tomonida joylashgan bo’lib, qorin ko’ndalang muskulining davomi hisoblanadi. Bu muskul ko’pincha bo’lmaydi. Qovurg’alararo muskullar qisqarganda bu muskul qovurg’alarni ko’taradi va nafas chiqarishda ishtirok etadi. Nafas chiqarishda yana m.m.subcostales va m.transversus thoracis, shuningdek boshqa muskullar ham ishtirok etadi. Shuni aytib o’tish kerakki, tashqi va ichki qovurg’alararo muskullarning funksiyasi haqida turli fikrlar bor. chunonchi, M.F.Ivaniskiyning fikricha, har ikkala muskul nafas olishda ham, nafas chiqarishda ham ishtirok etadi. Har ikkala muskul ham n.n.intercostales bilan innervasiya qilinadi, a.a.intercostales va a.horacica intarna qon bilan ta’minlaydi.
OLDINGI LATERAL TOMONDAGI MUSKULLAR Qorinning tashqi qiyshiq muskuli (m.obliquus externus abdominis) - ko’krak qafasining yon tomonidan, pastki sakkizta qovurg’adan tishlar bilan boshlanib, yonbosh suyagi qirrasining labium externum iga yopishadi. Qolgan qismi esa yassi pay (aponevroz) ga aylanib, to’g’ri muskulning ustidan o’tib, qarama-qarshi tomondagi shu nomli muskul apnevroz bilan qo’shilib, oq chiziq (linea alba) ni hosil qiladi. Bu muskul tutamlarining yo’nalishi m.m. intercostales tolalarining yo’nalishiga o’xshaydi. Qorin tashqi qiyshiq muskuli apnevrozining pastki erkin qismi tuberculum pubicum bilan spina iliaca anterior superior orasida tortilib, tarnovsimon ariqcha hosil qiladi. Bu ariqchaning tubi xiyla mustahkam bo’lib, chov boylami lig inguinale) deb shunga aytiladi. Demak, chov boylami pishiq chandir shaklidagi boylam bo’lib, qorin tashqi qiyshiq muskulining qalinlashgan va bir oz qayrilgan chekkasidir. Qorinning ichki qiyshiq muskuli (m.obliguus internus abdominis) fascia thoraco lumbalis, linea intarmedia cristae iliacae lig. Inguinale ning lateral bo’lagidan boshlanib, X, XI va XII qovurg’alarning pastki chekkasiga yopishadi. Bu muskul qorinning tashqi muskuli bilan deyarli yopilib turadi (bel sohasi bundan mustasno) va undan kichiqroqdir. Muskul tolalari (boshlangan joyiga qarab) ko’ndalang, yuqoridan pastga qaragan yo’nalishga ega bo’lib, qorinning to’g’ri muskuli chetiga yaqinlashgach, serbar pay apronevrozga aylanadi. Bu aponevroz qorin to’g’ri muskuli qinini hosil qilishda ishtirok etib linea alba abdominis ga qo’shilib ketadi. 107 n intercostales, iliohypogastricus, ilioiguinalis lar innervasiya qiladi. a.a. intercostales. epigastricae inferior et superior qon bilan ta’minlaydi.
BO’YIN MUSKULLARI Bo’yinning old (ventral) tomoni collum, orqa (dorsal) tomoni cervicis yoki regio nuchae deb ataladi. Bo’yinda muskullardan tashqari, hiqildoq, kekirdak, qizilo’ngach, katta qon tomirlar bo’ladi. Bo’yinning old tomonida, hiqildoq oldida, modda almashinuvida katta ahamiyatga ega bo’lgan qalqonsimon bez joylashgan. bo’yin muskullari bo’yindan o’tadigan a’zolar atrofini o’rab turadi va quyidagicha tasniflanadi: Yuza muskullar (m.m. platysma, sternocleidomastoideus) Til osti suyagi sohasidagi muskullar: a) til osti suyagidan yuqorida joylashgan muskullar (m.m. mylohyoideus, digastricus, stulohyoideus, geniohyoideus); b) til osti suyagidan pastda joylashgan muskullar (m.m. sternohyoideus, sternotryreoideus, thyreohyoideus). Chuqur muskullar: a) yon tomondagi qovurg’alarga birikuvchi muskullar (narvon muskullar); b) umurtqa oldi muskullari.
YUZA MUSKULLAR Bo’yinning teri osti muskuli (m. platysma) - ko’krak fassiyasining II qovurg’a sohasidan boshlanib, pastki jag’ning qirog’iga yopishadi. Bu muskul bevosita bo’yin terisi ostida joylashgan bo’lib, yupqa plastinkadan iborat. O’ng va chap muskullar o’rtasida bo’yinning o’rta chizig’i sohasida uchburchak shaklida ochiq joy qoladi. Bu muskul bo’yin terisini old tomonga tortib, bo’yin venalari ichida qon oqishini yaxshilaydi, og’iz burchagini pastga tortib mimika muskuli vazifasini bajaradi. Y n. facialis orqali boshqarilib, a. cervicalis facialis orqali qon bilan ta’minlanadi. To’sh-o’mrov-so’rg’ichsimon muskuli y. m. sternocleidomastoideus. To’sh suyagining oldingi sathidan, o’mrov suyagining to’sh suyagiga qargan uchidan boshlanib, chakka suyagining so’rg’ichsimon o’sig’iga yopishadi. Yuqoridagi muskulning ostida joylashgan bo’lib, undan bo’yin fassiyasi yordamida ajralib turadi. Embrional davrda m. trapezius bilan birga takomil etib, undan ajralib ketadi. Shuning uchun am, innervasiyasi trapesiyasimon muskul bilan umumiydir (n.accesorius).
TIL OSTI SUYAGI SOHASIDAGI MUSKULLAR Til osti suyagidan yuqorida joylashgan muskullar. Jag’- til osti muskuli -m.mylohyoideus - pastki jag’ning linea mylohyoidea sidan boshlanib, til osti suyagining tanasiga yopishadi. Muskul tutamlari yuqoridan pastga yo’nalgan bo’lib, chap va o’ng tomondagi jag’ning til osti muskullari o’rta chiziqda qo’shilgan joyida (o’rtada) jag’dan til osti suyagiga tortilgan fibroz chiziq (chok) bor, u raphe mylohyoidea deyiladi. Ikki qorinli muskul m.digastricus incisura mastoidea dan boshlanib, pastki jag’ning fossa digastrica siga yopishadi. Muskulning old va orqa qorinchalari o’rtasida toraygan yumaloq pay qismi bor. Har ikkala qorinchalar o’rtasidagi pay qismi fibroz to’qima yordamida til osti suyagi katta shoxining asosiga yopishgan, shuning uchun ham muskul yuqoriga (pastki jag’ga) qaragan yoyga o’xshaydi. Bigizsimon o’siq bilan til osti suyagi orasidagi muskul (m. stylohyoideus) bigizsimon o’siqning old yuzasidan boshlanib, til osti suyagining tanasiga, ikki qorinli muskul yumaloq payining ikki chetiga yopishadi. Engak-til osti muskuli (m. geniohyoideus) - pastki jag’ning spina mentalisidan boshlanib, til osti suyagining tanasiga yopishadi. Yuqoridagi muskuldan teparoqda va o’rtaroqdan va o’rtaroqdan sal chetda joylashgan, tolalari yuqoriga va orqa tomnga yo’nalgan.
BOLDIR MUSKULLARI Boldirda joylashgan muskullar asosan uch guruhga: old, lateral va orqa boldir muskullari guruhlariga bo’linadi. Boldir muskullari asosan oyoq panjasini harakatga keltirish, gavdaning tik turishini ta’minlash kabi muhim vazifalarni bajaradi. Bu muskullar ishga bilak muskullari kabi ixtisoslashgan. Oldingi guruh muskullari. Katta boldirning oldingi muskuli (m. tibialis anterior) - katta boldir suyagining yo’g’onlashgan yuqori uchining lateral yuzasidan va membrana interossea dan boshlanib, o’rtadagi ponasimon suyakka va os metetarsi I ning asosiga yopishadi. Bu muskul katta boldir suyagining ustida, teri ostida joylashgan bo’lib, medial tomondan katta boldir suyagining old qirrasi bilan chegaralanadi, lateral tomondan esa yuqorida oyoq panjasini yozuvchi uzun muskulga taqalib turadi. Muskulning go’shtdor qismi boldirning pastki uchdan bir qismiga yaqinlashganda pishiq payga ulanadi. Bu pay boldir oyoq panjasiga o’tadigan yerdagi muskul paylari o’tadigan ustki va pastki pay ushlab turuvchi boylamlar (retinaculum externum) ning kichik boldir muskullari o’tadigan pay qinidan o’tadi. Bu muskul oyoq panjasini yozadi, panjaning medial chetini ko’taradi. Barmoqlarni yozuvchi uzun muskul (m. extensor digitorum longus) condylus lateralis tibia dan, suyaklararo pardan, kichik boldir suyagi yuqori uchining old yuzasidan boshlanib, to’rtta pay bilan III-V barmoqlarning dorsal yuzasiga yopishadi. V barmoqda tugaydigan paydan ajralib chiqqan pay tutamlari alohida muskulga o’xshab oyoq panjasi V kaft suyagining asosiga borib yopishadi. Uchinchi kichik boldir muskuli (m. peroneus tertius) deb shunga aytiladi. Kichik boldir suyagining uchinchi muskul faqat odamlarga xos muskul bo’lib, hatto maymunlarda ham bo’lmaydi. Shuning uchun ham bo’lmaydi. Shuning uchun ham bu muskul ikki oyoqlilarga xos muskul hisoblanadi, bu muskul oyoq panjasi lateral chetini ko’taradi, ya’ni pronasiya qiladi. U panjani yozadi va uning lateral chetini ko’taradi. Qisman barmoqlarni ham yozadi. 108 Kichik boldir kalta muskuli (m. peroneus brevis) - kichik boldir suyagining o’rtadagi uchdan bir qismining old sathidan boshlanib, tuberositas ossis metatarsi V ga yopishadi. Bu muskul shu nomli uzun muskulga o’xshaydi, ammo undan kaltaroq bo’lib, uning ostida (pastki uchdan ikki qismida) yotadi. Muskulning payi yuqoridagi muskul payi bilan birga lateral to’piq orqasida retinaculum peroniorum ning ostidan o’tadi. Kichik boldir kalta muskuli ham xuddi uzun muskul singari oyoq panjasining lateral chetini ko’tarib, medial chetini pastga tushiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |