5-mashg’ulot Mavzu. ERKIN QO`L SKLETE TUZILISHI (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odamning to’liq skeleti. 2. Odamning alohida elka kamari suyaklari. 3. Odam qo’lining erkin suyaklari 4. Lupa. 5. Mikroskop. Vazifa Odamning qo'l skeleti tuzilishini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam qo’l suyaklarini ko‘rib chiqish.
Odam qo’l-oyoq skeletining umumiy ko’rnishi. Odam qo’l skeleti bilan oyoq skeletining tuzilishida bir qadar o’xshashlik bo’lsa ham, vazifasiga ko’ra bir-biridan tuban farq qiladi. Odam oyoqlari yordamida bir joydan ikkinchi joyga yurib boradi va gavdasini ko’tarib tura oladi. Qo’l esa mehnat quroli bo’lib, ushlash vazifasini bajaradi. Qo’l-oyoq suyaklari kamar va erkin turgan bo’limlariga ajratiladi. Qo’l o’z kamarlari vositasida tana skeletiga qo’shilib turadi. Qo’l skeleti-yelka kamari (cingulum memdri superioris) o’mrov va kurak suyaklaridan iborat. Qo’lning erkin joylashgan (skeleton mebri superioris libri) yelka suyagi bilak (tirsak va bilak) suyagi va qo’l panja skeletidan tuzilgan.
YELKA KAMARI SUYAKLARI Yelka kamari ikki tomonda bittadan o’mrov va kurak suyaklaridan tashkil topgan. O’mrov (clavicula), qo’lni tanaga birlashtirib turadigan birdan-bir suyak bo’lib, shakli latincha “~” harfiga o’xshab bukilgan, uzun. To’sh suyagiga birlashgan uchi - extremitas sternalis bo’g’im yuzasi- facies articularis sternalis deyiladi. Ikkinchi kurakda joylashgan yelka o’sig’i birlashadigan uchiga - extremitas acromialis -deyiladi, bu yerdan yelka o’sig’iga bo’g’im hosil qilib birlashadigan kichik bo’g’im yuzasi - facies articulsris acromialis ko’rinadi. O’mrov suyagi yelka bo’g’imining tanadan uzoqroqda bo’lishini ta’minlaydi. Natijada qo’lning har turli murakkab harakatlarni osonigina bajarishiga qulaylik yaratib beradi. Umrov suyagining o’rta qismi tanasi (corpus claviculae) deyiladi. Tana pastida konussimon dumboqcha - tuberculum conoideum va trapesiyasimon - linea trapecoi dea joylashgan. O’mrov suyagi 95 embrionning 6- xaftasidan suyaklanadi. Bola 16-18 yoshga yetganda bitta suyaklanish nuqtasi (tush suyagi qaragan uchida) paydo bo’ladi. O’mrov suyagining suyaklanish davri 20-25 yoshga borib to’xtaydi. Kurak (scapula) suyagi yalpoq, uchburchak shaklida bo’lib, ko’krak qafasining orqa tomonida I-VII qovurg’alar tashqi sohasida joylashadi. Kurakning uchta: umurtqa pog’onasiga qaragan medial (margo medialis), qo’ltiqqa qaragan lateral (margo lateralis) va yuqorida joylashgan kalta chekkalari (margo superior) tafovut qilinadi. Yuqori chekkasida kurak o’ymasi (incisura scapulae) ko’rinib turadi. kurak suyagining uchala chekkasi o’zaro uchta burchak hosil qilib qo’shilgan; shulardan biri pastki qaragan burchak (angulus inferior) ikkinchisi yuqori tomondagi burchak (angulus superior) va uchinchisilateral burchak (angulus lateralis) laridir. Lateral burchak yo’g’onroq bo’lib, undagi chuqurroq bo’g’im yuzasi (cavitas glenoidalis) orqali yelka suyagi bilan bo’g’im hosil qilib birlashadi. Bo’g’im yuzasi tepasidagi do’mboqcha-tuberculum suprasglenoidale, pastidagi do’mboqcha- tuderculum infraglenoidale deb ataladi. Bo’g’im yuzasi orqa tomonda joylashgan tanaga ingichka bo’yin (collum scapulae) orqali o’tadi. Kurak suyagining suyaklanishi tumshuqsimon o’siqda birinchi suyaklanish nuqtasi (1 yoshlik davrida)ning paydo bo’lishidan oshlanadi va 16-17 yoshda tanasi bilan suyaklanib, qo’shiladi. Kurak suyagining qolgan qismlarida 11-18 yoshda boshlanib, 18-24 yoshda suyaklanib bitadi.
QO’LNING ERKIN TURGAN QISMIDAGI SUYAKLARI Yelka suyagi (humerus), rosmana uzun suyaklar turkumidan bo’lib, uning tanasi - diafizi (corpus humeri), ikkala (tepa va pastki) uchlari-epifizlar va ular o’rtasida joylashgan metafizlari tafovut qilinadi. Yelka suyagining yuqori uchisharsimon tumtoq boshcha (caput hu meri)bo’lib tugaydi. Boshcha suyakning qolgan boshqa qismlaridan unchalik chuqur bo’lmagan ariqcha - anatomik bo’yinchasi (collum anatomicum)yordamida ajralib turadi; ana shu bo’yinchaning pastki tomonida ikkita dumboqcha (lateral tomonidagi kattarog’i - uberculum majus va oldiroq tomondagi kichkina - tuberculum minus) joylashgan.Har qaysi dumboqchadan pastga qarab bittadan g’adir-budur qirra -crista tuberculi majoris (katta dumboqdan) va crista tuberculi minoris (kichik do’mboqdan) ketgan. Ana shu ikkala do’mboq va g’adir-budur qirralar orasida egatcha (sulcus intertubercularis) bo’lib, bu yerdan yelka ikki boshli muskulining uzun boshli payi o’tadi. Dumboqcha va qirralarga muskullar kelib yopishadi. Yelka suyagining dumboqchalaridan pastki qismi xipcharoq bo’lib, xirurgik bo’yin (collum chirurzgicum - kuproq yelka suyagi ana shu joyidan sinadi) deb ataladi va suyak tanasi (diafiz) ni epifizga qo’shib turadi. Yelka suyagi tanasining yuqori qismi silindr shaklli, pastki qismi uchta chekkali bo’ladi. Chekkalar orasida, orqa yuza - faciea posterior,oldingi laterial yuza - facies anterior lateralis, oldingi medial yuza -facies anterior medialis va suyakning oldingi laterial yuzasida deltasimon g’adur-budur - tuberositas deltoi dea joylashgan. G’adir-budur pastidan bilak nervi uchun spiralsimon egat (sulcus nervi radialis) boshlanadi. Ushbu egat suyakning orqa yuzasini aylanib, pastga tushgach, lateral qirrada tugaydi. Yelka suyagining pastki kengaygan uchi, ikki tomonidan g’adir-budur tepacha hosil qilib tugaydi, bular medial tepacha (picondylis medialis) ateral tepacha (epicondylus lateralis) lardir. Tepachalar yuqoriga medial va lateral qirralar sifatida davom etadi. Medial tepacha ko’proq o’sgan bo’lib, orqa yuzasidan tirsak nervi joylashadigan egatcha (sulcus nervi ulnaris)inadi. Ikkala tepachalar orasida bilak suyaklari bilan birlashadigan bo’g’im yuzasi joylashgan, u ikki bo’lakka ajraladi; medial tomonda ko’ndalang joylashgan va tirsak suyagi bilan birlashadigan g’altak (trochlea humeri) bo’lsa, lateral tomonda bilak suyagi bilan birlashish uchun yarimsharga o’xshash bo’g’im yuzali boshcha (capitulum humeri) bor. G’altakning tepasida, oldingi tomonda toj chuqurchasi (fossa coronoidea) ko’rinadi, unga tirsak suyagining toj o’sig’i kirib turadi. Toj chuqurchasining lateral tomonida bilak suyagining boshi kirib turadigan chuqurcha (fossa radialis) joylashgan. G’altakning tepasida, orqa tomonda tirsak suyagining tirsak o’sig’i kirib turadigan chuqurcha (fossa olecrani) bor. Bilak suyaklari - antebrachium naysimon ikkita uzun suyaklardan iborat.Medial tomonda tirsak suyagi (ulna), lateral tomonda esa bilak suyagi (radius) joylashadi. Tirsak suyagi (ulna) ning yuqori, yo’g’on uchida yelka suyagi g’altagi bilan qo’shiladigan kattagina g’altaksimon bo’g’im o’ymasi (incisura trochlearis) bor.Bo’g’im o’ymasi old tomonda toj o’sig’i (proccessus coronoideus) va orqa tomonda tirsak o’sig’i (olecranon) bilan chegaralanadi.