2-mashg’ulot
Mavzu. KO`KRAK QAFASI, TO`SH, QOVURG`ALAR, KURAK SUYAGINING TUZILISHI (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam Ko`krak qafasi, To`sh, qovurg`alar, kurak suyagining tuzilishi tarqatma materiallari.
2. Odam tanasi Ko`krak qafasi, To`sh, qovurg`alar, kurak suyagining tuzilishi mulyajlari.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa
Odamning Ko`krak qafasi, To`sh, qovurg`alar, kurak suyagining tuzilishi qon tomirlaritizimini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib Ko`krak qafasi, To`sh, qovurg`alar, kurak suyaginingtuzilishini ko‘rib chiqish.
Umurtqalar joylashuviga ko’ra bo’yin, ko’krak, bel, dumg’aza va dum umurtqalariga bo’linadi:
Bo’yin umurtqalari.
Odam umurtqa pog’onasining ko’krak qismi (ko’krak umurtqalari- vertebrae thoracicae) 12 dona. Ko’krak umurtqalarining tanasi-corpus vertebrae (tepadan pastga qarab) hajmi jihatidan kattalashib boradi. Ko’krak umurtqalarining ikki yonboshiga va ko’ndalang (processus transversus) o’simtalariga 12 juft qovurg’aning bo’g’im hosil qilib qo’shilib turishi sababli ular boshqa umurtqalardan ajralib turadi. Aksariyat qovurg’a boshchalari yonma-yon joylashgan ikkita umurtqa tanalarining yonbosh oralig’ida o’rnashib turadi. Shuning uchun ko’pincha umurtqalarning ikkala tomonida (tepa va pastida) yarimtadan chuqurcha (fovea costales superior et inferior) bo’ladi. Bundan birinchi umurtqa mustasno bo’lib, tanasining yuqori qirrasida birinchi qovurg’a uchun bitta butun qovurg’a chuqurchasi (fovea costalis superior), tanasining pastida ikkinchi qovurg’a chuqurchasi (fovea costales inferior) bo’ladi. 10-umurtqaning ikki yonboshida (X qovurg’a uchun) bittadan yarim chuqurcha XI-XII umurtqalar har birining ikki yonboshida (tegishli qovurg’alar uchun) bittadan to’la chuqurchalar joylashgan. Ana shu chuqurchalarga yuqorida aytilgan qovurg’a boshchalari bo’g’im hosil qilib joylashadi. Umurtqa tanasi va ravog’i o’rtasida umurtqa teshigi (foramen vertabralis) mavjud. Yuqori va pastdagi bir juftdan frontal holatda joylashgan bo’g’im o’rtalari (processus aricularis superior et inferiores) bilan umurtqalar o’zaro birlashib turadi. Umurtqa tanasining ikki yonboshida, ko’ndalang o’siqlarning old tomonida bo’g’im yuzachalari (fovea costalis transversalis) joylashadi. Umurtqa ravog’ining o’rta qismidan o’tkir qirrali o’siq (processus spinosus) o’rin olgan. Bo’yin umurtqasi (vertebrae cervicales) 7 dona bo’lib, yuqoridan birinchi va ikkinchi umurtqalar, boshqa beshta bo’yin umurtqalaridan tuzilishlari bilan ancha farq qiladi. Shuning uchun ularning tuzilishiga quyidagi alohida to’xtalib o’tamiz. Qolgan beshtasi boshqa umurtqalar kabi tuzilgan. Bo’yin umurtqalari tanasi (corpus vertebrae) kichkina ko’ndalang-oval shaklda bo’ladi, umurtqa teshigi esa (foramen vertabrae) katta, uchburchak shaklidadir. 92 Ko’ndalang o’siq (processus transversus) larining oldingi tomoniga embrion rivojlanishi davridagi qovurg’a qoldiqlari yopishib, ko’ndalang o’siq teshigi (foramen transversus) ni hosil qiladi. O’siq uchlari ko’pincha ikkita do’mboqqa bo’linadi. VI umurtqaning oldingi do’mbog’i oldidan uyqu arteriyasi o’tganligi uchun uyqu do’mbog’i (tuberculum caroticum) deb ataladi. Arteriya jarohatlanganda ana shu do’mboqchani bosib, qon to’xtatiladi. Ko’ndalang o’simta teshikchalari yig’indisidan umurtaqa arteriyasi kanali (canalis art. vertebralis) hosil bo’ladi. Bu kanaldan xuddi shu nomli arteriya o’tadi. II-V bo’yin umurtqalari tanasining orqa tomonida joylashgan o’tkir qirrali o’siq (processus spinosus) lar kalta va uchi ayri (VI- VII umurtqalar bundan mustasno) bo’ladi. VII umurtqaning orqa o’sig’i boshqa bo’yin umurtqalariga nisbatan uzun va yo’g’on bo’lib, teri ostidan bilinib turadi. Shuning uchun bu umurtqa turtib chiqqan umurtqa (vertebra prominens) deb yurtiladi. 93 Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi): 1. Odamning o’q skeleti. 2. Odamning alohida ajratilgan ko’krak qafasi. 3. To’sh suyagi va alohida qovurg’alar 4. Lupa. 5. Mikroskop. Vazifa Odamning ko’krak qafasining tuzilishini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib to’sh suyagi va qovurg’alarning tuzilishini o’rganish. To’sh suyagi (sternum). Ko’krak umurtqalari va qovurg’alar bilan birgalikda ko’krak qafasini hosil qiladi. To’sh suyagi uzunchoq yassi shaklda bo’lib, o’rta odamda uchta ayrim qismlarni tashkil qiladi: yuqori qismi- dastasi- manubrium starni, o’rta qismi-corpus sterni, pastki qismi-xanjarsimon o’siq- processus xiphoideus deb ataladi. Bular o’zaro yupqa tog’ay qatlami bilan qo’shilgan bo’lib, keksalik davrida suyaklanib, yaxlit bitta to’sh suyagini hosil qiladi. Dasta qismi keng va qalin bo’lib, tepa qismida o’yima-incisura jugu laris ko’rinadi. Dastaning ikki yonboshida, o’mrov suyagining to’sh suyagiga qaragan uchining qo’shilish joyida-incisurae clavicularae va undan pastda I qovurg’a tog’ayiga birikadigan incisura costalis o’ymalari hosil bo’ladi. dastasi va tanasi bir oz oldingi turtib qo’shilgan joyida angulus sterni (to’sh burchagi) ni ko’rish mumkin. Dasta bilan tana oralig’ida II-VII qovurg’a tog’aylari uchun o’yma (incisurae cortales) hosil bo’lgan. Xanjarsimon o’siq (processus xiphoideus) to’sh suyagi tanasining pastki tomonida joylashadi. Ayollar to’sh suyagi erkaklar to’sh suyagiga nisbatan biroz kaltaroq bo’ladi. To’sh suyagining dastasida 1-2 ta (embrionning 6-9 oylik davrida), tanasida 4-13 ta, xanjarsimon o’sig’ida 1 ta (6-20 yoshlarda) suyaklanish nuqtasi paydo bo’ladi. To’sh suyagining dastasi umr bo’yi alohida joylashsa, xanjarsimon o’siq 30-35 yoshlarda suyaklanib, tanasiga birikadi.
QOVURG’ALAR Qovurg’alar (costae) 12 juft ingichka yoylardan iborat bo’lib, orqa tomondan ko’krak umurtqalari tanalariga yopishib turadi. Har qaysi qovurg’a ikki qismni tashkil qiladi. Qovurg’aning orqa qismi suyak (os costale) dan, oldingi qismi tog’ay (cartilago costalis) dan tuzilgan. Yuqoridagi I-VII qovurg’alar bevosita tog’ay qismilari vositasida to’sh suyagiga birikadi va chin qovurg’a (costae verae) deb ataladi. Keyingi VIII-IX va X juft qovurg’alar o’zlarining oldingi tog’ay qismlari bilan bevosita to’sh suyagiga yopishmasdan, o’zidan yuqorida joylashgan qovurg’a tog’ayiga tutashadi hamda yolg’on qovurg’alar (costae spuriae) deb ataladi. Qolgan XI va XII juft qovurg’alar tog’ayi esa hyech joyga yopishmasdan qorin muskullari orasida erkin joylashgan. Shu sababdan ular juda harakatchan bo’ladi va yetim qovurg’alar (costae fluctuantes) deb ataladi. Qovurg’alarning oldingi, orqa uchlari oraliq qismi, tanasi bor. Qovurg’aning orqa uchida yo’g’onlashgan boshcha (caput costae) mavjud. II-X qovurg’alar boshchasi umurtqalararo chuqurchalarga qo’shilgani uchun ularning bo’g’im yuzalari qirra (crista capitis capitis costae) bilan ikkiga ajralgan. I, XI va XII qovurg’a boshchalarida qirra bo’lmaydi, chunki ular umurtqa tanasidagi butun bo’g’im chuqurchalari bilan qo’shilgan bo’ladi. qovurg’a boshchasi ingichkalashgan bo’yin (collum costae) qismiga o’tadi. Bo’yin qismining qovurg’a tanasiga o’tish chegarisida do’mboqcha (tuberculum costae) ko’rinadi. I-X qovurg’a do’mboqchalaridagi bo’g’im yuzalari (facies aricularis tuberculi costae) ikki qismga ajralgan, ularning pastki qismi umurtqa ko’ndalang o’siqlaridagi bo’g’im chuqurchalariga qo’shilib turadi. Do’mboqcha bo’g’im yuzasining yuqori qismiga esa boylamlar yopishadi. XI-XII qovurg’alardagi do’mboqchalar unchalik rivojlanmagan, bo’g’im yuzalari bo’lmaydi. Qovurg’a tanasining (corpus costae), tashqi, ichki yuzalari va pastki chekkalari bor. Birinchi qovurg’aning aksincha yuqori va pastki yuzalari, ichki va tashqi, chekkalari mavjud. Qovurg’a tanasi biroz qovurg’a burchagi (angulus costae) ni hosil qiladi. Qovurg’alar ichki yuzasining pastki chekkasiga yaqin joyda qovurg’a egatchasi (sulcus costae) joylashgan. Qovurg’alarning hajmi va uzunligi ko’krak qafasining tuzilishiga, shakliga bog’liq. Qovurg’alarning uzunligi I-VII qovurg’agacha ortib borib, VIII qovurg’adan oxirgi qovurg’agacha qisqarib, kamayadi. I qovurg’aning yuqori yuzasida o’mrov osti arteriyasi va venasi uchun egatcha (sulcus arteriae subclaviae), oldinda sulcus venae subclaviae va ularning oralig’ida oldingi narvonsimon muskul do’mbog’ tuberculum musculi scaleni anteriores borligi bilan tafovut qiladi. Qovurg’alar odam embrionida umurtqa pog’onasining (dum umurtqalaridan tashqari) ikki yonboshida paydo bo’lgan qovurg’a kurtaklaridan paydo bo’ladi. bo’yin qovurg’alarining tog’ay kurtaklari rivojlanish davrida bir uchi bilan umrtqa tanasiga, ikinchi uchi bilan ko’ndalang o’siqqa yopishib teshik hosil qiladi. Bel va dumg’aza umurtqalarida qovurg’alar ko’ndalang o’siqlariga birlashib iketadi. Dumg’aza umurtqalarining qovurg’alar kurtagi dumg’aza suyagining yonbosh qismini hosil qilishda qatnashadi. Qovurg’alarning birinchi suyaklanish nuqtasi qovurg’a burchagida, ikkinchisi qovurg’a boshchasida, uchinchisi esa qovurg’a do’mbog’ida 15-20 yoshlarda paydo bo’ladi. qovurg’alar (oldingi tog’ay bo’ladigan boshqa qismlari) 18-25 yoshga borib butunlay suyaklanib bitadi.
3- mashg’ulot.
Do'stlaringiz bilan baham: |