19-mashg’ulot
Mavzu. ANALIZATORLAR TUZILISHI. (2 soat)
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Odam sezgi organlariningtarqatma materiallari.
2. Odam sezgi organlariningmulyajlari.
3. Lupa.
4. Mikroskop.
Vazifa
Odamning sezgi organlariningtizimini o’rganish, tarqatma materiallardan foydalanib odam sezgi organlarini tuzilishini ko‘rib chiqish.
Tashqi muhitdagi jismlarning katta-kichiklaigi, rangi, harakati va ulardan chiqqan tovushlar yoki xushbo’y hidlar bizga sezgi a’zolari ishi tufayli ma’lum bo’ladi. Boshqacha qilib aytganda, sezgi a’zolarimiz tashqi muhit bilan ongimiz orasida joylashgan priborlardir. Buyuk rus olimi S.P. Botkin barcha sezgi a’zolari ishdan chiqqan faqat o’ng qo’lininggina sezish xususiyati saqlangan ayolni kuzatgan. Bu ayol doimo uyquda bo’lgan. Bemorni uyg’otish uchun uning o’ng qo’lini ushlash kifoya edi. Agar bu ayolda o’ng qo’lning ham sezish qobiliyati yo’qolganda, uni mutloqo uyg’otib bo’lmasdi. Yuqoridagi holat hayvonlarda ham kuzatilgan.
Sezgi a’zolari umumiy nom bilan analizatorlar deb yuritiladi. Analizatorlarning periverik uchlari turli-tuman shaklidagi nerv oxirlari bo’lib, ularga ta’sirotni qabul qiluvchi reseptorlar deyiladi. Reseptorlar periferiyadan qabul qilingan ta’sirotni markazga uzatadi va bu ta’sirot markazga, ya’ni analizatorning markaziy qismiga borib yetadi. Har qanday analizatorning markaziy hamda periferik qismlari o’rtasida oraliq qism mavjuddir. Umuman, analizatorlar haqidagi ma’lumotlar ayniqsa I.M.Sechenov, I.P.Pavlov tomonidan to’g’ri va aniq berilgan. I.M.Sechenov va I.P. Pavlov analizatorlarni boshlanish reseptorlaridan boshlab markaziy qismning miya po’stlog’igacha obyektiv metodlar yordamida o’rgandilar. “Analizator” termini birinchi marta I.M.Sechenov asarida ishlatiladi. Umuman sezgi a’zolarini quyidagi ikki guruhga bo’lish mumkin: a) tashqaridan keladigan ta’sirotlarni sezuvchi a’zolar teri, quloq, ko’z, ta’m va hid sezish reseptorlari - ekstrareseptorlar; b) ichki a’zolarda bo’ladigan ta’sirotlarni sezuvchi ichki reseptorlar- intrareseptorlar. Bularga ichki a’zolarda va qon tomirlarda joylashgan reseptorlar kiradi. Ichki a’zolardan keluvchi ta’sirotlar uncha aniq bo’lmay, markaziy nerv sistemasining eng so’nggi nuqtasi - bosh miyaning po’stloq qismigacha aniq yetib bormasligi mumkin. Ammo ichki a’zolardan keluvchi ta’sirotlar yig’idisi odam organizmiga “o’zini qanday his qilish” kabi umumiy ta’sir qiladi. Muskul va bo’g’imlarda joylashgan nerv oxirlari - proprioreseptorlarni I.P. Pavlov harakat analizatorlarining periferik uchi deb atagan edi.
TERI ANALIZATORI Teri cutis, organizmni tashqi ta’sirotlardan saqlash vazifasinigina emas, balki muhim sezgi a’zosi vazifasini ham bajaradi. Teri orqali biz temperaturani, atmosfera bosimini, og’riqni va boshqalarni sezamiz. Odam terisining sathi o’rta hisobda 1,6-2 m ga teng. Odam terisi ikki qavtdan iborat bo’ladi:
1. Yuza qavat yoki teri ustki qavati - epidermis. Bu qavat ektodermadan takomil etib, ko’p qavatli yassi epitiydan tuzilgan. Epiteliyning tashqariga qaragan yuza qavati shox qavatga aylanadi va asta-sekin ko’chib, yangilanib turadi. Ba’zi kasalliklarda (masalan, skarlatinada) epidermiya yuza qavatining po’st tashlashi zo’rayib ketadi. Poyafzalning qisishi natijasida oyoq barmoqlarida epidermis qalinlashib, qadoqlar hosil bo’lishi mumkin.
2. Chuqur qavat, asl teri - corium dermis. Bu qavat mezodermadan takomil etadi. Tolali qo’shuvchi to’qimadan tuzilgan bo’lib, unga elastik tolalar aralashgan. Tarkibida silliq muskul tolalari bo’lganligi uchun terining elastiklik xususiyatini (ayniqsa yoshlarda) ta’minlab turadi.
SOCHLAR - PILI Sochning ikki - teri osti va teri qismlari tafovut qilinadi. Sochning teri ostidagi qismi - soch ildizi, teri ustidagi qismi - sochning erkin qismi hisoblanadi. Sochning teri ostidagi qismi (ildizi) soch piyozi deb ataluvchi qonchadan iborat bo’lib, bu qopcha ichiga moy bezlarining chiqarish yo’llari ochiladi. Soch qopchasiga silliq muskul tolalari birikadi, bu muskullarning qisqarishi soch qopchasini dikkaytiradi, natijada teri g’adir-budir bo’lib, “g’oz terisi” ga o’xshab qoladi. Sochning rangi soch qopchasidagi pigment va havo miqdoriga bog’liq bo’ladi. Havo va pigment yo’qolgach, soch oqaradi. Odam terisi bag’rida uch xil: yog’, sut va ter bezlari mavjud. Yog’ bezlari - glandulae sebotceae alveolyar tuzilishga ega bo’lib, deyarli terining hamma yerida bor desa bo’ladi. Ular faqat oyoq va qo’l panjasining kaft yuzalarida bo’lmaydi, xolos. Yog’ bezlari, yuqorida aytib o’tganimizdek, soch qopchalariga ochiladi va sochlar teshik orqali teri yuzasiga chiqib terini yog’laydi, shu bilan uni qurib qolishdan, yorilishdan saqlaydi. Yog’ bezlari terining soch o’smaydigan yerlarida, chunonchi, lab jiyaklari, qovoqlar, burun kataklari cheti va hoqazolarda ham mavjud bo’lib, bu yerda yog’ bezlarining chiqarish yo’llari bevosita teri yuzasiga ochiladi.
SUT BEZI - GLANDULA MAMMARIA Sut bezi emizuvchilarga xos bo’lib, go’daklarni emizish uchun moslashgan. Sut bezlari odamda, maymunda va ko’rshapalak kabilarda bir juft bo’ladi, boshqa sut emizuvchi hayvonlarda esa tug’adigan bolalarining soniga qarab ikki juft, to’rt juft va undan ham ortiq bo’lishi mumkin. Odam sut bezlari katta ko’krak muskulining ustida joylashganligidan, uni ko’krak bezlari deb ham yuritiladi. Tuzilishi jihatidan sut bezlari sut ishlab chiqarishga moslashgan ter bezlari bo’lib, ana shu ter bezlaridan takomil etadi.
ESHITISH VA MUVOZANAT A’ZOSI YOKI QULOQ Tovush havo va suv to’lqinlarini sezuvchi teseptorlar hayvonlar va odamda bitta umumiy a’zoda joylashgan. Shuning uchun ham eshitish va muovzanat a’zosi birgalikda o’rganiladi. Eshitish a’zosi ektodermadan takomil etadi. Embiron rivojlanishining taxminan 3-haftasida, miya orqa pufagi sohasidagi ektoderma bir oz qalin tortadi, bunga eshitish plastinkasi deyiladi. Eshitish plastinkasi embrionning 4- haftasi davomida takomillashib borib, chuqurlik hosil qiladi, bu eshitish chuqurligi deb ataladi. Eshitish chuquriligi tobora chuqurlashib, teridagi og’zi toraya boradi va berkilib ketadi. Natijada, epiteliydan iborat berk eshitish pufakchasi hosil bo’ladi. Suyak labirintining takomil etishi. Yuqorida aytib o’tganimizdek, embrion rivojlanishining 3-oyi oxirlarida pardadan iborat labirint (yarim yoy halqalar) hosil bo’lar ekan. Pardadan tuzilgan labirint takomil etib borar ekan, ayni vaqtda ana shu parda - labirint atrofida mezenxima to’qimasi to’planib boradi. 4-oy boshida pardan iborat bo’lgan labirint atrofidagi mezenxima tog’ayga, ya’ni tog’ay libirintiga aylanadi. Natijada, parda labirinti bilan tog’ay labirinti orasida perilimfatik bo’shliq hosil bo’ladmi. Embiron taraqqiyotining 7-oy davrida tog’ay labirinti perixondral suyaklanish yo’li bilan suyak labirintiga aylanadi. 132 Shunday qilib, hammasi bo’lib uchta yarim doira kanali hosil bo’ladi. Har qaysi yarim doira halqa bir-biriga perpendikulyar holda joylashadi. To’rt oyoqli (gorizontal holda yuruvchi) hayvonlarda oldingi vertikal, orqa vertikal va gorizontal kanalar, odamda esa (vertikal holga o’tish bilan) oldingi, orqa va gorizontal kanallar bilan bo’ladi, ya’ni oldingi vertikal kanal o’rniga orqa kanal yuzaga bo’ladi. Tashqi quloq - Auris externa Tashqi quloq tarkibiga quloq suprasi va tashqi eshituv yo’li kiradi. Quloq suprasi - auricula, elastik tog’aydan tuzilgan, ustidan teri bilan qoplangan tovush ushlagich bo’lib, shakli (quloq suprasining yumshog’i hisobga olinmasa) xuddi asosida yotgan tog’ay shaklining o’ziginasidir. Quloq suprasi odatda, quloq deb yuritilaveradi. Quloq suprasining tog’ayi quloq chetida qayrilib (buralib) tamom bo’ladi, bunga quloq suprasining burmasi helix deyiladi. Oldingi va yuqori tomondagi quloq chuqurchasi (teshigi) sohasida burma oyog’i- crus helicis bilan boshlanib, oldin yuqoriga va orqa tomonga, so’ngra pastga va oldingi tomonga qarab qayrilib, quloq suprasining yumshog’i - lobulus auriculae gacha davom etadi. Quloq suprasining chetki qiyg’i - helix ga parallel yo’nalgan bo’rtma bor, bunga anthelix deyiladi. Tashqi eshituv yo’li - meatus aeatus externus quloqning tashqi teshigi bilan nog’ora pardasi orasida joylashgan “S” simon kanal bo’lib, uzunligi 30-33 mm dan oshmaydi. Tashqi eshituv yo’li qiyshiq bo’lganligi sababli uncha uzoq joylashmagan nog’ora pardasi quloq teshigidan qaralganda ko’rinmaydi. Nog’ora pardani ko’rish uchun quloq suprasini yuqoriga va orqa tomonga tortish (tashqi eshituv kanalini to’g’rilash) kerak. Tashqi eshituv kanali ikki qismdan6 tashqi tog’ay va ichki suyak qismlaridan iborat. Quloqning nog’ora prdasi. Nog’ora parda - membrana tympani tashqi eshituv yo’lini o’rta quloq bo’shlig’idan ajratib turadi. Tashqi eshituv yo’li deb ataluvchi aylana ariqcha bilan tugaydi, nog’ora pardaning cheti - limbus membranae tympani ana shu ariqchaga soat oynasi o’z korpusiga joylashganidek o’rnashadi. Nog’ora pardaning sulcus tympanicus ga birikish yerida anulus fibrocartilagineus deb ataluvchi fibroz halqa bor. Nog’ora parda doira shakliga ega bo’lib, yupqa elastik qo’shuvchi to’qimadan iborat. Tashqi eshituv yo’li yoritib qaralganda, och pushti rangdagi yaltiroq parda holida ko’rinadi. Murdalarda nog’ora parda o’z yaltiroqligini yo’qotgan bo’ladi, ya’ni u oqimtir va xira bo’ladi. Katta yoshdagi odamlar qulog’ining nog’ora pardasi 11X9 mm dir. Nog’ora pardaning qalinligi hamma yerda bir xil bo’lmay, balki o’rta qismi yupqaroq, cheti (limbus membranae tympani) qalinroqdir.
O’RTA QULOQ - AURIS MEDIA O’rta quloq tarkibiga nog’ora bo’shlig’i va yutqin bilan o’rta quloqni qo’shib turuvchi Yevstaxiy nayi kiradi. Nog’ora bo’shlig’i va Yevstaxiy nayi birinchi jabra chuqurchasi hisobiga takomil etadi. O’rta quloq bo’shlig’i chakka suyagi toshsimon o’sig’ining ichida joylashgan, embrion takomili davrida u suyuqlik bilan to’lgan bo’ladi. Bola tug’ilib, bir necha soat nafas olganidan so’ng bu suyuqlik o’rniga havo almashinadi, shundan so’ng chaqaloq qulog’i eshita boshlaydi. O’rta quloq bo’shlig’ida joylashgan eshituv suyaklari I va II jabra yoriqlari hamda ravoqlari hisobiga yuzaga keladi. Pardadan iborat bo’lgan bolg’acha va sandoncha birinchi jabra ravog’idan, uzangicha esa ikkinchi jabra ravog’idan hosil bo’ladi. Pardadan tashkil topgan har uchala eshitish suyaklari oldin tog’ayga, so’ngra suyakka aylanadi. Nog’ora bo’shlig’i - cavum tympani nog’ora pardasi bilan labirint orasida, ya’ni tashqi quloq bilan ichki quloq orasida joylashgan bo’lib, shaklan “harbiy nog’ora” bo’shlig’iga o’xshaydi. Cavum tympani da uch dona eshitish suyagi bir-biriga zanjir kabi tutashib o’rin olgan. Yevstaxiy nayi - tuba auditiva. Yevstaxiy nayi yutqin bilan o’rta quloq bo’shlig’ini bog’lab turuvchi nay bo’lganligi uchun, bu nayning bir uchi yutqinga - ostium pharyngeum ikkinchi uchi esa o’rta quloq oldingi devorining yuqori qismiga ochiladi; Yevstaxiy nayining o’rta quloqqa ochilgan teshigiga - ostium tympanicum tubae deyiladi. Voyaga yetgan odamlarda Yevstaxiy nayining uzunligi 35-40 mm bo’lib, suyak va tog’ay qismlaridan iboratdir. Yevstaxiy nayining suyak qismi - pars ossea tubae ning uzunligi 11-15 mm bo’lib, nayning tog’ay qismi - pars cartilaginea tubae dan deyarli ikki marta kattadir. Yevstaxiy nayining suyak qismi chakka suyagining canalis musculotubarius deb ataluvchi kanalining ostki yarim kanalida joylashgan. Yevstaxiy nayining suyak qismi voronkasimon shaklga ega. Uning kengaygan uchi o’rta quloqqa (ya’ni, lateral tomonga) qaragan.
ICHKI QULOQ - AURIS INTERNA Ichki quloq yoki labirint chakka suyagining toshsimon qismiichida joylashgan, tashqi tomoni suyakdan tuzilgan bo’lib, labirint ichkarisida uni takrorlovchi parda labirinti mavjud. Labirint uch qismga: labirint dahlizi (vestibulum labyrinthus), yarim halqsimon kanallar (canalis semicircularis) va chig’anoqqa (cochlea) bo’linadi. Suyak labirinti - labyrinthus osseus. Suyak labirinti dahlizi - vestibulum labyrinthus ning uzunligi 6 mm, kengligi 3,6 mm va balandligi 5-6 mm bo’lib, ezilgan nok shakliga o’xshaydi. Labirint dahlizi 2-3 tomchi suv sig’dira oladi. U tashqi tomondan o’rta quloqqa qaragan bo’lib, yumaloq va oval darchalar orqali o’rta quloq bo’shlig’i bilan aloqadordir. Orqa tomondan esa beshta teshik yordamida uchta yarimoysimon halqalar bo’shlig’i bilan aloqa qiladi. Labirint dahlizi oldingi tomonda nisbatan kattaroq teshik orqali chig’anoqqa o’tib ketadi. Shunday qilib, labirint dahlizining 8 ta: 5 ta yarimoysimon halqalarga, ikkita o’rta quloq bo’shlig’iga va bitta chig’anoqqa ochiladigan teshiklari bor.Chig’anoq - cochlea. Bu a’zo spiralga o’xshab 2,5-3 marta aylanib, tepada cho’qqi - cupula cochlea hosil qilib, ya’ni chig’anoqqa o’xshab tugaydi. Shu sababli u chig’anoq deb ataladi. Labirint dahlizining pastki qismidan boshlangan chig’anoq ovallari ichkariga buriladi, so’ng yuqori tomonga yo’naladi. Aylanish o’qi modeolus atrofida hosil bo’ladi. Shuning uchun ham ostki birinchi aylanasi katta (katta aylanasi 6 mm, ikkinchi aylanisi 4 mm va uchinchi aylanasi 2 mm) diametrga ega bo’lganidan, chig’anoq ezilgan konus shakliga ega. Chig’anoq - modiolus dan chig’anoq bo’shlig’i ichiga spiral suyak plastinkasi - lamina spiralis ossea chiqadi, bu plastinka chig’anoq bo’shlig’ini ikkiga: dahlizga olib kiruvchi dahliz narvoni - scala vestibuli va chig’anoq teshigi orqali nog’ora bo’shlig’iga olib kiruvchi narvon - scala tympani ga bo’lib yuboradi. Spiral suyak plastinka bilan modiolus canalis spiralis modeoli orasida joylashgan. Ana shu kanalda ganglion spirale ham bor. G. spirale dan chiquvchi n. cochlearis ning periferik uchlari suyakdan iborat spiral plastinkadagi mayda kanalchalar orqali o’tib, Kortiy a’zosiga borib to’xtaydi. Parda labirinti - labyrinthus membranaceus. Parda labirinti devori qo’shuvchi to’qima pardadan tuzilgan bo’shliq va kanallardan iborat: u suyak labirintining ichida ana shu labirint shaklini qaytarib, bo’shlig’ini qo’sh qavat qilib yotadi. Labirint ichida limfa suyuqlig’i oqib yuradi. Parda labirinti ichidagi suyuqlik endolimfa, parda labirinti bilan suyak labirinti ichidagi suyuqlik perelimfa deyiladi. Suyak labirinti bilan parda labirinti orasidagi bo’shliq perilimfa bo’shlig’i - spatium perilymphaticus deb ataladi. Parda labirinti ichki quloq dahlizi sohasida ikkita bo’shliq: bachadonga - utriculus va qopcha - sacculus larni hosil qiladi. Qopcha cho’ziqroq bo’lib, dahlizining medial devorida chig’anoq tomonga qarab joylashgan. Shuning uchun ham utrculus ichida 5 ta pardadan iborat yarim halqasimon kanallar ochiladigan teshiklar va bitta sacculus ga tutashgan ductus utriculosaccularis bor. Bu yo’l orqali utriculus bilan sacculus aloqa qilib turadi. Sacculus bo’shlig’i pardadan iborat chig’anoq bo’shlig’i (ductus endolymphaticus) bilan ductus reuniens orqali aloqadordir. Pardadan tuzilgan yarim halqasimon kanallar shaklan suyak yarim halqasimon kanallarga o’xshasa ham, ulardan 3 marta tor (diametri 0,5 mm) dir. Yarim halqasimon kanal oyoqlarining kengayib, ampula hosil qilgan yerlarida pardadan iborat yarim halqasimon kanallar ham ampula hosil qiladi. Pardadan iboart ampulalarning ichki yuzalarida ampula qirrasi - crista ampularis bo’lib, bu qirralar sohasidan muvozanat nervining oxirlari boshlangan. Umuman yarim halqasimon kanallar muvozanat a’zosidir. Halqalarni ampula qismining ichki yuzasi yassi epiteliy bilan qoplangan bo’lib, bachadoncha va qopcha sohalarining ichki tomonida oq dog’lar hosil qiladi. Oq dog’lar yuzasi shilliqsimon modda (otolitlar) bilan qoplangan mayda mikroskopik ohak zarrachalari - otolitlar yoki statolitlardan iborat. Eshitish a’zosi - quloqning tuzilishi bilan tanishib bo’lganimizdan so’ng tovush o’tkazish va eshitish qanday ro’y berishi haqidagi hozirgi zamon tushunchasini so’zlab bermoqchimiz.
Yuqoridagilardan ma’lum bo’ldiki, quloqni funksional jihatidan asosan ikki qismga bo’lish mumkin:
1. Quloqning tovush o’tkazuvchi qismi, bunga tashqi va o’rta quloq kiradi.
2. Tovush sezish (qabul qilish) qismi, bunga chig’anoq ichidagi kortiy a’zosi kiradi.
Havodagi tovush to’lqinlari quloq suprasiga urilib, tashqi eshitish yo’li orqali nog’ora pardaga borib yetadi va pardani tebratadi. Nog’ora parda bu tebranishlarni eshitish suyaklari zanjiriga o’tkazadi. Avval bolg’acha, so’ngra sandoncha, nihoyat uzangicha tebranadi. Eshitish suyaklarining tebranishini shu suyaklar orasidagi boylamlar va m. stapedis ta’minlab turadi, nog’ora pardaning kuchli yoki kuchsiz tebranishi shu pardani taranglovchi muskuli - m. tensor tympani ning qisqarishiga bog’liq bo’ladi. Uzangicha tebranar ekan, uning asosi oval teshikni qoplab turuvchi pardaga tutashganligi sababli eshitish suyaklarida yuzaga kelgan tebranish ana shu parda orqali scala vestibuli ga o’tadi va bu yerdagi perilimfani tebratadi. Perilimfa tebranishi helicotrema orqali scala tympani ga o’tadi va dahliz tomon qaytib kelib, membrana tympani secundaria ni tebratadi. Perilimfa tebranishi Reysner pardasi orqali endolimfaga o’tadi. Natijada havodagi tovush to’lqini endolimfa suyuqligini tebratadi. Endolimfa tebranishi Kortiy a’zosining eshitish torlariga uriladi, bu yerda esa eshitish analizatorlarining periferik uchi joylashgan. Eshitish analizatorining periferik uchida qabul qilingan ta’sirot eshitishni o’tkazuvchi nerv yo’li orqali markaziy nerv sistemasiga, toki eshitish markazining miya po’stlog’idagi hujayralariga qadar boradi. Odamning eshitish analizatori uzunligi 16 dan 22. 000 GS gacha bo’lgan to’lqinlarni eshita olsa, yoshi 35 dan oshgach, 15 000 GS ga kamayadi, 50 yoshdan so’ng 13 000 GS ga to’g’ri keladi. Odam eshitish qobiliyatining kuchiligi darajasiga ko’ra ko’p umurtqali hayvonlardan orqada turadi, masalan, itlar, mushuklar 38 000 GS to’lqin uzunligiga ega bo’lgan tovushlarni ham eshitadi. Olimlarning teshiruvlariga ko’ra shu narsa ma’lum bo’ladiki, eshitish analizatorining o’tkirligi sukunatda oshib, shovqin yerda kamayar ekan.
KO’RISH A’ZOSI YOKI KO’RISH ANALIZATORI Ko’z ning tuzilishi murakkab bo’lib, turli qismlari turlicha manbalardan takomil etadi. Chunonchi, ko’zning eng muhim qavati - to’r parda (retina) ikkinchi miya pufagidan, ko’zga nur o’tkazuvchi va nurni sindiruvchi linza - ko’z gavharini qpolovchi ektodermadan, ko’zga shakl beruvchi shishasimon tana va sklera, qon tomir qavtlari mezenximadan taraqqiy etadi.
KO’Z SOQQASINING TUZILISHI Ko’z soqqasining uch qavati tafovut qilinadi:
1.Ko’zning fibroz qavati - tunica fibrosa bulbi, ko’z soqqasining eng tashqi qavati bo’lib, ko’z soqqasi shaklini hosil qiladi. Fibroz qavat sclera va cornea ga bo’linadi:
a) oq pardasi- sclera zich, biriktiruvchi to’qimadan tashkil topgan bo’lib, qovoqlar ochilganda oppoq bo’lib ko’rinib turadi. Ko’z oq pardasining orqa tomonida ko’rish nervi kirishi uchun teshiklar bo’lib, ustidan ko’z yog’i - tunica adiposa oculi bilan o’ralgan. Ko’z kosasi bilan ko’z soqqasi orasida ko’z yog’ qavati joylashgan. Ana shu yog’ kamayib ketsa, ko’zlar chuqur tushib ketadi.
b) shox pardasi- cornea, oq pardaning bevosita davomidir. Oq pardani soatning metall korpusi deb faraz qilinsa, shox parda unga joylashgan oynaga o’xshaydi. Cornea ham xuddi soat oynasiga o’xshash qavariq linza shakliga ega. Shox pardaning oq pardaga qaragan chetiga limbus cornea deyiladi. Shox pardaning oq pardaga birikkan yerida aylana venoz kanal - sinus venosus sclerae (Shlem kanali) bor.
2. Ko’zning o’rta yoki tomirli pardasi - tunica vasculosa bulbi qon tomirlarga boy bo’lib, tarkibida pigment borligidan qoramtir rangga ega. Ko’zning tomirli pardasi bevosita oqsil qavatining ostida yotadi va tomirli parda - chorioidea, kiprikli tana - corpus ciliare hamda rangdor parda - iris larga bo’linadi:
a) chorioidea tomirli pardaning orqa, katta qismini tashkil qiladi, u qo’ng’ir rangga ega. Ko’rish nervi kiradigan joyda oq parda bilan tutashgan yer bor. Boshqa yerlarda esa oq parda bilan chorioidea orasida limfa bo’shlig’i - spatium perechorioideale mavjud;
b) kiprikli tana - corpus ciliare tomirli pardaning oldingi shox parda cheti sohasida joylashgan qismi bo’lib, chorioidea ga nisbatan oldingi tomonda rangdor parda - iris ga davom etadi. Kiprikli tana bag’rida, ana shu tana muskuli - m. ciliaris bor. Kiprikli tana muskuli turli xil murakkab yo’nalishga ega silliq muskul tolalaridan tashkil topgan bo’lib, qisqargan vaqtda ko’z soqqasini turli xil masofada joylashgan narsalarni aniq ko’rishga moslashtiradi, akkomodasiya deb shunga aytiladi. Kiprikli tana muskul tolalari ichida aylana, meridian va radial yo’nalishga ega silliq muskul tolalari tafovut qilinadi. aylana muskul tolalari qisqara, ko’z gavhari qavariqlashadi, bo’shashsa, kiprikli tana bo’shashib, ko’z gavhari yassilashadi. Kiprikli tananing aylana va meridian muskullari hamkorlikda ishlaydi. Odam keksaygan sari m. ciliaris tolalari biriktiruvchi to’qimaga aylanib boradi, natijada gavhar tolalari ketadi. Rangdor parda iris 0,4 mm qalinlikka ega bo’lgan aylana shaklga ega bo’lib, o’rtasida ko’rish teshigi (ko’z qorachig’i) pupilla bor. Shuning uchun ham rangdor pardaning kiprikli tanga qaragan margo ciliaris va qorachiqqa qaragan margo pupillaris chetlari bor. Ko’z qorachig’ining kegayishi yoki torayishi, ko’zga tushayotgan nurga bog’liq. Ko’z qorachig’ining kengayishini kengaytiruvchi muskul (m. delitator pupillae) ta’minlasa, torayishini toraytiruvchi (m. sphinctor pupillae) ta’minlaydi. Ko’z qorachig’ini siquvchi muskul parasimpatik nerv (n. oculomatorius) kengaytiruvchi muskul esa simpatik nerv (truncus sympaticus) bilan innervasiya qilinadi; Rangdor pardaning orqa yuzasi ko’z gavhari tomoniga qaragan bo’lsa, oldingi yuzasi shox parda tomonga qaragandir. Shox parda tomondan qaragangda, rangdor parda turli rangda ko’rinadi. Ko’zning rangdor pardasida pigment ko’p bo’lsa - ko’z qora, kamroq byuo’lsa - zangori, butunlay bo’lmasa - qizil bo’ladi.
3. To’r parda - retina ko’z soqqasining eng ichki pardasi bo’lib, ko’z soqqasining bo’shlig’iga qaragan va shu bo’shliqda joylashgan shishasimon tana - corpus vitreum ga bevosita tegib turadi. Retina ning tashqi yuzasi tomirli pardaga yopishgan bo’lib, ko’z qorachig’igacha yetib boradi. To’r parda boshqa pardalar singari mexzenximadan takomil etmaydi, o’zi juda ichkarida joylashgan bo’lishiga qaramay, u ektoderma mahsulotidir (ko’z takomiliga qaragan). To’r pardaning ikki qavati: tashqi pigment qavat - stratum pigmenti va ichki tiniq qavat yoki asl to’r parda - retina tafovut qilinadi. nur sezish qobiliyati boryo’qligiga qarab to’r parda orqa ko’ruvchi qismi - pars optica va oldingi ko’r qismi - pars caeca retinae ga bo’linadi. To’r parda ko’ruvchi va ko’r qismlarining bir-biriga o’tish yeri tomirli qavat qismining kipriksimon tanaga o’tish yeriga, ya’gi ora serrata sohasiga to’g’ri keladi. Ko’zning nur sezish qobiliyatini ta’minlovchi to’r qavat bag’rida joylashgan kolbacha va tayoqchalar to’r pardaning pars optica qismidagina bor. Ko’z kasalliklari amaliyotida hakimlar oftalmoskop yordamida ko’z soqqasi tubini ko’zdan kechiradilar. Odatda, ko’z soqqasi tubi qora-qizil ko’rinadi. Bu tomirli qavatdagi tomirlarning rangsiz to’r parda orqali ko’rinishi sababli ro’y beradi. Ko’z soqqasi tubi oftalmoskop yordasida qaralganda, uning hamma yeri bir xilda qizil bo’lmay? Ko’zning orqa qutbidan bir oz medial (burun tomonda, bir yeri oqimtir rangga ega ekanligi oqimtir dog’) ko’riladi. Bu yumaloq shaklga ega bo’lib, ko’rish nervi n. opticus ning ko’z soqqasidan chiqib ketayotgan yeridir. U bir oz chuqurroq bo’lib, diametri 1,7 mm dir. Shuning uchun ham bu yerning ko’rish nervi so’rg’ichiga papillae n. optici deyiladi. Ko’rish nervi so’rg’ichi joylashgan yerdagi to’r qavatda kolbacha va tayoqchalar yo’q. Shuning uchun oqimtir dog’ sohasi ko’rinmaydi, binobarin u ko’r dog’ deb ataladi. Ko’z orqa kutbining lateral tomonida (quloq tomonida), ko’z soqqasining tubida ikkinchi dog’ bo’lib, rangi to’q sariq (jigar rang) bo’lganligi uchun sariq dog’ - macula tutea deyiladi. Sariq dog’ oval bo’lib, kattaligi (ko’ndalangiga) 1 mm dir. O’rtasida nuqtasimon chuqurchalari bor, ana shu chuqurchalarga fovea centralis deyiladi va u ko’zning eng o’tkir ko’rish nuqtasi hisoblanadi. To’r parda bag’ridagi tayoqcha va kolbachalarning ko’rinishiga kelsak, tayoqchalar o’z tarkibida ko’rish purpuri deb ataluvchi modda saqlaydi. Agar qorong’ida ko’zning to’r qavatiga qaralsa, bu modda uni pushti qilib ko’rsatadi.
KO’ZNING NUR SINDIRUVCHI APPARATI Ko’zning nur sindiruvchi apparatiga shox parda (cornea), ko’z gavhari (lens crystalina) va shishasimon tana (corpus vitreum) kiradi.
Shox pardaning anatomik tuzilishi yuqorida bayon etilgan edi.
Ko’z gavhari - lens crystalina ko’zning nur sindiruvchi apparati ichida deyarli eng muhim bo’lib, ikki tomoni qavariq linzaga o’xshaydi. Qavariqlik orqa yuzada oldingi yuzaga qaraganda kuchliroq. Orqa va oldingi yuzaningo’rtasiga ko’z gavhari kutblari deyiladi. Gavharning chetlari aylanasiga 3 mm diametrga ega bo’lib, gavhar ekvatori deyiladi. Ko’z gavharining oldidan orqaga fikran o’tkazilgan o’qning o’lovchi ko’zni uzoq yoki yaqinga qarashiga muvofiq o’o’zgarib turadi, chunonchi, uzoqqa qaraganda gavhar yassilanadi, aksincha, yaqinga qaralganda gavhar qavariqlashadi va oldindan orqaga o’tkazilgan o’qning o’lchovi ko’payadi. Oldingi kamera - camera bulbi anterior old tomondan shox pardaning orqadagi yuzasi, orqa tomondan rangdor parda (iris) ning oldingi yuzasi bilan chegaralangan bo’shliqdir. Ko’z oldingi kamerasining orqa va old devorlari shox pardaning oq pardaga o’tish yerida burchak hosil qilib to’qnashadi, bu angulus iridocornealis deb ataladi. Oldingi kamerada tiniq suyuqlik bo’lib, u suvsimon suyuqlik - humor aquosus deb ataladi. Rangdor parda oldingi yuzasining chetida lig. iridocornealis bor, bu boylam tolalari orasida spatia anguli iridocornealuis deb ataluvchi yoriqlar orqali oldingi kamera suyuqligi shox parda asosida doira shaklida joylashgan Shlemm kanali bilan aloqadordir. Ko’z rangdor pardasi (iris) ning orqasida rangdor parda bilan ko’z gavharining toraygan cheti tevaragi va Zinniy boylamlari orasida ko’zning orqa kamerasi - camera bulbi posterior joylashgan. Ko’zning oldingi va orqadagi kameralari bir-biri bilan ko’z qorachig’i - pupilla orqali aloqadordir. Ko’zning oldingi va orqadagi kameralarida suvsimon tiniq suyuqlik - hymor aquosus qoib yuradi. Kipriksimon tana sohasidagi qon tomirlar devoridan ajralib chiqqan suvsimon suyuqlik yuqorida aytib o’tilganidek, Shlemm kanaliga aloqadordir.
HID SEZISH A’ZOSI - ORGANUM OLFACTUS Odamda va hayvonlarda kontakt yo’li bilan sezuvchi reseptorlardan tashqari, distant reseptorlar ham bor. Distant reseptorlar uchun ta’sir ko’rsatuvchi omil vazifasini havodagi turli hidlar bajaradi. Hid sezish reseptorlari asalari, chumoli va kapalaklarda yaxshi takomil etganligi aniqlangan. Hid sezish reseptorlari sudraluvchilarda va sut emizuvchilarda ham yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, odamda va maymunlarda nisbatan zaifroq rivojlangan, qushlarda esa butunlay takomil etmagan. Hid sezish xususiyatining yaxshi yoki yomon taraqqiy etganligiga qarab barcha hayvonlar yaxshi hid sezuvchilar - makrosmatiklar (bunga bir qator sut emizuvchilar, it, mushuk va hokazolar) kiradi. Hidni yomon sezuvchilar - mikrosmatiklar (odam, maymun) va hidni butunlay sezmaydiganlar - anasmatiklar (delfinlar) ga bo’linadi. Hidni juda yaxshi sezadigan odamlar ham uchrashi mumkin, makrospatik odamlar deb shunga aytiladi. Odamda hid sezish analizatorining periferik uchi burun bo’shlig’ining yuqori qismida, regio olfactoria sohasida taxminan 5 sm yerni qoplab yotadi. Ana shu yerda hid sezish analizatorlarining reseptorlari joylashgan. Hid sezish a’zosi qurtagi embrion takomilining 3-haftasida ektoderma medullyar plastinkasining ikki yonida hosil bo’ladi. Sekin-asta o’sib borib chuqurlashadi va burun hosil bo’lganda, uning ichida qoladi. 7-8 haftalik embrionda burun deyarli shakllangan bo’ladi. Burunning yuqori chig’anog’i sohasida joylashgan hid sezish zonasi - regio olfactoria bag’rida hid sezish analizatorlarining periferik hujayralari joylashgan. Hid sezish hujayralaridan chiqqan nerv tolalari aksonlar hid sezish iplari - filia olfactoria tarkibida yuqoriga ko’tarilib, g’alvirsimon suyak plastinkasi teshiklaridan o’tib, kalla bo’shlig’iga kiradi va hid sezish nervi - bulbus olfactorius dagi hid sezish tuguni - ganglion olfactoria da tugaydi. Bu hid sezish yo’lining birinchi neyrondir. Hid sezish yo’lining ikkinchi neyron hid sezish tugunidan boshlanib, hid sezish yo’li - tractus olfactorius tarkibida trigonum olfactorium, substantio perforata anterior va septum pellucidum gacha boradi va shu yerda tugaydi. Bu yerdan uchinchi neyron miya po’slog’idagi hid sezish zonasi - gyrus parahypocompalis ga va uncus ga boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |