Nazorat va muhokama uchun savollar
Qanday mehnat boshqaruvchi bo‘ladi?
Boshqaruv mehnatning xarakteri nimadan iborat?
Boshqaruv mehnatning qaysi turlari mavjud?
Boshqaruv mehnatni ilmiy tashkil qilish nimaga asoslanadi?
Boshqaruv mehnatni ilmiy tashkil qilishning yo‘nalishlari qanday?
Ish kunini suratga olishda nima o‘rganiladi?
Rahbarning ―o‘zini o‘zi boshqaruvni‖ atamasi nimani bildiradi?
Rahbarning shaxsiy ishini (o‘zini o‘zi boshkaruvining ) tashkil qilish qanday vazifadan boshlanishi kerak?
O‘zini o‘zi boshqarish doirasini markazida qanday vazifa turadi?
Menejer vaqtini rejalashtirishning qanday asosiy qoidalari maqjud?
O‘rtacha statistik odamning ishlash qobiliyati ish kuni davomida qanday o‘zgaradi?
Ishga doir majlislarni tayyorlash va o‘tkazishning asosiy qoidalari qanday?
O‘zini o‘zi nazorat qilishning qanday turlari mavjud?
Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilish qurollarini nimalar tashkil qiladi?
8- MAVZU. TASHKILOT XODIMLARINI BOSHQARISH
Reja:
Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari
Ta‘sir etish va hukmronlik
Nizolarni boshqarish
Xodimlarni boshqarish
Tayanch iboralar: jamoa, mehnat jamoasi, gurux, jipslashuv, nizolar, nizo turlari, xodimlarni boshqarish, ta’sir etish, xukmronlik
Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari
Ishlab chiqarishning zamonaviy rivojlanganligi darajasi jamoaviy mehnatning zarurligini asoslab beradi, u, o‘z navbatida, mehnat jamoasini mavjud bo‘lishini belgilaydi. Tashkilotni samarali faoliyat yuritishi mehnat jamoalarini faoliyat yuritishlari qonunlarini bilish va ulardan foydalanishning ko‘zda tutadi.
Mehnat jamoasi ostida birgalikdagi mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi xodimlar birlashmasi tushuniladi. Ular bir birlari bilan shunday o‘zaro hamkorlik qiladilarki, har biri boshqa shaxsga ta‘sir ko‘rsatadi va bir vaqtda uning ta‘siri ostida bo‘ladi. Mehnat jamoalari ishlab chiqarish, savdo va boshqa jarayonni tashkil qilish uchun mehnat taqsimoti amalga oshiralayotgan vaqtda rahbarlikni yaratadilar. Bu birlashma tashkiliy yagonalikka ega va umumiy maqsadlar bilan birlashgan. Boshqaruv yagona irodaga asoslanishi kerak, bu mulk egasi tomonidan tayinlangan yoki saylangan rahbarni mavjudligi bilan ta‘minlanadi.
Jamoalar faoliyatining samaradorligi ko‘yidagi bir qator omillarga bog‘liqdir:
ishchi guruhlarning o‘lchamlari va tarkibi;
guruhli me‘yorlar;
odamlarning jipsligi;
nizolarning darajasi;
guruh a‘zolarining statusi va vazifaviy rollari va boshqalar.
Menejer uchun jamoa- bu asosiy tayanchiqdir, shuning uchun jamoa ishini ratsional tashkil qilish uning dolzarb vazifasi bo‘ladi. Jamoaviy ish u yoki bu sabablar bo‘yicha xodimlar o‘rtasida lavozimli vazifalarni aniq taqsimlash mumkin bo‘lmagan joyda juda keraklidir.
Me‘yoriy ahloqiy–psixologik muhitga ega ishga qobiliyatli, tashkiliy jamoani tashkil qilish uchun sotsiologik, psixologik va boshqa tadqiqotlarni o‘tkazish kerak.
Bunday sotsiomatritsa guruh a‘zolarining bir birlariga munosabatlarini aniqlab olish, guruhda jipslashganlikni o‘rnatish, yetakchini aniqlash, guruh
a‘zolarini sotsiolmatrik statusi va hayojonli ekspansivlik (o‘zini tuta bilmaslik)ni belgilashga imkon beradi.
Sotsiogrammani tuzish uchun hammadan avval ramzli ma‘no belgilanadi, masalan:
B ning G ga nisbatan ijobiy tanlovi
G ning B ga nisbatan salbiy tanlovi
O‘zaro ijobiy aloqa
O‘zaro salbiy aloqa
Kiritilgan ramzlar ma‘nosidan foydalanib, ushbu jamoa a‘zolari javoblarni grafik ravishda sotsiogramma ko‘rinishida rasmiylashtirish mumkin (10.1.-rasm.)
Boshliq
Do'stlaringiz bilan baham: |