Sindikat - bu kartelь bitimining turli-tumanligi bo‘lib, tadbirkorlar- ning byurtmalarni kelishilgan holda taqsimlash, xom ashyoni xarid qilish yoki ishtirokchilar tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir qismini (yagona sotish tarmog‘i yoki ishtirokchilardan bittasi orqa- li) sotish maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat ishtirok- chilari o‘zlarining yuridik va ishlab chiqarish mustaqilliklarini, ba‘zida esa sindikatning sotish idorasi yoki jamiyat bilan bog‘lik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham saqlab qoladilar .Bunda tijorat mustaqilligi qisman yo‘qoladi. Sindikat, qoidaga ko‘ra, ommaviy talab tovarlari, xususan ko‘mir, po‘lat, neftь, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k ni sotish bilan shug‘ullana- di. Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi bo‘ladi. Sindikat bitimining
asosiy bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash, mahsulotning sifati va navlari.
Trest - bu birlashmada har xil korxonalar, o‘zlarining yuridik va xo‘jalik mustaqilliklarini yo‘kotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashadilar. Trestda korxonalar xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlari birlashtiriladi. Trest ishlab chikarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib turadi. Bu shakl kombinatsiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni izchil ishlab chiqarishni tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar yagona operativ boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga bo‘ysunadilar.
Kontsern - bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi) birlashmasi, ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar, bitimlar, moliyalashtirish, ishlab chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bog‘lanadilar. Birlashgan korxonalar aktsiyadorlik jamiyati yoki o‘rtoklik shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib qoladi. Kontsern o‘ziga kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to‘liq nazorat qiladi.
Konsortsium - bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi qarzlarni birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operatsiyalari, investitsion loyihalarni amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir.
Sanoat xoldinglari ishlab chikarish faoliyati bilan shug‘ullanmaydilar. Ular o‘zlariga kiruvchi korxonalar faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradilar. Xoldingga kiruvi kompaniyalar yuridik va xo‘jalik mastaqilligini saqlab qoladilar va o‘z nomlaridan tijorat bitimlarini tuzadilar.
Moliya-sanoat guruhlari (MSG) o‘z tarkibiga sanoat korxonalari, tadqiqot tashkilotlari, savdo firmalari, banklar, investitsion fondlar va sug‘urta kompaniyalarini birlashtiradilar.
Guruhning boshida bir yoki bir necha banklar turadi, ular unga kiruvchi kompaniyalarning pul sarmoyalarini boshqaradilar, hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradilar. Boshqa birlashmalarga nisbatan moliya-sanoat guruhi tashkiliy rasmiyatchilikni kamaytirishi bilan farqlanadi. Unga kiruvchi har bir firma savdo bitimlarida mustaqil qatnashadi. Ammo bosh kompaniya, aslida , muhimroq qarorlar qabul qilishda markaz bo‘ladi.
Bunday integratsiyalashishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
investitsion resurslarni iqtisodiyotni rivojlanishining ustivor yo‘nalishlarida jamlash;
ilmiy-texnik taraqqiyotni jadallashtirish;
mamlakat korxonalari mahsulotlarining eksport salohiyati va raqobotbardishligini oshirish;
mamlakat sanoatida ilg‘or tarkibiy o‘zgarishlarini amalga oshirish;
bozor iqtisodiyoti, raqobatli iqtisodiy muhit sharoitlarida ratsional texnoligik va kooperatsion aloqalarni shakllantirish.
Tadbirkorlar uyushmalari har xil o‘lchamlar va mulkchilik shakl- laridagi kompaniyalarni birlashtiruvchi ixtiyoriy kooperatsion bitimlar asosida tashkil qilinadilar. Bu yetarlicha egiluvchan tuzilma bo‘lib, unga kiruvchi tashkilotlarga
o‘z harakatlarini muvofiqlashtirish, yangi sheriklarni jalb qilish, hatto bir birlari bilan raqobat qilish imkoniyatini beradi.
Virtual korporatsiya- eng yangi tashkiliy shakllardan biri bo‘lib, vaqtinchalik asosida tashkil qilinadigan, zamonaviy axborot tizimlari tomonidan resurslardan o‘zaro foydalanish, xarajatlarni kamaytirish va bozor imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida birlashtirilgan mustaqil kompaniyalar(etkazib beruvchilar, buyurtmachilar va hattoki sobiq raqiblar)ning tarmog‘idan iborat bo‘ladi. Virtual korporatsiyaning texnologik poydevorini axborot tarmoqlari tashkil qiladilar, ular
―elektron‖ aloqalarda birlashish va epchil shakllikni amalga oshirishga yordam beradi.
Xo‘jalik tashkilotlari bo‘lmagan yuridik shaxslar xo‘jalik faoliyati bilan faqat o‘zlarining nizom vazifalarini bajarilishini ta‘minlash uchungina shug‘ulanishlari mumkin. Ular xo‘jalik ijtimoiy tashkilotlari, notijorat tashkilotlar, matlubot kooperativlari, hayriya yoki qonunchilikda ko‘zga tutilgan boshqa jamg‘armalar shaklida mavjud bo‘ladilar.
Bunday yuridik shaxs bo‘lgan institutsional birliklarga hammadan avval korporatsiyalar va kvazikorporatsiyalar kiradilar. Korporatsiyalarning asosiy alomatlari quyidagilar:
qonunga muvofiq boshqa institutsional birliklardan mustaqil bo‘lgan korxonalar yoki tashkilotlar sifatida tashkil qilinadilar;
mustaqil yuridik shaxs bo‘ladi, u korxonalar va tashkilotlarning yagona davlat registri (YaDR) da ro‘yxatdan o‘tkaziladi;
faoliyatining maqsadi daromadlar olishdan iborat;
aktsiyalar egalarining jamoaviy mulkida bo‘ladi;
xo‘jalik faoliyat nitijasida olingan foyda (daromad) aktsiyadorlarga tegishli bo‘ladi va ular tomonidan xarid qilingan qog‘ozlar qiymatiga mutonosib ravishda taqsimlanadi;
tugatilish holida aktsiyadorlar mulkning qarzlar to‘lagandan keyin qolgan ulushini olish huquqiga egalar;
rahbarlik Direktorlar kengashi tomonidan amalga oshiriladi;
aktsiyalarni muommalaga chiqarishi mumkin;
oraliq emas, balki yakuniy iste‘molchi sifatida bo‘ladi;
shartnomalar va majburiyatlarni bajarish, shu jumladan soliqlarni to‘lash uchun qonun oldida javobgarlikka ega bo‘ladi;
korporatsiya tomonidan xalq iste‘moli tovarlarini xarid qilinishi natura shaklidagi ish haqi sifatida bo‘ladi.
Korporatsiyalar oilasi (aktsiyalarga birgalikda egalik qilish) konglomerat korporatsiyalar tashkil qiladi. Ular bitta emas, balki ko‘pgina institutsional birliklardan iborat bo‘ladilar.
Konglomerat-korporatsiyalar tarkibida aktsiyadorlarning nazorat paketlariga egalik qiluvchi yoki bosh siyosatga ta‘sir qilishning mutloq huquqlariga ega ona korporatsiyalar ajralib turadilar.
Notijorat muassasalar, (NTM)- bu iqtisodiy faoliyatning foyda olish maqsadini ko‘zlamasdan tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarish uchun tashkil qilinadigan sub‘ektlaridir. NTM faoliyatining asosiy maqsadlari quyidagilar:
korporativ korxonalar, davlat boshqaruvi idoralari (DBI), xususiy shaxslarga jamoaviy xizmat ko‘rsatish;
aholining ma‘lum qatlamlarini ijtimoiy himoyalash.
NTM har xil institutsional birliklar(korporativ korxonalar, DBI, tomonidan tashkil qilinishi mumkin.
NTM huquqiy statusi nizom tomonidan belgilanadi, ular mustaqil tashkilotlar bo‘ladilar.
NTM ham bozor va nobozor ishlab chiqarishi bilan shug‘ullanishlari mumkin:
bozor NTM –o‘z xarajatlarini to‘liq yoki qisman qoplaydilar. Ular bozor xizmatlarini ishlab chiqaradilar. bunday NTM ga quyidagilar kiradilar:
pulli universitetlar , kollejlar, kasalxonalar;
korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat tashkilotlar (savdo palatalari, ilmiy-ta‘qiqot muassasalari, reklama byurosi, tadbirkorlar assotsiatsiyalari va boshqalar)
nobozor NTM – moliyalashtirishning boshqa manbalariga mo‘ljalan- tirilganlar (badallar, hayriyalar, byudjetdan moliyalashtirish). Bunday NTM ga quyidagilar kiradi:
istemolchilar assotsiatsiyalari, uyushmalar, siyosiy partiyalar, ratsio- nalizatorlik va kashfiyotchilik jamiyatlari, ilmiy va diniy jamiyatlarning shaxsiy a‘zolariga xizmat kursatuvchi NTM. Resurslari badallar hisobidan shakllantiriladi ;
hayriya faoliyati bilan shug‘ullanuvchi NTM. Ularning resurslari badallar, hayriya mablag‘lari, hukumatning yordam pullari hisobiga shakllantiriladi;
hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan va nazorat qilinadigan NTM - bu muassasalar atrof-muhitini muhofaza qilish, buxgalteriya hisobi va statistika, sog‘liqni saqlash va ta‘lim sohasida standartlarni ishlab chiqish bilan shug‘ullanadilar. Ular davlat boshqaruvi idoralariga kiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |