Tashkilotning ichki va tashqi muhiti
Har bir tashkilotni faoliyat yuritishi va rivojlanishi ma‘lum bir muhitda(ichki va tashqi) amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyati faqat muhit uni amalga oshirishga yo‘l qo‘ygan holdagina bo‘lishi mumkin. Vaqtning har qanday paytidagi tashkilotning holati va faoliyati– uning ichki omillarining harakati va tashqi muhit omillarining ta‘siri natijasidir.
Tashkilotning ichki muhiti uning hayotiy kuchining man‘basi bo‘ladi. U o‘z ichiga tashkilotga faoliyat yuritish va zamon, vaktning ma‘lum oralig‘ida mavjud bo‘lish va yashab qolish imkoniyatini beruvchi salohiyatni oladi. Ammo u agar uning kerakligicha faoliyat yuritishini ta‘minlamasa, uning muammolar va hattoki halokatining manbasi bo‘lishi mumkin.
Tashkilotning ichki muhiti quyidagi tashkil qiluvchilarning uzviy bog‘lanishidan iborat bo‘ladi.
5.2- rasm. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o’zgaruvchanlari.
-tashkiliy tuzilma;
-tashkilot ichidagi jarayonlar;
-texnologiya;
-xodimlar;
-tashkiliy madaniyat.
Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi alohida bo‘linmalarning vujudga kelgan ajratilishi, ular o‘rtasidagi aloqalar va bo‘linmalarning yagona bir butunga birlashishini aks ettiradi.
Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy mahsulotni olish uchun kombinatsiyalash va foydalanish usullarini o‘z ichiga oluvchi texnoligiya menejment tomonidan eng diqqatli e‘tiborning predmeti bo‘ladi. Boshkaruv texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg‘orroq texnologiyalarni paydo bo‘lishi munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari yetarlicha murakkabroq va ahamiyatliroq bo‘lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy va g‘oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.SHuning bilan bir vaqtda ular tashkilotning ichki xayotida salbiy jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini buzib yuborishi, xodimllardagi motivatsiyani yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Xodimlar har qanday tashkilotning asosi bo‘ladilar Odamlarsiz tashkilot yo‘q. Tashkilot faqat unda odamlar bo‘lgani uchun yashaydi va faoliyat yuritadi. Odamlar tashkilotda uning mahsulotini yaratadilar, tashkilotning madaniyati, uning ichki muhitini shakllantiradilar, tashkilotning nima ekanligi ularga bog‘likdir. SHuning munosabati bilan tashkilotdagi odamlar menejment uchun ―birinchi sonli predmet‖ bo‘ladilar.
Tashkiliy madaniyat -bu tashkilot a‘zolari tomonidan taqsimlanadigan eng muhim boyliklar (nomoddiy), niyatlar va belgilarning yig‘indisidir.Tashkilotning hamma yoqqa kirib boruvchi tashkil qiluvchisi bo‘lgan holda, u ham tashkilotning ichki hayotiga va ham uning tashqi muhitdagi holatiga kuchli ta‘sir ko‘rsatadi. Tashkiliy madaniyat quyidagi tashkil qiluvchilardan vujudga keladi:
tashkilotni mavjud bo‘lishining ma‘nosini va uning xodimlar va mijozlarga munosabatini beruvchi falsafa;
tashkilot asoslanadigan, va uning mavjud bo‘lish maqsadlariga yoki ushbu maqsadlarga erishish usullariga tegishli bo‘lgan ustivor qadriyatlar;
tashkilot xodimlariga taqsimlanadigan va tashkilotdagi o‘zaro munosabatlar tomoyillarini belgilab beruvchi hulq me‘yorlari;
tashkilotda ―o‘yin‖ olib boriladigan qoidalar;
tashkilotda mavjud bo‘luvchi va tashkilotda kanday atmosfera mavjudligi va tashkilot a‘zolari tashqaridagi shaxslar bilan qanday o‘zaro hamkorlik qilishlarida nomoyon bo‘luvchi muhit;
tashkilotda ma‘lum tadbirlarni o‘tkazish, ma‘lum ifodalar, belgilar va h.k.dan foydalanishda aks ettiriladigan hulqiy urf- odatlar.
Tashqi muhit tashkilotni resurslar bilan ta‘minlovchi manba bo‘ladi. Bunda tashkilot ham, o‘z navbatida, buning uchun to‘lov sifatida tashqi muhitga o‘z faoliyatining natijalarini berishi kerak. SHunday qilib, tashkilot tashqi muhit bilan doimiy ravishda o‘zaro almashish holatida bo‘ladi. U bilan aloqa uzilishi bilan, tashkilot ham tugaydi. Tashkilotning tashki muhit bilan o‘zaro hamkorligi mavjud bo‘lish imkoniyati, tashkilotning faoliyati, kerakli darajada ichki solohiyatini, hamda vujud- ga kelgan chetga chiqarishlarni bartaraf qilish va unga
ko‘rsatilayotgan xunik ta‘sirlardan keyin ham quyilgan maqsadlarga erishishni ta‘minlaydi.
Tashqi omillar tashkilotlar ichidagi barcha omillar va jarayonlarga ta‘sir ko‘rsatadilar, shuning bilan bir vaqtda ular tashkilotlarning boshqa operatsiyalariga nisbatan ko‘proq darajada relevantli(muhim)dirlar. Ularni ikkita asosiy guruhlariga ajratish mumkin.
Birinchisi tashkilotlar umumiy tashqi muhitining omillarini tashkil qiladilar, ular jamiyat, iqtisodiyot va tabiiy muhitning holatini aks ettiradilar va bevosita tashkilot bilan bog‘lik emaslar.
Ikkinchi guruhga tashkilotlarning bevosita (ishga doir) muhiti omillari kiradi, ular bevosita bog‘langanlar va ular bilan o‘zaro hamkorlik qiladilar. Bular iste‘molchilar, yetkazib beruvchilar, raqiblar, ish bo‘yicha sheriklar va h.k.
Tashkilotning tashqi muhitini turlicha ta‘riflash mumkin. Masalan, nemis olimlari tashqi muhitni ta‘riflash uchun ―murakkab‖ va ―dinamik‖ tushunchalaridan foydalanadilar.
Tashqi muhitning murakkabligini ta‘riflarning miqdori va turli-tumanligi bilan aks ettirish maqsadga muvafiqdir, ularni tashkilotlarni boshqarish jarayonida hisobga olish zarur.Tashqi muhitning dinamikligini uning ta‘riflarining o‘zgaruvchanligi bilan aks ettirish mumkin. Yordamida tashqi muhitning o‘zgaruvchanligini baholash mumkin bo‘lgan asosiy ta‘ -riflar uning omillarining tez-tez takrorlanishi, miqdori va muntazamligidir.
Tashqi muhitning tashkilotlar faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi omillari g‘oyatda murakkab, bir ma‘noli bo‘lmagan va o‘zgaruvchandirlar. Buning ustiga, ko‘rsatib o‘tilgan omillar yaqindan o‘zaro ta‘sir ko‘rsatuvchi holatda bo‘ladilar, ulardan birlaridagi o‘zgarish boshqalaridagi o‘zga- rishlarga olib keladi.
Hozirgi vaqtda tashkilotlar(korxonalari)ning tashqi muhiti hammadan avval quyidagilar bilan ta‘riflanadi:
katta noaniqlik;
dinamiklik;
oldindan aytib bo‘lmaslik;
murakkablik;
ba‘zi bir tashabbuskorlik bilan.
Do'stlaringiz bilan baham: |