Kitob so’zi oxirida jufti bor undosh tovushni eshityapman, shuning uchun so’zni tekshirish kerak. SHu undoshdan keyin unli tovush eshitiladigan so’z tanlayman: kilobi. Kitobi so’zida b tovushi eshitilyapti, shuning uchun kitob so’zida b harfini yozaman.
Bunday muhokama yuritish uchun o’quvchilar quyidagi bilim va ko’nikmalarni egallashlari kerak:
Jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushlarni ajratish.
So’z oxirida kelgan jufti bor jarangli undosh tovushning jarangsiz jufti eshitilishi, shuning uchun bunday so’zlarni tekshirish kerakligini bilish.
Undosh tovush unli tovushdan oldin kelganda, boshqa tovush bilan almashmasligini bilish. Undosh tovushdan so’ng unli tovush kelgan so’z tekshiruvchi so’z bo’la olishini bilish.
Tekshiruvchi va tekshiriluvchi so’zdagi undosh harfni taqqoslash (kitobi — kitob, maqsadi — maqsad, maqsadga).
SHunday qilib, o’quvchilar qanday so’zlar tekshirishni talab qilishi va uning sababini, qanday so’zlar tekshiruvchi so’z hisoblanadi va nima uchunligini bilishlari zarur.
O’qituvchi qanday so’zlar tekshirishni talab qilishini tushuntirish uchun jufti bor jarangli va jarangsiz undosh tovushi bo’lgan so’zlar ustida kuzatish o’tkazadi: maktabim — maktab, tuzi — tuz kabi.
O’quvchilar yozilishi talaffuzidan farq qiladigan so’zlarni va so’zdagi jarangsiz undosh tovush o’ziga mos harf bilan ifodalanishini taqqoslash bilan so’zning oxirida jufti bor undosh tovush kelsa, u so’z tekshirishni talab qilishiga ishonadilar. Tekshirishga tayangan holda, yozishga imkoniyat yaratish uchun o’quvchilar tekshiruvchi so’zni tekshiriladigan so’zdan doim oldin yozadilar: avlodi — avlod, kitobi — kitob.
Unli fonemalar
|
Asosiy belgilari
|
|
Tilning ko’tarilish darajasi
|
Lablanish belgisi bor-yo’qligi
|
|
Yuqori
|
O’rta
|
quyi
|
Lablangan
|
Lablanmagan
|
I
|
+
|
|
|
|
+
|
U
|
+
|
|
|
+
|
|
O’
|
|
+
|
|
+
|
|
O
|
|
|
+
|
+
|
|
E
|
|
+
|
|
|
+
|
A
|
|
|
+
|
|
+
|
UNIVERSITETLARNING O`ZBEK TILI ADABIYOTI FAKULTETIDA FONETIKA BO`LIMINI O`RGANISH METODIKASINING MAZMUNI
ADABIYOTLAR.
1. K.Qosimova va B. “Ona tili o`qitish metodikasi” Toshkent “NOSIR” nashriyoti 2009
2. Tursunoy Ziyodova “O’quvchilarni mustaqil fikrlashga o’rgatish” T .: O’qituvchi -2001
3. Umida Masharipova va b “O’qituvchilar uchun metodik qo’llanma” T.:sharq-2016
4.A.G’ulomov, M.Qodirov, M.Ernazarova. A.Bobomurodova, N.Alovuddinova, V.Karimjonova Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: “Fan va texnologiya”, 212.
5. B.To`xliyev, M.Shamsiyeva, T.Ziyodova, “Ozbek tili o`qitish metodikasi” O`zbekiston yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg`armasi nashriyoti. Toshkent 2006.
6. T.Ziyodova “O`quvchilarni mustaqil firlashga o`rgatish” Toshkent “O`qituvchi”. 2001.
7. Qosimova K., Matjonov S., G’ulomova X., Yo’ldosheva SH., Sariev SH. Ona tili o’qitish metodikasi. -T.: Noshir, 2009.
5. Iroda Azimova, Klaraxon Mavlonova, Sadulla Quronov, Shokir Tursun. Ona tili va o`qish savodxonligi 1-qism. 2-sinf chun darslik Toshkent – 2021. Respublika ta`lim makazi.
Do'stlaringiz bilan baham: |