Tashkiliy hujjatlar
mazmunan tashkilot, muassasa va korxonalarning huquqiy
maqomi, tarkibiy tarmoqlari va xodimlari, boshqaruv jarayonida jamoa
ishtirokining qayd qilinishi, boshqa tashkilotlar bilan aloqalarning huquqiy
tomonlari kabi masalalarni aks ettiradi.
Guvohnoma, yo‘riqnoma, nizom, qoida, ustav, shartnomalar
ana shunday
hujjatlar turiga kiradi.
Shartnoma -
ikki yoki undan ortiq tomonning fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini
belgilash, o‘zgartirish yoki to`xtatish yo`lidagi kelishuvidir. Boshqacha qilib aytganda,
shartnoma tomonlarning biron-bir munosabatlar o`rnatish haqidagi kelishuvi (bitimi)ni qayd
etuvchi
va
munosabatlarni
tartibga
soluvchi
hujjatdir.
Shartnoma
to‘g‘risidagiumumiyqoidalarO`zbekistanRespublikasiningFuqarolikkodeksi
(353-385-
moddalar)dabayonetilgan. Shartnoma davlat yoki nodavlat, jamoat tashkilotlari, korxonalar,
muassasalar, shuningdek, fuqarolar o‘rtasida tuzilishi mumkin.Shartnoma munosabatlari
muassasa bilan ayrim shaxs yoki shaxslar o`rtasida o`rnatilayotgan bo‘lsa, bunda tuzilaja
khujjat aksar hollarda
mehnat bitimi
deb ataladi.
218
qo`yganman sabdor shaxslarni javobgarlikka olib keladi. Shartnomalar og`zaki,
yozma usulda tuzilishi hamda notarial idoralar tomonidan tasdiqlangan tarzda ham
bo`lishi mumkin. Shartnomaning ayrim turlari, chunonchi, imoratlarnioldi-sotdi
shartnomasi tegishli davlat idoralarida qayd qilinishi zarur. Keyingi holat faqat
qonunda belgilangan taqdirda qo`llanadi.
Shartnoma muassasalarga tegishli bo`lganda, tomonlar imzolagunga qadar,
unda muayyan muassasa hisobchisi va adliya maslahatchisining rozilik
belgisi(vizasi) bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Tomonlar mazkur hujjatning barcha
bob va qismlari bo`yicha kelishi bolib, uni tegishli ravishda rasmiylashtirganidan
keyingina shartnoma tuzilgan hisoblanadi.
Ichki mehnat tartiboti qoidalari, mukofotlash nizomi va shu kabilarni tasdiqlash
bilan bog‘liq me’yoriy buyruqlar ham asosiy faoliyatga oid buyruqlar sirasiga
kiradi. Buyruqqa tegishli imzolar qo‘yilib, u blankaga ko‘chirilgach, tashkilot
rahbari uni imzolaydi. Rahbar imzolagan buyruq ish yuritish bo‘yicha mas’ul
xodim tomonidan tegishli daftarga qayd etiladi. Buyruqning asosiy matni
asoslovchi (kirish) va farmoyish qismlaridan tarkib topadi. Asoslovchi (kirish)
qismida buyruqdan maqsad, shart-sharoit, sabablar ko‘rsatiladi, asos qilib
olinayotgan buyruqqa havola qilinadi (nomi, raqami, sanasi yoziladi). Buyruqning
Buyruq
- mazkur huquqiy hujjat muayyan muassasa asosiy va
kundalik masalalarni hal qilish maqsadida qo‘llaniladi. Buyruq
uchun qog`oz (blanka)lar A4 hajmli (310*297) qog‘ozga
tayyorlanadi. Mohiyat – e’tibori bilan buyruqlar ikkiga bo‘linadi:
asosiy faoliyatga oid va kadrlar Shaxsiy tarkibiga oid.Asosiy
faoliyatga oid buyruqlar ishni tashkil qilish, muassasa yoki uning
bo‘limlari faoliyatini tartibga solishda qo‘llaniladi. Ularda, odatda,
yuqori tashkilotlardan kelgan ko‘rsatma hujjatlar xodimlarga
yetkaziladi, bularning ijrosi yuzasidan aniq tadbir-choralar
belgilanadi, mas’ul shaxslar va bajarish muddati tayinlanadi. Buyruq
vositasida rahbar tashkilotning ishlab chiqarish, rejalashtirish,
hisobot, moliyalashtirish, kredit ajratish, mahsulot sotish faoliyati,
tashqi iqtisodiy faoliyati, tashkilot tuzilmasini takomillashtirish va
ishlarni tashkil etish hamda boshqa masalalar bo‘yicha amaliy ish
yuritiladi.
219
farmoyish qismi yangi satrdan, bosh harflar bilan yoziladi “BUYURAMAN” so‘zi
bilan boshlanadi. Shu so‘zdan so‘ng ikki nuqta qo‘yilib yangi satrda farmoyishlar
beriladi. Farmoyishlarda odatda kim qanday vazifani, qaysi muddatda bajarilishi
ko‘rsatiladi. Buyruqning farmoyish qismi oxirida buyruqni nazorat qilish kimga
yuklatilganligi ham qayd qilib qo‘yiladi.
Ma’lumot-axborot hujjatlari anchayin katta guruhni tashkil qiladi.Ular ish
yuritish jarayonida ayniqsa ko‘p ishlatiladi. Bu guruhga ariza, bayonnoma,
bildirishnoma,
vasiyatnoma,
dalolatnoma,
ishonchnoma,
ma’lumotnoma
tavsifnoma, tafsiyanoma, taklifnoma, tarjimai hol, tushuntirish xati, e’lon, hisobot
kabi hujjatlarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |