Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


Odamlarni o‘ziga moyil qilishga qandayerishish



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

Odamlarni o‘ziga moyil qilishga qandayerishish 
mumkin? 
Inson  xulq-atvorida  eng  muhim  bo‘lgan  bir  qonun  bor,  Agar,  biz  bu 
qonunga amal qilsak, hech qachon ko‘ngilsiz holatlarga tushmaymiz. Chunki, bu 
qonun  bizga  juda  ko‘p  do‘stlar  orttirishda  yordam  beradi.  Lekin,  biz  uni  ozgina 
buzish bilan darrov ko‘ngilsizlikka uchraymiz. Bu qoida quyidagichadir: odamlar 
bilan  shunday  muomalada  bo‘lingki,  ular  bu  muomaladan  o‘zlarining 
ahamiyatliroq  ekanliklarini  his  qilishsin.  Boshqalarning  ko‘z  o‘ngida  ahamiyatli 
bo‘lish  xohishi  inson  tabiatining  eng  asosiy  belgilaridan  biridir.  Psixolog 
Jeymsning  fikricha,  inson  tabiatining  chuqur  printsiplaridan  bittasi,  boshqalar 
tomonidan tan olinishga bo‘lgan xohishdir. Bu xohish bizni hayvonlardan ajratib 
turadi.  Haqiqat  shundaki,  Siz  bilan  har  bir  uchrashgan  odam  o‘zini  sizdan  ustun 
qo‘yishga  harakat  qiladi  va  bunda  uning  yuragiga  yo‘l  topishning  eng  to‘g‘ri 
usuli diplomatlarcha noziklik bilan uning ustunligini tan olishingizdir. Ammo, bu 
ishni  shunday  amalga  oshiringkn,  u  sizning  samimiyligingizga  aslo 
shubhalanmasin.  Donishmandlar  ming  yillar  davomida  odamlar  o‘rtasidagi 


358 
 
munosabatlarning  qoidalari  haqida  fikr  yuritishgan.  Ana  shu  fikrlardan  bittasi 
hozirga  qadar  yashab  keladi.  Bu,  «
boshqalar  Sizga  qanday  munosabatda 
bo‘lishini  istasangiz,  Siz  ham  ularga  nisbatan  har  doim  shunday  munosabatda 
bo‘ling
», deganfikrdir. 
Siz  albatta,  hamma  sizning  qadringizga  yetishini  va  g‘ururingizni  to‘g‘ri 
tushunishini  istaysiz.  Qolaversa,  Siz  nosamimiy  maqtovga  nisbatan  o‘zingiz 
haqingizda  bor  gapni  eshitishni  xohlaysizmi?  Do‘stlaringiz  Sizni  chin  dildan 
hurmat  qilishini  va  hotamtoylik  bilan  maqtashlarini  istaysizmi?  Bilingki,  bu 
narsalarni  boshqalar  ham  istaydilar.  Shuning  uchun,  yuqorida  aytilgan  oltin 
qoidaga  og‘ishmay  amal  qilish  kerak  va  boshqalardan  istagan  narsangizni  aynan 
boshqalarga  ham  ravo  ko‘rishingiz  lozim  bo‘ladi.  Qanday  qilib?  Qachon? 
Qaerda?! Javob bitta! Har doim va har yerda. Bunga bir misol keltiramiz: axborot 
xizmati  radio  tarmog‘i  xizmatchisidan  men  Genri  Suveyn  xonasining  tartib 
raqamini  aytib  berishni  iltimos  qilgandim.  U  o‘zining  axborot  berish  imkonidan 
mag‘rurlanib,  aniq  va  tushunarli  qilib:  «
Genri  Suveyn  (pauza)...  O‘n  sakkizinchi 
qavat  (pauza)...  1816  xona
»,  —  deb  javob  berdi.  Men  liftga  yugurdim,  lekin, 
to‘xtab 
orqaga 
qaytdim 
va: 
«
Men 
chiroyli 
javobingiz 
uchun 
o‘z 
minnatdorchiligimnn bildirmoqchiman. Sizning javobingiz ravshan va aniq bo‘ldi, 
Siz  artistlardek  gapirdingiz.  Bu  fazilat  har  kimda  ham  bo‘lavermaydi
»,  dedim. 
So‘zlarimdan uning yuz-ko‘zi porlab ketdi va nima uchun bunday pauza qilishini 
so‘zlab  berdi.  Mening  bir  og‘iz  gapim  uni  o‘z  galstugini  to‘g‘rilab  qo‘yishga 
majbur qildi. Men esa 18-qavatga ko‘tarilar ekanman, bugun odamlarga ajratilgan 
kuvonchga,  baxtga  yana  ozgina  quvonch  va  baxt  qo‘shganimni  his  qildim. 
O‘zingizning  qandaydir  katta  amaldor  bo‘lishingizni,  elchi  yoki  qaysidir 
qo‘mitaning  raisi  bo‘lib  o‘tirishingizni  kutmang.  Siz  ana  shu  ajoyib  qoidaga  kim 
bo‘lishingizdan qat’i nazar amal qila boshlang va Sizni o‘rab turgan odamlarning 
qadriga  eting.  Masalan,  ofitsiantka  Siz  buyurgan  qovurilgan  kartoshka  o‘rniga 
pyure  olib  keldi.  Siz  shunda:  «
Tashvishga  qo‘yganim  uchun  kechirgaysiz,  lekin, 
menga qovurilgan kartoshka ma’qulroq edi
»,  deb  murojaat  qiling-chi.  U  albatta, 


359 
 
Sizga: «
Hechhijolatbo‘lmang
», —deydi-yu, zudlik bilan  va 
hech  bir
 
malomatsiz 
ovqatingizni 
almashtirib 
beradi, 
chunki, 
Siz 
unga 
hurmatko‘rsatdingiz.  «
Tashvishga  qo‘yganim  uchun  uzr»,  «marhamat»,  «Agar, 
qarshi  bo‘lmasangiz»,  «tashakkur
»...  Kabi  ifodalar  deyarli  bir  xil  kechadigan 
kundalik 
turmushimizni 
bezaydi, 
uni 
go‘zal 
qiladi 
va 
bu 
sizning 
tarbiyalanganligingiz belgisi bo‘lib xizmat qiladi. Shunday qilib, samimiy va chin 
dildan aytiladigan so‘zning qiymati juda yuqoridir. 
Har  bir  odam  o‘zining  qadr-qimmatini  ancha  yuqori  deb  biladi.  Chunonchi, 
har  bir  millat  ham  xuddi  shunday  fikrlaydi.  Siz  o‘zingizning  qadr-qimmatingizni 
yaponlardan  ustun  deb  bilasizmi?  Gapning  indallosini  aytganda  yaponlar  ham 
o‘zlarini  Sizdan  ustun  deb  bilishadi.  Siz  hindlardan  o‘zingizni  ustun  deb 
bilasizmi? Bu sizning ishingiz. Lekin, millionlab hindlar o‘zlarini Sizdan shunday 
yuqori  qo‘yishadiki,  ular  hatto,  Sizning  soyangiz  tushgan  ovqatni  harom  bo‘ldi 
deb, og‘izlariga hamolishmaydi. 
Siz o‘zingiznn eskimoslardan ustun deb bilasizmi? Siz haqingizda eskimoslar 
nima  deb  o‘ylashini  bilish  Siz  uchun  qiziqdir,  balki.  Eskimoslar  ichida  ham 
ba’zan ishyoqmaslar, dangasalar  uchrab turadi. Eskimoslar  ularni  «
oq  tanli
»  deb 
haqorat  qilib,  ularga  o‘z  nafratlarini  bildiradilar.  Har  bir  millat  o‘zini  boshqa 
millatdan  yuqori  qo‘yadi.  Bu  esa  vatanparvarlik  hissini  uyg‘otadi  va  ko‘plab 
urushlarni  keltirib  chiqaradi.  Eng  oddiy  haqiqat  shundan  iboratki,  Sizning 
yo‘lingizda  uchraydigan  deyarli  har  bir  odam  Sizdan  o‘zini  u  yoki  bu  sohada 
ustun  deb  biladi  va  Agar,  Siz  samimiylik  bilan  ana  shu  ustunlikni  tan  olsangiz 
hamda uning ko‘z oldida bu narsani mohirlik bilan ta’kidlasangiz, uning yuragiga 
to‘g‘ri  yo‘l  topgan  bo‘lasiz.  Doimo  yodda  tuting:  Siz  uchratadigan  har  bir  odam 
Sizdan  nimasi  bilandir  yuqori  turadi  va  shak-shubhasiz,  ma’lum  ma’noda  siz 
uning shogirdisiz va eng ajoyib narsa shunday iboratki, o‘z yutuqlaridan juda ham 
qanoatlanadigan  odamlar  o‘zlaridagi  kamchilik  hissinishang‘ilik,xovliqmalik  va 
dimog‘dorlik  bilan  qoplashga  intiladilar.  Qayerdan  boshlab  boshqalarning  qadr-
qimmatini e’tirof etishdek bu sirli qoidaga rioya qila boshlashimiz kerak bo‘ladi. 


360 
 
Dastlab  o‘z  uyimizdan  boshlasak-chi?  Sizning  xotiningizda  albatta,  qandaydir 
yaxshi hislat bor yoki hech bo‘lmaganda, siz unga uylanishdan oldin shunday deb 
hisoblagansiz.  Lekin,  eslang-chi,  oxirgi  marta  qachon  o‘z  xotiningizga  iltifot 
ko‘rsatgansiz  yokn  undan  zavqlanganingizni  ochiq  aytgansiz.  Doroti  Diks 
shunday  yozadi:  «
Maqtashni  o‘rganmasdan  turib,  hech  qachon  uylanmangiz. 
Turmushda  oshkoralik  emas,  balki  ustomonlik  kerak
».   Agar,  Siz  har  kuni  shirin 
ovqat  eyishni  istasangiz,  hech  qachon  xotiningizni  uy  yumushlarini  qanday 
bajarishini  tanqid  qilmang  va  uni  o‘z  onangiz  bilan  ko‘ngilga  tegadigan  qilib 
solishtirmang.    Aksincha,  siz  uning  ishlarini  doimo  maqtang  va  ovozingizni 
balandlatib,  o‘zingizning  dunyodagi  eng  go‘zal  va  mehribon  ayolga 
uylanganingizni  ayting.  Agar,  qovurilgan  go‘sht  tagcharmga,  non  esa  ko‘mirga 
o‘xshab  qolgan  bo‘lsa  ham  norozilik  bildirmang.  Ammo,  bu  usulni  birdaniga 
qilmang,  chunki,  xotiningiz  Sizdan  shubhalanishi  mumkin.  Insonlar  Sizni  sevib 
qolishini istaysizmi? Marhamat, buning sirini o‘rtoqlashaman. Bu narsani men D. 
Diksdan  o‘zlashtirib  olganman.  Bir  kuni  u  uch  insonning  sevgisiga  sazovor 
bo‘lib,  kattagina  pul  daftarchasiga  ega  bo‘lgan  ko‘p  do‘stlari  bor  mashhur 
erkakdan  intervyu  olgandi.  Qanday  qilib  shuncha  insonlarning  sevgisiga  sazovor 
bo‘ldingiz deb so‘ralganda, u shundan javob bergan ekan: «
Bu unchalik qiyin ish 
emas,  faqat  bitta  narsani,  ya’ni,  insonlar  bilan  ularning  o‘zlari  haqida  suhbat 
yuritishni bilish lozim, xolos
». Menimcha, barcha  bilan ham xuddi shunday qilish 
kerakdir  balki. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish