qayg‘uradi».
Shunga bog‘liq ravishda g‘arb tadbirkorlarining muvaffaqiyatga
erishish formulasi juda hamoddiy:
«mablag‘ - harakat - malakalilik - odamiylik»
348
Insonlar orasida yaxshi odam degan fikr uyg‘otish juda ham murakkab,
buning uchun o‘nlab yillar ketishi mumkin. Buni ko‘pincha reputatsiya yoki imidj
deb atashadi, ya’ni, ma’lum bir insonning jamiyatdagi bahosi, hurmati, e’tibori
qanday, unga boshqa insonlar qanday muomala qiladilar. Lekin, ushbularni
birgina qaltis harakat, gap yoki ish bilan bir zumda va tamomila yo‘qotish
mumkin. Masalan, biror-bir ishni o‘z vaqtida bajarmadingiz, vaqtida birovga
qo‘ng‘iroq qilmadingiz, xatiga javob bermadingiz, odobsizlik namunalarini
bisyor qilib ko‘rsatdingiz va hokazolar. Reputatsiyani yuqori darajada ushlab
turish uchun hamma narsa muhimdir. Masalan, kiyinish madaniyati, gapirish
madaniyati, jamoada o‘zini tutish madaniyati, ofisning ko‘rinishi va intereri
hamda boshqa bir qancha, ko‘rinishdan mayda-chuyda tuyulgan elementlar juda
katta va hal qiluvchi ahamiyatga molik bo‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun,
ham etakchi tadbirkorlarning quyidagi fikriga qo‘shilmasdan aslo ilojimizyo‘q:
“Foyda biz uchun juda muhim, lekin, jamiyatdagi obro`-e’tiborimiz
bizga undan ham muhimdir”
Barchaning ko‘ziga birinchi bor va yaqqol tashlanadigan liboslar va
kiyinish madaniyati qisqacha haqida so‘zlashib olamiz. Ko‘pchilikka ma’lumki,
ko‘p joylarda Sizni kiyimingizga qarab kutib olishadi yoki mulozamat qilishadi.
«
To‘nim eya qol
» degan maqolni eslang. Sizning kiyimingiz, tashqi
ko‘rinishingiz Sizning o‘ziga xos va juda muhim tashrif qog‘ozingiz bo‘lib
xizmat qilishi hech kimga ham sir emas. Biror-bir kishi bilan uchrashganda,
uning bir og‘iz ham gapini eshitmasdan turib, uning kiyimi, ko‘rinishi va o‘zini
tutishiga qarab, u to‘g‘risida ma’lum bir tushunchaga ega bo‘lishingiz mumkin.
Shuning uchun, ham ko‘pgina muvaffaqiyatli ish yuritayotgan va rivojlanayotgan
firmalar o‘z xodimlaridan chiroyli kiyinishni hamda o‘z tashqi ko‘rinishlarini
yaxshi saqlashni talab qiladilar. Bunda tashqaridan tashrif buyurgan insonlar
kompaniya xodimining tashqiko‘rinishini tashkilotning jonli timsoli
sifatida qabul qiladilar.
349
Ishbilarmon va muvaffaqiyat qozonayotgan inson harakatchan bo‘lib,
unda faqat o‘zininggina emas, balki boshqalarning ham muvaffaqiyatini
ta’minlab berish uchun yetarli bo‘lgan kuch va ichki energiya mavjuddir. Agar,
Sizda o‘zingizning tashqi ko‘rinishingizni sarishta qilib yurishga vaqt, kuch va
imkoniyat hamda aql-farosat topilgan ekan, demak, Siz haqiqatan ham
muvaffaqiyat qozonishi aniq bo‘lgan insonsiz. Yaxshi va sarishta kiyingan
holatda Siz o‘zingizning fikringiz va qalbingizdagi idealga tobora yaqinlashasiz,
ya’ni, shu kiyimingiz bilan shu bugunning o‘zida o‘zingiz intilayotgan ideal sifat
bo‘lib qolasiz.
Sizning asosiy vazifangiz har bir turga mansub insonlar ichki dunyosiga yo‘l
topish, ularga o‘zingizni muvaffaqiyat qozonishi aniq bo‘lgan va ishonchli inson
sifatida ko‘rsatishdir. Xuddi shu vaqtning o‘zida ular Sizni o‘zlaridek omadli va
aqlli deb qabul qilishlariga intilishingiz lozim. Boshqa so‘zlar bilan aytganda,
Siz o‘zingizni shunday ko‘rsatishingiz kerakki, ular Sizda o‘z ideallarining bir
qismini ko‘rsinlar. Ustki kiyimning did bilan tanlanishi bu holda katta yordam
beradi. Agar, Siz qanday turdagi insonlar orasiga borishingizni oldindan
bilsangiz, iloji boricha ular kabi va o‘sha erda qabul qilingan libos tanlash va
kiyinish harakatini qiling, shunda ular Sizni o‘z odamlaridek qabul qiladilar.
Agarda, bunga qo‘shimcha ravishda salgina did bilan kiyinsangiz, Sizni juda
ham omadli inson sifatida qabul qiladilar. Kezi kelganda shuni ham aytib o‘tish
kerakki, boy insonlar bilan, davlat apparati xodimi bilan, uy bekasi yoki talaba
bilan uchrashuvga borilganda, albatta, shunda mos ravishda kiyinish lozim
bo‘ladi. Lekin, shuni ham yoddan chiqarmaslik kerakki, qimmat va didsiz
kiyingandan ko‘ra, oddiy, lekin, did bilan tanlangan libos kiyish ma’qulroqdir.
Insonning o‘zini tutishi, mimikasi va o‘tirish usuli ham muzokaralar
natijasining ijobiy/pozitiv va muvaffaqiyatli bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi. Siz
bilan muzokara olib borayotgan tomonning ruxiy/psixologik holatiga Sizning u
yoki bu harakatingiz ijobiy yoki salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Avvalo, Sizning
emotsional holatingiz unga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Agarda Siz unga nisbatan
350
sokin va qiziqish munosabatida bo‘lsangiz, u ham Sizga shunday munosabatda
bo‘ladi. Mabodo Siz unga nisbatan qo‘rqinch, ishonchsizlik bilan muomala
qilsangiz, unga ham bu munosabat virusli kasallikka o‘xshab o‘tib qolishi
mumkin. Oyoqlarni chalishtirib o‘tirish, qo‘llarni ko‘krakda birlashtirib o‘tirish,
barmoqlarni musht qilib tugish insonning xarakteri ochiq emasligini, qo‘rqinchni
va x avfni bildiradi. Qo‘l bilan tez-tez harakatlar qilish, ko‘rsatgichbarmoqbilan
so‘zini tasdiqlash muzokara olib borilayotgan tomonga qo‘shimcha manfiy ta’sir
ko‘rsatadi. Ishonch va yaqinlik xissiyotlari qo‘lni ochiq tutish bilan, tana a’zolari
harakatlarini engillik bilan bajarish orqali va o‘zini sokin tutish bilan hosil
qilinishi mumkin. Agarda harakatlar yurakdan chiqarilsa, u sahiylikni, ko‘ngli
tozalikni va sevgini bildiradi. Sevgi bor joyda hasadga va qo‘rqinchga joy yo‘q
deb bejiz aytmaganlar, albatta,. «
Do'stlaringiz bilan baham: |