12-topshiriq.
Tadbirkorlik va hayotqonunlari
Har qanday tadbirkor o‘z ishini boshlar ekan, u tadbirkorlik faoliyatini
muvaffaqiyatli yuritish uchun o‘zidagi bor bilim, saviya, tajriba va pul
mablag‘larini ishlatadi. Bunda u ko‘pincha o‘zining hayot tajribasiga, o‘qigan
o‘quv muassasasida olgan bilimlariga, ota-onasidan yoki yaqin insonlaridan bilib
olgan bilimlar majmuasiga va qandaydir etik qoidalarga rioya qiladi.
Lekin,ko‘pincha tadbirkorning ishi hozirgi paytdan ko‘ra muvaffaqiyatli bo‘lishi
va yanada rivojlanishi uchun buning o‘zi aslo yetarli bo‘lmaydi. Haqiqatan ham,
bizga ma’lum bo‘lgan olti ming yil davomidagi insoniyat tarixida barcha insonlar
o‘z ota-onalaridan va ustozlaridan turli xil bilim hamda ko‘rsatmalar olganlar va
buning natijasida hayot tajribasiga ega bo‘lganlar, oldilariga juda katta niyat va
orzular qo‘yganlar hamda juda katta narsalarni orzu qilganlar. Ammo, ming
afsuski, ularning tug‘ilganliklari va orzulari haqida qabr toshidan boshqa hech
nima qolmagan. Muvaffaqiyatga erishish yo‘l-yo‘riqlari haqida juda ko‘p kitoblar
yozilgan, anjumanlar va seminarlar o‘tkazilgan, unda katta muvaffaqiyatga
erishgan insonlar o‘zlari haqida to‘lqinlanib gapirganlar, lekin, biznesda
muvaffaqiyatga erishishning qandaydir tayyor qoidalari yoki qandaydir retsepti
hali yozib chiqilmagan. Ba’zilar muvaffaqiyatga o‘z do‘stlaridan va oilalaridan
ajralish hisobiga, kimdir esa o‘z hayotini garovga qo‘ygan holda erishadilar.
Ba’zilar uchun esa muvaffaqiyatga erishish va boylik orttirish orzusi umr
davomida ezgu va shirin orzuligicha qolib ketaveradi. Ba’zilar esa boy bo‘lishadi,
lekin, oldingi kambag‘al paytlaridagi oilaviy baxtni va xotirjamlikni topa
336
olishmaydi. Biz Sizga muvaffaqiyatga erishish yoki boylik orttirish kaliti tayyor
holda taqdim etilmaymiz, balki unda bu yo‘lda tadbirkor qilishi lozim bo‘lgan
ishlar qanday bo‘lishi kerakligini ko‘rsatib o‘tamiz. Agar, bu maslahatlarga amal
qilinsa, Siz muvaffaqiyat kalitini qanday qilib topish mumkinligini o‘zingiz bilib
olasiz, so‘ngra esa, bu sehrli kalitdan foydalanib, muvaffaqiyatga eltadigan
eshikni topishingiz va uni ochishingiz kerak bo‘ladi. Kitob hayotimizdagi voqea-
hodisalarga ob’ektiv nazar tashlashga, maqsadlarni aniqlashga, ularga erishish
yo‘llarini chamalashga bo‘lgan bir urinish bo‘lib, ularni baholash Sizga havola.
Agarda, bu muammolarga har kim ham aniq va ravshan javoblar topa olsa, bu
albatta, juda ajoyib holat bo‘lib, hayot yanada go‘zal bo‘lar edi. Lekin, bir kimsa
uchun muvaffaqiyatga erishish yo‘li bo‘lgan echimlar ikkinchi kimsa uchun
batamom muvaffaqiyatsizlikka eltadigan yo‘l bo‘lishi ham mumkin. Chunki, har
bir inson o‘zicha tanho, aqli, shart-sharoitlari va hayot tarzi ham qaytarilmas
bo‘lib yaratilgandir. Demak, bizning asosiy maqsadimiz - har bir insondagi ichki
imkoniyatlarni uyg‘otishga harakat qilish va unda muvaffaqiyatga erishish kalitini
topishga so‘nmas ishtiyoq uyg‘otishdir. Albatta, muvaffaqiyatga erishish uchun
ma’lum bir qoidalarga, tartiblarga, ko‘rsatmalarga, ogohlantirish va
ehtiyotkorliklarga rioya qilish kerak bo‘ladiki, bunday tartib-qoidalar yoki boshqa
so‘zlar bilan aytganda “Biznes etikasi” jamiyatning har bir qatlamida, xududlarda
va mamlakatlarda xilma-xil ko‘rinishlarda bo‘ladi. Ammo, afsuski, texnokratik
jamiyat rivojlanishi va uning turli sohalarga jadal kirib borishi bu muammolarga
bag‘ishlangan adabiyotlar yaratishni ancha chegaralab qo‘ydi va natijada
mamlakatimizda bunday kitob hamda qo‘llanmalar qisman yoki umuman
yozilmadi va shuning uchun, ham kerakli nusxalarda nashr etilmadi. Demak,
shuning uchun, ham ko‘pchilik bo‘lajak tadbirkorlar jamiyatda, ishxonada, chet
ellik tadbirkorlar orasida, boshqalar bilan o‘zaro muloqotda va oilada qanday
qilib muomala qilish, o‘zini tutish, biznes suhbatni olib borish, janjalli holatlarga
duch kelmaslik uchunnimalar qilmoq kerak ekanligini oliy ta’lim muasasasidagi
ta’lim olish jarayonida yaxshi anglay olmaydilar. Bu esa yana boshqa va kerak
bo‘lmagan qo‘shimcha muammolarni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi hamda
337
busiz ham murakkab bo‘lgan hayot tarziga salbiy ta’sir qiladi. Albatta,
tadbirkorning faoliyatidagi va jamiyatdagi qiyinchiliklarini faqatgina to‘g‘ri
muloqot qoidalarni yo‘qligi bilan izohlash kulgili bo‘lar edi, lekin, bu samarali
muloqot tartib-qoidalarining yoki biznes etikasining juda katta tarbiyaviy, ahloqiy
va insoniy ahamiyatini rad qilish ham telbalik bo‘lishi tushunarlidir. Xozirgi
tadbirkorlik va ishbilarmonlik jadal sur’atlar bilan rivojlanayotgan davrimizda biz
murakkab insoniy munosabatlarda adashib qolmasligimiz, xatolardan holi
bo‘lishimiz, insonni va uning intilishlarini yaxshi tushunishimiz hamda his
tuyg‘ularimizni maqsadga muvofiq ravishda jilovlab olishimiz uchun bunday
samarali muloqot tartib-qoidalari yoki biznes etikasi hayotiy zarur va muhim
bo‘lgan bir ashyoga aylanib borayapti. Haqiqatan ham bizning barchamizda
o‘zimizga xos bo‘lgan hayot tarzimiz tufayli yuzaga kelgan ishonchsizlik,
talabchanlik, shubha, qattiqqo‘llilik va nodo‘stona munosabatlar o‘zimiz uchun
ishimizni rivojlantirishga xalaqit beradigan qandaydir kishanga aylanib
bormoqda. Ushbu kitobda bular bilan bog‘liq muammolarning ko‘pchiligi ko‘rib
chiqiladi va holis nuqtai-nazardan tahlil qilinadi hamda tadbirkorning
muvaffaqiyatga erishish uchun nimalarga diqqat-e’tiborini qaratishi lozimligiga
urg‘u beriladi. Bu esa har bir insonga va birinchi navbatda bizning muhtaram
hamyurtlarimizga ularning turfa xil murakkab muammolarini hal qilishga yordam
beradi deb umid qilamiz. Sizlar bu ma’lumotlarga muhtojsizlar, chunki, Siz
hayotda albatta, muvaffaqiyatga erishishingiz va munosib hayot tarziga ega
bo‘lishingiz kerak. Bu ma’lumotlar Sizni yana o‘ylashga, ijodiy fikrlashga majbur
qiladi va ular yangi narsalar, biznes g‘oyalar kashf etishga, o‘z ijodiy
potetsialingizni
muvaffaqiyatgaerishishyo‘lidato‘lasafarbaretishuchunhayotiyzarurdir.
Biz ishonamizki, ushbu ma’lumotlar barchaga qandaydir darajada ko‘mak beradi
va har kimga nima bilandir yordam beradi.
Siz tug‘ilganingizda hech bir aybsiz, beg‘ubor inson bo‘lasiz va Sizning
bundan buyon rivojlanishingiz oilangiz, atrof-muhit va o‘zingizga bog‘liq bo‘lib
338
qoladi. Biroz vaqtdan keyin o‘zingizni-o‘zingiz va aqlingizni taniysiz hamda endi
Sizning etuk inson bo‘lib etishishingiz va kamolot sari yana ham dadilroq
ravojlanishingiz faqat o‘zingizga bog‘liq bo‘lib qoladi. Buning uchun esa ilm,
bilim, mehnatsevarlik, tirishqoqlik kerak bo‘ladi. Agar, insoniyat asrlar davomida
yaratgan bilimlarni yaxshilab o‘zlashtirib olsangiz va ularni amalda qo‘llashga
kuch-quvvat va imkoniyat topsangiz, boylik Sizga o‘z-o‘zidan oqib kelaveradi.
Shuning uchun, ham ota- bobolarimiz “
Do'stlaringiz bilan baham: |