Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi


-TOPSHIRIQ: Omma e’tiborini qaratishusullari



Download 5,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet303/394
Sana07.01.2022
Hajmi5,91 Mb.
#327692
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   394
Bog'liq
2 5235621037118329437

3-TOPSHIRIQ: Omma e’tiborini qaratishusullari 
 
Ushbu bo‘limda biznesga oid  ommaviy  muloqot  yoki  tadbirkorlikka ommani 
jalb  qiluvchi  ma’ruzalar  qilishda  qanday  qilib  o‘z-o‘ziga  ishonchni  kuchaytirish 
va ko‘pchilik oldida ma’ruzalar qilishdan cho‘chimaslik qobiliyatini rivojlantirish 
muammolari  haqida  gapirib  o‘tamiz.  Yaxshi  ma’ruzachi  (
orator
)  bo‘lish  uchun 
quyidagi to‘rt asosiy qoidaga rioya qilish kerakbo‘ladi: 


313 
 
Birinchi  qoida
:  Ma’ruzangizni  o‘z  maqsadingizga  erishish  yo‘lida  kuchli 
harakat  va  ehtiros  bilan  boshlang.  Bilib  qo‘ying,  inson  bolasi  ega  bo‘lgan  hech 
qanday  qobiliyat  unga  yaxshi  gapira  olish  san’ati  kabi  tezlik  bilan  ko‘pchilikka 
tanilish  va  hizmat  pillapoyalaridan  ko‘tarilish  imkonini  yaratmaydi.  Ta’sirli 
ommaviy  ma’ruzalar o‘qiy olish san’atini  mukammallashtirish  uchun  katta ruhiy 
intilish  lozim  va  shuning  uchun  ham  qiziqish  bilan  ishga  kirishing,  orqaga 
chekinish  mumkin  bo‘lgan  barcha  ko‘priklarni  yoqib  tashlang,  shunda  g‘alaba 
Sizga yorbo‘ladi. 
Ikkinchi  qoida
:  Nima  haqda  gapirayotganingizni  va  nimalarni  tushuntira 
olishingizni  juda  yaxshi,  ipidan  ignasigacha  bilishingiz  kerak  bo‘ladi.  Agar  Siz 
o‘z ma’ruzangizni yaxshi rejalashtirmagan bo‘lsangiz, Siz boshqa bir ko‘r kishini 
etaklamoqchi  bo‘lgan  ko‘rga  o‘xshab  qolasiz.  Agar  Siz  biror  bir  narsani 
gapirishingiz  kerak  bo‘lsa,  gapira  olsangiz  va  bu  sohani  yaxshi  bilsangizgina 
ma’ruza  qiling.  Gapirib  bo‘lgandan  so‘ng,  minbarda  ko‘p  qolib  ketmasdan 
joyingizga  o‘tiring.  Agar  ma’ruza  qilayotgan  chog‘ingizda  u  bilan  bog‘liq  biror 
nimanidir ko‘rsatsangiz yoki xayotiy misollarnamoyish 
etsangiz,  auditoriyaga  mavzu  yanada  tushunarli  bo‘ladi  va  Siz  ham  ko‘pchilik 
oldida o‘zingizni yo‘qotib qo‘ymaysiz. 
Uchinchi  qoida
:  Ma’ruza  bo‘layotganda  o‘z-o‘zingizga  va  yoritilayotgan 
mavzuga  qat’iy  ishoning,  aks  xolda  boshqalarni  bunga  ishontira  olmaysiz.  
O‘zingizni  botir  va  har  narsaga  qodir  his  etish  uchun  butun  irodangizni  safarbar 
qiling  va  shundagina  qo‘rqinch  hissiyotlari  ishonch  bilan  almashiniladi. 
Auditoriya  oldida  turganda  taxminan  30  sekund  davomida  chuqur  nafas  oling  – 
bu Sizda kislorod tanqisligining oldini oladi. Yuragingiz qanchalik urib ketsa ham 
hech  cho‘chimasdan  oldinga  chiqing  va  o‘zingizni  bu  ish  Sizga  juda  yoqimli 
ekanini  ko‘rsatishga  harakat  qiling.  Gavdangizni  to‘g‘rilang,  tinglovchilarning 
ko‘zlariga  tik  qarang  va  shunchalik  ishonch  bilan  gapiringki,  xuddi  ular  Sizdan 
ma’lum  bir  miqdorda  pul  qarzday  bo‘lsin.  Ular  bu  erga  to‘lov  muddatini 
kechiktirish  uchun  kelishgan  deb  faraz  qiling.  Asabiy  holatda  kostyumning 


314 
 
tugmalarini  echib  va  yana  taqib  harakat  qilmang,  qo‘lingizdagi  narsani  asabiy 
holatda  u  qo‘ldan  bu  qo‘lga  olishni  bas  qiling  va  aslo  qo‘lingiz  bilan  ma’nisiz 
harakatlar  qilmang.  Agar  asabiy  harakatlardan  to‘xtash  Siz  uchun  qiyin  bo‘lsa,  u 
xolda  qo‘lingizni  orqaga  qilib,  barmoqlaringizni  qimirlating  yoki  oyoqlaringiz 
barmoqlarini qimirlating, toki bu  harakatlarni  hech kimsa ko‘rmasin. Mebel  yoki 
boshqa narsalarning orqasiga berkinishga harakatqilmang. 

Download 5,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   299   300   301   302   303   304   305   306   ...   394




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish