Terminlarning umumiste'moldagi so`zlardan
farqlanadigan o`ziga xos xususiyatlari quyidagicha:
167
Yuqorida terminshunoslarning terminning asosiy vazifasi va xususiyati
haqidagi, ya’ni terminlarning nominativligi yoki definitivligi haqidagi fikrini
keltirdik. Terminologik birikmalarning ko‘p leksemaliligi, ya’ni ular
komponentlarining soni nechtagacha bo‘lishi keyingi yillarda terminshunoslarning
diqqat-e’tiborini jalb etib kelmoqda. Haqiqatan ham, keyingi yillarda miqdoran
ortib borayotgan ko‘p komponentli birikma terminlar tushuncha mazmunini
to‘laroq ifodalashga xizmat qilsa-da, ularni amalda qo‘llash va esda saqlab qolish
ancha noqulaydir. Aslini olganda, bunday terminlar ikki, nari borsa uch, to‘rt
komponentdan iborat bo‘lishi lozimki, natijada, birikma terminlarning
komponentlari, tegishli belgilarni to‘laroq aks ettirish maqsadida, aniqlovchilar,
sifatdoshli o‘ramlar qo‘shish orqali hosil qilinishi lozim.
Ta’kidlash joizki, terminlar masalasi bilan shug‘ullangan deyarli barcha
olimlar mazkur tushunchaning ta’rifini berishga urinib ko‘rishgan. Ularning
barchasigina emas, ayrimlarini, ham namuna tariqasida keltirib o‘tish ko‘plab
sahifani egallagan bo‘lardi. Shuning uchun, ularni jamuljam etgan holda “termin”
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Har bir sohaning, tarmoqning termini borki, u o‘sha soha, tarmoq doirasida
qo‘llanadi, aniqroq qilib aytganda, kasb-hunar egasining nutqini shakllantiradi,
o‘zaro nutqiy muomala uchun shart-sharoit yaratadi.
Bu o‘rinda shuni qayd etish lozimki, muayyan kasb-hunar yoxud mutaxassislikka
ega bo‘lgan kishilar ko‘pincha u yoki bu sohaning o‘ziga xos spetsifik terminlari
bilan ish ko‘radi. Masalan, bo‘lajak iqtisodchilarning yozma yoki og‘zaki nutqida
kartel
,
kliring
,
tovar oboroti
,
mayda mulkchilik
,
mablag‘ ajratish
,
renta
kabi tor
doiradagina qo‘llaniladigan terminlar ishlatilishi tabiiy bir
Termin kasbiy ma’no bildiruvchi, kasbiy tushunchani ifodalovchi va
shakllantiruvchi ayrim obyektlar va ular o‘rtasidagi aloqalarni muayyan
kasblar nuqtai nazaridan bilish hamda o‘zlashtirish jarayonida ishlatiladigan
so‘z yoki so‘z birikmadir.
168
holdir. O‘z-o‘zidan ayonki, bu xildagi terminlar iqtisodiyotdan uzoqroq biror kasb
egasining nutqida ishlatilmaydi.
Ta’kidlash lozimki, nafaqat iqtisodiyot balki fan-texnika, ishlab chiqarishning
xilma-xil soha va terminlar majmui, ya’ni yig‘indisi terminologiya deb ataladi.
Masalan, matematika terminologiyasi, tibbiyot terminologiyasi, iqtisodiyot
terminologiyasi va boshqalar.
Zero, ayrim leksikografik ishlarni hisoblamaganda, o‘zbek tilini ilmiy asosda
o‘rganish, hozirgi o‘zbek tilshunosligining fan sifatida yuzaga kelishi ham shu
davrdan boshlangan. Albatta, terminlarni o‘rganish ehtiyoji o‘z-o‘zidan kelib
chiqqan emas, barcha bilim sohalari bo‘yicha o‘zbek tilida ta’lim berishni yo‘lga
qo‘yish, bilim sohalarining sezilarli darajada rivojlana borishi, ilmiy tafakkur
doirasining kyengayishi, sobiq ittifoqdagi milliy tillar, jumladan, o‘zbek tili lug‘at
tarkibining boyib borishi, binobarin, tilda terminlarning ko‘payib borishi ularni
(terminlarni) har tomonlama o‘rganish va tartibga keltirishga turtki bo‘lgan edi.
O‘zbek tilshunosligida turli fan sohalariga oid terminologik tizimlarni
lingvistik jihatdan har tomonlama ham ilmiy, ham amaliy o‘rganish, asosan, 1950-
yillardan keyin izchilroq tus ola boshladi; termin va terminologiyaning nazariy
masalalariga bag‘ishlangan maqolalar ayrim fan sohalari terminlarini lingvistik
Iqtisodiyot sohasining qator terminlari ham borki, ular
muayyan til egalarining deyarli barchasi nutqida bab-baravar
ishlatilaveradi. Bozor, mol, savdo, savdo-sotiq, pul, xaridor,
bozorchi, olib-sotar, chayqovchi kabilar shular jumlasidandir.
O‘zbek tilshunosligida terminlarni o‘rganish, ularni
tartibga solish, terminologik lug‘atlar tuzish kabi qator
chora-tadbirlar
XX
asrning
20-yillari
o‘rtalaridan
boshlangan.
169
jihatdan tahlil etishga bag‘ishlangan nomzodlik dissertatsiyalari yuzaga keldi,
mukammal terminologik lug‘atlar yaratishga kirishildi.
Bugungi kunda terminologiyaning amaliy va nazariy jihatlarini yanada
chuqurroq o‘rganish, termin qo‘llashni tartibga solish davlat ahamiyatidagi
masalaga aylandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |