5-topshiriq. “Yaxshi degan nomga munosib inson” mavzusida monologik
nutq tayyorlang.
Ahloq ne’matining lazzatlaridan bahramand bo‘lgan kishilar aytadilarki,
chaqirilmagan joyga qorin to‘ydirish maqsadida bormoq – bu shunday qudratli
seldirki, bu sel obro‘ va izzat asoslarini hamda tomirini butunlay qo‘porib
tashlaydi. Yoki shunday shu’ladirki, uning zavol qiluvchi yashini izzat va hurmat
xirmonini yondirib yuboradi. Agar, kishi ehtirom va e’tibor gavharini
qidiruvchilardan bo‘lsa, gavhar kabi yashirin bo‘lsin, toki, izlovchilar orzu
g‘avg‘osi bilan uni qo‘lga kiritsinlar. Ulug‘ hakimlarning aytishlaricha, sakkiz xil
kishi baxt-u saodatsiz bo‘lib, yaxshi degan nomdan uzog‘u ovora bo‘ladilar:
Do'stlaringiz bilan baham: |